O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi zahiriddin muhammad bobur nomli
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NOMLI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
Fizika matematika fakulteti
Matematika yo’nalishi talabasi
Ismoilova Oʻgʻiloyning
........................ fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: Funksiyalarni interpolyatsiyalash
Ish rahbari: Turgʻunova. K
Andijon-2023 y
MAVZU:Funksiyalarni interpolyatsiyalash
REJA:
KIRISH.
ASOSIY QISM.
1. Masalaning qoʻyilishi
2. Funksiyalarni interpolyatsiyalash
3. Chiziqli interpolyatsiya
4. Kvadratik interpolyatsiya
5. Lagranj interpolyatsion koʻphadi
XULOSA.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
I.KIRISH
Biz amalga oshirayotgan islohatlarning asosiy maqsadi – bolalarning baxtli kelajagi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishdir.
Shavkat Miramonovich Mirziyoyev
Barchamizga ma’lumki, respublikamizda ta'lim va tarbiya sohasidagi islohotlar bugungi dolzarb, ertangi taqdirmizni hal qiluvchi muammoga aylanmoqda. Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimiz taraqqiyoti va istiqboli, amalga oshirilayotgan islohotlar rejasining samarali taqdiri – bularning barchasi, avvalombor, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali, ongli mutahassis kadrlar tayyorlash muammosi bilan chambarchas bog'liq.
Shu bois mamlakatimizning istiqlol yo'lidagi birinchi qadamidanoq ma'naviyatimizni yuksaltirish, ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari bilan uyg'unlashtirish asosida jahon andozalari va ko'nikmalari darajasiga chiqarishga katta ahamiyat berilmoqda.
Mustaqillikka erishganimizdan so’ng mamlakatimiz kelajagi uchun qabul qilingan “Ta’lim to’grisida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning amalga oshirilishi juda muhim ahamiyatga ega. Bu dasturni bajarish uchun malakali pedagog kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashga alohida e’tibor berish lozim .
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi qonun – qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo’lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi qonunlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb – hunar madaniyati ijodiy va ijtimoiy faollikka ijtimoiy – siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir . Bu dastur kadrlarni, yangi avlodni shakllantirishga yo’naltirilgan.
Mavjud ta’lim – tarbiya tizimini tubdan isloh qilish uni zamon talablari darajasiga ko’tarish milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash maqsadida:
“Ta’lim tog’risidagi” qonun va kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dasturni hayotga tadbiq etish ishlari davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb hisoblanadi.
“ Ta’lim to’g’risidagi ” qonun 5 ta bo’lim va 34 moddadan iborat bo’lib, uning asosiy maqsadi fuqarolarga ta’lim – tarbiya berish, kasb – hunar o’rgatishning huququiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat Konstitutsiyaviy huquqini ta’minlashga qaratilgan (1997 yil 27 – avgust)
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi – ta’lim sohasini tubdan islox qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyat-ning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlaka-timizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirish maqsadida mamlakatimiz rahbari Sh. Mirziyoyevning shu yil 7-fevraldagi Farmoni bilan 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi.
Harakatlar strategiyasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylov oldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog’ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirish-ning konseptual masalalari kiritildi.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo’nalishi belgilangan:
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh
qilish;
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash,
chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mazkur yo’nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo’limlardan iborat.
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilmoqda,bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo’yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi. Shu asosda Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.
Umumiy o’rta ta’lim, o’rta-maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish Harakatlar strategiyasining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalishda nazarda tutil-gan.
Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huuqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millarlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash yo’lidagi shax-dam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi.
Dostları ilə paylaş: |