O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Klassifikatsiya 
(turkumlash) tushunchalarni bo„lishning alohida turidir. 
Klassifikatsiya predmetlarni ma‟lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki 
ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo„lib, bunda har bir tur 
boshqalariga nisbatan o„zining aniq va qat‟iy o„rniga ega. Klassifikatsiya 
natijalari har xil jadvallar, sxemalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda 
o„z aksini topadi. 


18 
Mantiqda sun‟iy va tabiiy klassifikatsiyalar farq qilinadi. Sun‟iy 
klassifikatsiya predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko„ra amalga 
oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko„rsatish 
mumkin. Tabiiy klassifikatsiyani amalga oshirish uchun bo„lish asosi qilib 
predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u 
predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy 
bog„lanishlarni aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleyevning kimyoviy 
elementlar davriy sistemasi, Darvinning jonli tabiat predmetlari 
klassifikatsiyasi misol bo„la oladi. 
Tushunchalarni ta‟riflash
(definitsiya) tushunchaning mazmunini 
ochib beradigan mantiqiy amaldir. Ta‟rif aniqlanuvchi va aniqlovchi 
qismlardan tashkil topadi. Aniqlanuvchi qismning mazmuni ochib berilishi 
lozim bo„lgan tushuncha, aniqlovchi qismni esa aniqlanuvchi 
tushunchaning mazmunini ochib beruvchi tushunchalar tashkil etadi. 
Masalan, “Mantiq to„g„ri tafakkur shakllari va qonunlarini o„rganuvchi 
falsafiy fandir” degan ta‟rifda “mantiq” aniqlanuvchi qismni, qolganlari 
esa aniqlovchi qismni hosil qiladi. Ta‟riflash bilishda quyidagi asosiy 
vazifalarni hal qilishda yordam beradi:
1) tushunchada aks etuvchi predmetning muhim belgilarini ko„rsatadi;
2) tushunchani ifoda qiluvchi so„zning (terminning) ma‟nosini ochib 
beradi;
3) termin hosil qilishga imkon beradi. Yuqoridagi vazifalardan qaysi 
birining hal qilinishiga qarab nominal va real ta‟riflar farq qilinadi. 
Nominal ta‟rif
lar yordamida predmetni tasvirlovchi murakkab ifodalar 
yangi termin bilan almashtiriladi hamda uning ma‟nosi aniqlanadi. 
Masalan, “Mantiq” grekcha “logos” so„zidan olingan bo„lib, tushuncha, 
fikr, so„z, qonuniyat kabi ma‟nolarga ega” desak, mantiq tushunchasiga 
nominal ta‟rif bergan bo„lamiz. “Til belgilarini o„rganuvchi fan 
semiotikadir” degan ta‟rif ham nominal ta‟rifga misoldir. 
Real ta‟rif
da predmetning muhim belgisi aniqlanadi. Masalan, “Atom – 
moddaning yadro va elektronlardan tashkil topgan zarrachasidir” degan 
ta‟rif real ta‟rifdir. 
Real ta‟rif aniq va noaniq ko„rinishlarda bo„lishi mumkin. Aniq real 
ta‟rif predmetlarning muhim belgilarini to„g„ridan-to„g„ri ko„rsatib beradi. 
Noaniq real ta‟rifda esa tushunchaning mazmuni yordamchi vositalar 
orqali ochib beriladi. Masalan, o„qigan parchamizda notanish terminlar 
uchrab qolganda, uning ma‟nosini lug„atdan foydalanmasdan, boshqa 
so„zlarning ma‟nosiga qarab aniqlashimiz mumkin. 


19 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin