Quyidagi qonuniyatlarni ta’lim jarayonining qaysi tarkibiy qismiga tegishli deb o’ylaysiz?
avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar;
o‘tilayotgan material xususiyati va hajmi;
o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta‘sir ko‘rsatish;
o‘quvchilar bilim olishiga qobiliyatlari va ta‘lim olish
vaqti.
Bu qonuniyatlar ta‘lim jarayonining qismiga tegishli.
Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagi qaysi qonuniyatlarni hisobga olish bilan bog’liq?
ta‘lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga;
ta‘limning ichki rag‘batiga;
ta‘lim maqsadiga;
o‘quvchilarning yoshi, ta‘lim olish imkoniyatlariga;
ta‘lim muassasasining moddiy-texnik ta‘minotiga.
Quyidagi qonuniyatlaridan qaysilari ta’lim sifatini ta’minlashga hizmat qiladi?
o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi;
ta‘lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi;
ta‘limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari;
avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar.
Ta’lim mazmunini belgilashda qaysi qonuniyatlarga amal qilish lozim?
ta‘limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari;
o‘rganilayotgan material xususiyati va hajmi;
ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur‘ati;
o‘quvchilarning yoshi va imkoniyatlari;
ta‘lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiya;
ta‘lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi.
2) ta’limning xususiy qouniyatlariga doir topshiriq.
I. Ta‘lim natijalari o‘quvchilarning
o‘zlashtirish ko‘nikmalariga: ta‘lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyati hajmiga; bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtirish samaradorligi ularning amalda qo‘llanilishiga; o‘quvchilarning aqliy rivojlanishi o‘zaro aloqador bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish
hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq
II. Ta‘lim samaradorligi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o‘ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga
bevosita bog‘liq
III. Ta‘lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati o‘quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir
axborotlarning soni va sifatiga bog‘liq