Boshlang‘ich ta‘lim jarayonida ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning turli shakllari, vositalari va usullariga asoslanish, mazkur fanning amaliy natijalariga erishish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu sababli bugungi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi izlanuvchan, tashkilotchi va tashabbuskor sifatlarga ega bo‘lishi taqozo etiladi. Mazkur fanni o‘zlashtirishda o‘qitishning amaliy mexanizmlariga asoslanish ana shu vazifalarning ijrosini ta‘minlashga xizmat qiladi.
O‘qitishning amaliy mexanizmlari deganda o‘quv-bilishning ilmiy asoslarini hayot va amaliyot bilan bog‘lovchi usullari tushuniladi. Shu jihatdan boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning quyidagi muhim amaliy mexanizmlariga tayanish tavsiya etiladi:
- pedagogik tadqiqotlar xulosalari va tavsiyalaridan muntazam foydalanib borish;
- ijtimoiy so‘rovnoma vositasida fanni o‘zlashtirish darajasini o‘rganib borish;
- ilg‘or o‘qituvchilarning individual tajribalarini o‘rganish va ulardan foydalanish.
Bunday amaliy mexanizmlar boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishni amaliyot bilan bog‘lash imkonini beradi. Shu sababli pedagogik turkumdagi fanlar vositasida o‘qitishning amaliy mexanizmlarini o‘zlashtirish tavsiya etiladi.
―Boshlang‘ich ta‘lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya‖ o‘quv fani vositasida o‘qitishning amaliy mexanizmlarini o‘zlashtiring va konspekt qiling.
MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MAVZULAR VA TOPSHIRIQLAR
Mustaqil ta‘lim uchun quyidagi mavzular va topshiriqlar tavsiya etiladi:
Didaktikaning asosiy tamoyillari
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini aniqlash indikatorlari
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini o‘rganish
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tarbiyalanganlik darajasini baholash
―Tarbiya‖ fanini o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda tadqiqotlar hulosalaridan foydalanish Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda ijtimoiy so‘rovnomalardan foydalanish
Fanni o‘qitish amaliyotini takomillashtirishda individual amaliy tajribalardan foydalanish
Boshlang‘ich ta‘limda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish xususiyatlari