O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


“Tarbiya” fanini o’qitishda xorij tajribasidan foydalanish



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə18/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

“Tarbiya” fanini o’qitishda xorij tajribasidan foydalanish.


―Tarbiya‖ fani O‘zbekiston ta‘lim tizimi uchun mutlaqo yangi hodisa hisoblanadi. Shu sababli bu fanni o‘qitishda xorij tajribalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda e‘tiboringizga eng muhim xorij tajribalarini taqdim etamiz.
Buyuk Britaniyada tarbiya jarayoni psixologik qonuniyatlarga asoslanadi. Unda tarbiyalanuvchilarda oliyjanoblik ko‘nikmasini shakllantirishga asosiy e‘tibor qaratiladi. Ayni paytda, ingliz tilining xalqaro tillardan biri ekanligidan foydalanib, tarbiyalanuvchilar dunyoda kasbiy faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi.
Germaniyada tarbiya jarayonida asosiy e‘tibor ideal g‘oyalarga qaratiladi. Bunda har bir yosh avlodda ideal g‘oya bo‘lishiga erishish uchun qisqa va aniq tizimga ega tarbiya jarayoniga asoslaniladi. Shu sababli germaniyalik fuqarolar ko‘p hollarda haqgo‘yligi bilan ajralib turadi.
Fransiya tarbiya jarayonida shaxsning estetik didini rivojlantirishga alohida e‘tibor beriladi. Bunda har bir frantsuz kishisi hamma narsadar estetik go‘zallik izlash ruhi bilan voyaga yetkaziladi. Shu sababli Fransiyaning ta‘lim tizimida ma‘rifatparvarlik g‘oyasi ustuvor hisoblanadi.
Italiya tarbiya jarayonida avlodlar bilan g‘ururlanish ruhi ustuvor qo‘yiladi. Haqiqatan ham mazkur mamlakatdan yetishib chiqgan Suqrot, Aflotun, Aristotel va Sitseronning insoniyat ta‘limiga qilgan hizmati mashhurdir.
Saudiya Arabistonida tarbiya jarayonida shaxsning e‘tiqodli bo‘lishiga alohida e‘tibor beriladi. Bunda shaxsda sog‘lom e‘tiqod, diniy bag‘rikenglik va odamlarni tushunuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish bilan yosh avlod voyaga yetkaziladi.
Diqqat qilinsa, mazkur xorij tajribalaridan ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda foydalanish muqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu borada ayniqsa, boshlang‘ich ta‘limda amalga oshiriladigan ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish jarayonida o‘qituvchi maqbul hisoblagan xorij tajribasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Tarbiya bo‘yicha Yevropa va Osiyo xalqlari pedagogikasida umumiylik va farqlilik jihatlari mavjud. Bunda insonni tarbiyalash, uni madaniylashtirish va ijtimoiylashtirish jihatidan umumiylikka ega, ayni paytda, jismoniy, aqliy va axloqiy jihatdan tarbiyalashda xorij tajribasida farqliliklar uchraydi. Misol uchun, AQSHda asosan aqliy ko‘nikmalarni shakllarntirish va rivojlantirishga urg‘u beriladi, Osiyo mamlakatlaridan islom diniga amal qiluvchi davlatlarda aqliy va axloqiy tarbiyaning uyg‘unligiga asosiy e‘tibor qaratiladi. Shu sababli ―Tarbiya‖ fanini
o‘qitishda xorij tajribasidan foydalanish uchun quyidagilarga e‘tibor berish tavsiya etiladi:

  • aqliy, axloqiy, jismoniy, ruhiy va estetik tarbiyalarga doir muayyan mamlakatning tajribasini o‘rganish hamda uning ilg‘or jihatlarini qabul qilish;

  • xorij tajribasidan shaxsni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda foydalanish;

  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasiga asosan xorijning tarbiyaviy ishlar tajribasidan foydalanganda ijodiy yondashish;

  • xorij mamlakatlarida o‘ziga xos tajribadan o‘tgan dinlararo bag‘rikenglik, millatlaro totuvlik va elatlar hamda millatlarning qadriyatlarini hurmat qilish ko‘nikmalarini qabul qilish;

  • umuminsoniy g‘oyalar bo‘lgan birodarlik va tinchliksevarlik kompetentsiyalarini shaxsda tarkib toptirishga e‘tibor berish.

Kezi kelganda ta‘kidlash lozimki, ―Tarbiya‖ fanimizning negizini ikki tamoyil tashkil etadi: insonparvarlik va demokratlik. Bu tamoyillar mazkur fan vositasida boshlang‘ich ta‘limdayoq o‘quvchilar ongida singdirilishi va bunda xorijiy mamlakatlarning tajribalarini hisobga olish zaruriyat hisoblanadi. Chunki dunyodagi barcha xalqlar insonparvarlik va demokratlik qadriyatlarini birlamchi biladi hamda tarbiya jarayonida ana shu tamoyillarni ustuvor darajada belgilaydi. Shu jihatdan ―Tarbiya‖ fani milliylik negizida umuminsoniylik tizimi g‘oyasiga asoslanadi. Bu g‘oyani bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ko‘nikma sifatida qabul qilishi kerak.
Tarbiya fanini o’qitishda individual uslublar. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda individual uslublarning muhim o‘rni bor. Individual
uslublar deganda mazkur fan bo‘yicha o‘ziga xos usul, uslub va yondashuvlarga ega o‘qituvchilarning tajribasi nazarda tutiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini individual uslub bilan qurollantirish quyidagicha amalga oshiriladi:
- o‘qitishning eng oson, maqbul va samarali uslublari bilan tanishtirish;
- pedagogik va malakaviy amaliyot jarayonida ilg‘or o‘qituvchilarning tajribasi bilan tanishtirish;
- talabada mavjud bo‘lgan uslubni rivojlantirish;
- talabani o‘zi ustida ishlashga ko‘niktirish.
Bunday yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini individual uslubini shakllantirish imkoniyati mavjud.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda individual uslublarni o‘zlashtirish jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi:
- ilg‘or va tajribali o‘qituvchilarning o‘qitish uslublarini o‘rganib borish va ularning mashg‘ulotlarida ishtirok etish;
- pedagogik adabiyotlar orqali mashhur o‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganib borish;
- malakaviy va pedagogik amaliyotlar davrida umumta‘lim maktablari o‘qituvchilarining mashg‘ulotlarida ishtirok etish;
- individual uslublar bo‘yicha izlanishlar olib borish.
- Bunday yondashuv bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida o‘qitishning individual uslublari bo‘yicha ko‘nikmani shakllantiradi.
- o‘qitishning individual uslubida mutaxassisning psixologik mahorati ham aks etadi. Shu ma‘noda har bir talaba o‘zining ruhiy
tajribalari asosida individual uslub bo‘yicha izlanishlar olib borishi kutilgan samarani beradi. Buning uchun quyidagilarga amal qilish kerak:
- izlanish jarayonida ruhiy ko‘tarinkilikka amal qilish;
- o‘zi yoqtirgan individual uslubni o‘rganishga harakat qilish;
- boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining psixologik imkoniyatlari bo‘yicha ma‘lumotga ega bo‘lish;
- imkonqadar ijtimoiy psixologiya qoidalarini o‘rganish.
Bunday yondashuv o‘qitishning individual uslublarini o‘zlashtirishda qo‘l keladi. Shuni ta‘kidlash lozimki, har bir mohir pedagog aynan individual izlanish tufayli o‘zining o‘qitish uslubiga ega bo‘ladi. Pedagog olimlarning fikricha, individual uslubga ega bo‘lish uchun 3 yil yetarli muddat hisoblanadi. Shu ma‘noda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining individual uslubga ega bo‘lishidan jamiyat manfaatdor hisoblanadi.
O‘qitishning individual uslubi ta‘lim va tarbiya jarayonida bir xillikni oldini oladi hamda o‘qitish jarayonida turli xillikni tarkib toptiradi. O‘qitishning turli uslublar, yondashuvlar va yo‘nalishlarga ega bo‘lishi ta‘lim va tarbiyaning samaradorligiga olib keladi. Shu sababli ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda individual uslublarning o‘ziga xos amaliy ahamiyati bor. Oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari individual uslublarni o‘zlashtirishi, bu borada alohida izlanishlar olib borishi va Ustozlar maslahatidan oqilona foydalanishi tavsiya etiladi.
Kuzatishlar va tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatimizda o‘zining individual uslubiga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ko‘p.
Ayni paytda, axborot-kommunikatsion vositalar asosida ularning uslublarini targ‘ib qilish, pedagogik turkumdagi o‘quv adabiyotlarida bunday o‘ziga xos uslublarni tahlilini berish va ana shunday uslubga ega o‘qituvchilarning oliy ta‘lim muassasasi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, bu borada Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Chirchiq shahri va viloyatning tumanlarida ―O‘qish va matematik savodxonlik sinfi‖, ―Pedagoglar sinfi‖, ―Kelajak o‘qituvchisi‖ kabi amaliy tizimlar tashkil etilgan. Buning natijasida o‘quvchilar va o‘qituvchilarning institut bilan hamkorligi talab darajasida yo‘lga qo‘yilgan. Natijada Toshkent viloyatining maktablarida faoliyat ko‘rsatayotgan individual uslubiga ega o‘qituvchilarning tajribalarini targ‘ibot qilish imkoniyatlariga ega bo‘linmoqda.
Shunday qilib, ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda noan‘anaviy shakllarning imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Buning uchun oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘qitishning noan‘anaviy shakllarini o‘zlashtirishi taqozo etiladi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:

  1. O‘qitishning noan‘anaviy shakllari xususiyatlari deganda nimalarni tushunasiz?

  2. ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda qaysi xorij tajribalarini bilasiz?

  3. Tarbiya fanini o‘qitishda individual uslublar qanday xususiyatlarga ega bo‘ladi.

  4. ―Mening uslubim‖ mavzusida insho yozing.

  1. Yüklə 1,78 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin