Masofaviyta’limvositasida“Tarbiya”faninio’qitishsamaradorligi. Hozirgi zamon ta‘lim jarayonida ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning samaradorligiga erishish yo‘llari ishlab chiqilmoqda. Biz bu borada quyidagi yondashuvlarni taqdim etamiz:
- umuta‘lim maktablarida o‘qitiladigan ―Tarbiya‖ fani mavzularini o‘zaro bog‘liqlik va uzviylik tamoyillari asosida tuzish;
- mazkur fanning darsliklarini matniy chuqurlik va dizayn jihatidan estetika talablariga mos ravishda tayyorlash;
- bu fanning boshqa fanlar vositasida amalga oshiriladigan tarbiya ishlarini muvofiqlashtirib borish maqomiga erishish;
-―Tarbiya‖ fani o‘qituvchilarining bilimi va malakasini muntazam ravishda oshirib borish;
- mazkur fan o‘qituvchilari va Sinf rahbarlarining tarbiyaga doir vazifalarini maktab Nizomida aniq belgilab qo‘yish.
Bularning barchasi masofaviy ta‘lim vositasida ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish samaradorligiga olib keladi. Shu jihatdan o‘rta umumta‘lim maktablarining ―Tarbiya‖ fanini o‘qitish jarayonini virtual tarmoqlar orqali hamkorligini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Misol uchun, bu borada Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida ―Maktab-laboratoriya‖ tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Unda Toshkent viloyatining o‘rta umumta‘lim maktablarida amalga oshirilayotgan o‘qitish jarayonining muammolari o‘rganib boriladi va bu natijasida institutda ―Pedagogik ta‘lim iinovatsion klasteri‖ tuzilgan.
Klaster doirasidagi o‘rta umumta‘lim maktablarining tajribasi targ‘ibot qilib borilmoqda.
―Tarbiya‖ fanini masofaviy ta‘lim vositasida o‘qitishda quyidagilarga alohida e‘tibor berish lozim:
- ta‘lim oluvchilarning, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzularni o‘zlashtirishini virtual tarzda izchil nazorat qilib borish;
- fanning mashg‘ulotlarini to‘liq ko‘rgazmali virtual vositalar asosida o‘tkazish;
- tarbiyaga doir ilmiy-o‘quv ishlanmalarni taqdim etish;
- o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ota-onalar va jamoatchilik vositasida o‘rganib borish;
- jamoatchilikning tarbiya ishida ishtirok etishiga erishish.
O‘qitishning masofaviy ta‘lim vositasida ta‘lim va tarbiya berish qulayliklarga ega bo‘lib, unda ta‘lim beruvchilar hamda ta‘lim oluvchilar faol ishtirok etadi. Ayni paytda, ―Tarbiya‖ fanini masofaviy ta‘lim asosida o‘qitishning metodologiyasini ishlab chiqish taqozo etiladi. Bunday metodologiyani ishlab chiqishda quyidagi hujjatlarga asoslanish shart:
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy malakalar ramkasi;
- Birlashgan Millatlar Tashkilotining ―Yoshlar-2030‖ startegiyasi;
-―Tarbiya‖ fani uchun umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlari;
-―Tarbiya‖ fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari o‘quvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari;
- tarbiya bo‘yicha pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning hulosalari.
Bunday yondashuv asosida ―Tarbiya‖ fanini masofaviy ta‘lim vositasida o‘qitishning metodologiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda masofaviy ta‘limning bunday imkoniyatlaridan foydalanish kutilgan samarani beradi. SHu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari masofaviy ta‘limning turli shakllarini o‘zlashtirishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mustahkamlashuchunsavollarvatopshiriq: Masofaviy ta‘lim xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?