Masofaviyta’limxususiyatlari. Masofaviy ta‘lim o‘qitishning o‘ziga xos shakllaridan biri bo‘lib, unda ta‘lim va tarbiya jarayoni virtual asosda amalga oshiriladi. Pedagog olimlarning fikricha, masofaviy ta‘limni quyidagilarga tayangan holda amalga oshirish samarali hisoblanadi:
- televideniya orqali;
- radio orqali;
- kompyuter texnikasi vositasi orqali;
- ixtisoslashgan texnik jihozlar vositasida.
Masofaviy ta‘limning bu vositalari murakkab sharoitlarda ham juda qo‘l keladi. Misol uchun, COVID-19 pandemiya sharoitida mamlakatimiz ta‘lim tizimida televidenie orqali o‘qitish jarayoni tashkil etildi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday ta‘lim jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari qiziqish va hoxish bilan ishtirok etdi.
Ularning o‘zlashtirish darajasi ham qoniqarli bo‘ldi. Shu jihatdan onlayn shakldagi masofaviy ta‘lim kutilgan samarani beradi.
Masofaviy ta‘limda quyidagilarga amal qilish birlamchi hisoblanadi:
- ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchilarning faolligi;
- o‘quv materiallarining qulayligi va takomillashtirilib boruvchanligi;
- o‘qitishning multimediya, animatsiya shakllaridan foydalanishning mavjudligi;
- matbuot vositalari orqali o‘quv materiallarini shakllantirish imkoniyatlarining borligi;
- masofaviy ta‘lim vositasida ta‘lim va tarbiyani ommalashtirish.
Umuman, masofaviy ta‘lim hozirgi zamon ta‘lim va tarbiya jarayonining zamonaviy shakllaridan biri hisoblanadi. Bu ta‘lim shakliga dunyoning ko‘pchilik mamlakatlari amal qilmoqda. Misol uchun, Birlashgan Millatlar Tashkilotining tashabbusi bilan ―Hayot davomida ta‘lim olish‖ dasturi amalga kiritildi. Unga ko‘ra, inson butun umri davomida ta‘lim olishi mumkin va bu g‘oya O‘zbekiston Respublikasi
―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi Qonunida ham aks etgan. Mazkur g‘oyani amalga oshirishda masofaviy ta‘lim asosiy o‘qitish shakli hisoblanadi. Shu jihatdan ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishda ham masofaviy ta‘limning muhim o‘rni bor. Masalan, katta yoshli shaxsning tarbiyaga oid muammolari, savollari va murojaatlari aynan masofaviy ta‘lim vositasida hal etiladi. Shu sababli oliy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining masofaviy ta‘lim asoslarini chuqur o‘zlashtirilishi taqozo etiladi.
Masofaviy ta‘lim quyidagilarga asoslanib amalga oshiriladi:
masofaviy ta‘lim o‘qishga ijobiy yondashuvni tarkib toptiradi;
metodologik, nazariy va uslubiy bilimlarni qulaylashtirilgan tarzda beriladi;
bilim faoliyatini mustaqil tashkil etishga amal qilinadi;
ta‘limning turli axborotlarini topish va o‘zlashtirishga imkoniyat beriladi.
Shu sababli masofaviy ta‘lim o‘ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan ajralib turadi. Mazkur ta‘lim turining yagona kamchiligi shundaki, shaxsning tarbiyalanganlik darajasini kuzatib bo‘lmaydi. Bunda faqat maxsus o‘rganishlar vositasida shaxsning tarbiyalanganlik darajasini monitoring qilib borish imkoniyati mavjud. Eng asosiysi, masofaviy ta‘lim vositasida bilim berishni kuchaytirish bilan shaxs tarbiyasida natijaga erishish mumkin.
Masofaviy ta‘limni tashkil etishda o‘qituvchi alohida tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Bunda o‘quv materiallarini tayyorlash, o‘quvchilarning o‘zlashtirish shakllarini ishlab chiqish va masofadan turib beriladigan ta‘limning samaradorligiga erishishga e‘tibor berish muhim hisoblanadi. Buning natijasida ta‘lim oluvchi masofadan turib bilimlarni o‘zlashtiradi va o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish bilan o‘zining bilim darajasini namoyon etadi.
Axborot-kommunikatsion texnologiyalari rivojlanib borgan sari masofaviy ta‘lim imkoniyatlaridan keng foydalanish amaliyotga kiritilmoqda. Shu sababli oldiy pedagogik ta‘lim jarayonida bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari ta‘limning bu shakllarini kutilgan darajada o‘zlashtirilishi tavsiya etiladi.