O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


mavzu: “Tarbiya” fani manbalari



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə4/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

mavzu: “Tarbiya” fani manbalari


Reja:

  1. O‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar.

  2. Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari.

  3. ―Tarbiya‖ fanining ilmiy-tadqiqot metodlari.

Tayanch tushunchalar:
Tarbiya, fan, manba, pedagogika, tarix, yondashuv, jahon, xalqlar, masala, bilim, tadqiqot, metod, ko‘nikma.


O’zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar.


―Tarbiya‖ fani manbalari va ularni o‘rganish bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun zaruriyat hisoblanadi. Bu borada o‘zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid muhim yondashuvlar bayon qilingan. Mazkur o‘rinda namuna sifatida ularning eng muhimlariga e‘tiboringizni tortamiz.
Avesto” kitobida yosh avlodni Ezgu niyatli, Ezgu fikrli va Ezgu faoliyat(amal)li shaxslar sifatida voyaga yetkazish alohida ta‘kidlangan.3 Keyinchalik bu pedagogik tamoyillar jahon xalqlari tarbiya jarayonida qabul qilingan. Misol uchun, bu tamoyillar milliy pedagogikamizdan tashqari XIX asrda Germaniya pedagogikasida asosiy tamoyillar sifatida belgilangan. 4 Shu sababli mazkur tamoyillar hozirgi zamon tarbiya jarayonida ham amaliyotga tadbiq etilmoqda. Masalan, yangi milliy g‘oyamizning ikkinchi tamoyili Ezgulikdir.5



3 Авесто. – Тошкент, 2001.
4 Қаранг: З.Фрейд. Менинг Зардўштим. – Тошкент, 2006
5 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. – Тошкент, 2021.
Qur‟oni karimda va Hadisi shariflarda yoshlarni E‘tiqodli, Yaxshilik va Yomonlikni farqlash ruhida tarbiyalash ta‘limi berilgan. Buning natijasida VIII asrdan boshlab to hozirgi kunga qadar Pedagogika fanimizda mazkur tamoyillar tarbiyaning asoslaridan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki e‘tiqodli, yaxshilik va yomonlikni farqlovchi shaxs insonparvar, xalqparvar va vatanparvar kishi sifatida faoliyat yuritadi.
XI asr mutafakkiri Yusuf Xos Hojib ―Qutadg‘u bilig‖ asarida yoshlarni Adolatli, Qanoatli va Bilimli qilib voyaga yetkazish metodologiyasini asoslab bergan. Uning yozishicha, bunday fazilatlarga ega inson eng yetuk hisoblanadi.
Sohibqiron Amir Temur ―Tuzuklar‖ asarida shaxsni ijtimoiy tarbiyalash masalasini talqin qilgan va bunda shaxsda murosa (kompramiss) fazilatini shakllantirish lozimligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha, yetuk shaxs do‘stu dushman bilan murosa qiladi. Do‘stga murosa qilish tushunarli, lekin dushmanga murosa qilish qanday bo‘ladi? Dushman bilan murosa qilish shaxsning aqliy va axloqiy yetukligini bildiradi.
Alisher Navoiy ―Hamsa‖ asarida bir qator komil insonlar timsolini tavsiflab bergan. Misol uchun, ―Farhod va Shirin‖ dostonida Farhodni 9 yoshida komil inson bo‘lib yetishganini va buning uchun u eng yetuk Ustozlardan saboq olganligini tasvirlaydi. Shirin esa o‘z davrining eng axloqiy, aqliy va estetik yetuk kishi sifatida taqdim etiladi. Ular bunday komillikka yoshligida olgan tarbiyalari tufayli yetishgan.
Jadid mutafakkiri Mahmudxo‟ja Behbudiy ―Padarkush‖ pedagogik dramasida bilim olmagan bolaning padarkush bo‘lib yetishini tasvirlab bergan. Chunki bilim tarbiyaning ilmiy va nazariy asosi hisoblanadi.
Keltirilgan manbalardan ma‘lum bo‘ladiki, tarbiya jarayonida shaxsda bir talay fazilatlar, tamoyillar va g‘oyalarni shakllantirish lozim bo‘ladi. Har qanday tarbiya jarayonida bu pedagogik merosga tayaniladi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin