O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 1,78 Mb.
səhifə7/53
tarix15.06.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#130410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
talimda tarbiya fanini o\'qitish metodikasi

Boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish. Ong – bu shaxsning miya organida yuzaga keladigan tushunchalari, fikrlari va odatlari majmuidir. Shu jihatdan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ongi pedagoglarimiz to‘g‘ri ta‘kidlashganidek, yozilmagan oq qog‘ozga o‘xshaydi. Mazkur masala 7-11 yoshli o‘quvchilar ongiga maqsadli va muddaoli qadriyatlarni shakllantirishni taqozo etadi. Bu borada umuminsoniy qadriyatlar ham muhim o‘rin tutadi.
Umuminsoniy qadriyatlar – bu dunyoda yashovchi xalqlarning tajribasidan o‘tib o‘zgalar tomonidan qabul qilingan yondashuvlar majmuidir.7 Shu sababli Prezidentimiz yoshlar tarbiyasida umuminsoniy qadriyatlarga e‘tibor berishni tavsiya etadi.8
Rus pedagogika va psixologi A.Rubnshteyn ongning miya, aql va his-tuyg‘udan iboratligini ta‘kidlaydi. Shu sababli 7-11 yoshli



7 Қаранг: Маънавият: асосий тушунчалар изоҳли луғати. – Тошкент, 2009
8 Мирзиёев Ш.М. Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик – миллий ғоямизнинг асосий пойдеворидир. – Тошкент, 2021.
o‘quvchilar ongini shakllantirishda quyidagi umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni muhimdir:

  • birodarlik;

  • tinchliksevarlik;

  • bag‘rikenglik.

Birodarlik qadriyati barcha halqlar uchun zaruriyat bo‘lib, unda har bir xalqning buguni, o‘tmishi va kelajagiga oid yondashuvlar ifodalanadi. Shu sababli Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta‘lim dasturlarida umuminsoniy birodarlik qadriyatini har bir xalq va millatning farzandlari o‘zlashtirishi qayd etilgan.
Tinchliksevarlik qadriyati insoniyatning hayotida muhim o‘rin tutadi. Shu sababli jahon Pedagogika fanida shaxsning ongiga tinchliksevarlik qadriyatini singdirish birlamchi masalalardan hisoblanadi. Biroq, bugungi kunda rivojlanish jarayonidan ortda qolayotgan mamlakatlarda yoshlarning tarbiyasida tinchliksevarlik qadriyatini singdirish sust kechmoqda. Shu sababli bugungi kunda pedagog olimlar Afg‘oniston, Suriya kabi mamlakatlardagi yoshlarning tinchliksevarlik qadriyati ko‘nikmasi past ekanligidan tashvish bildirmoqda. Mamlakatimizda bu qadriyat ta‘lim siyosatining asosiy tayanchlaridan biri sifatida belgilangan.
Bag‘rikenglik shaxsda diniy, milliy va umuminsoniy g‘oyalarni shakllantirishga asoslanadi. Bag‘rikenglikning diniy mazmuni bir jamiyatda turli dinlarga e‘tiqod qilish bilan belgilanadi. Bag‘rikenglikning milliy mazmuni bir jamiyatda turli xalqlar va elatlarning birga yashashi bilan izohlanadi. Bag‘rikenglikning umuminsoniy mazmuni dunyodagi barcha xalqlarning o‘zaro do‘stligi
va hamkorlikda yashashidan iborat. Bu g‘oyalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga singdirilsa, kelgusida uni o‘z jamiyati va insoniyat hayoti uchun mas‘uliyat sezadigan shaxslar sifatida shakllanadi.
Umuman O‘zbekistonning ta‘limga oid davlat siyosatida umuminsoniy qadriyatlarni yoshlar ongiga singdirish asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin