Amaliy mashg‗ulot matnini o‗qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:
V – bilaman
+ - men uchun yangi ta‘limot
- - men bilgan ta‘limotni inkor qiladi
? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‗shimcha ta‘limot.
Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring?
7-mavzu: “Tarbiya” fanini o’qitishning noan’anaviy shakllari
Hozirgi zamon O‘zbekiston boshlang‘ich ta‘limida o‘qitishning bir necha shakllari amal qilmoqda. Shu jihatdan ushbu mavzuni o‘zlashtirishda o‘qitishning noan‘anaviy shakli asoslari, vositalari va usullarini o‘zlashtirishga e‘tibor qaratish tavsiya etiladi.
O‘qitishning noan‘anaviy shakllari deganda darsdan tashqari mashg‘ulotlar, shuningdek, masofadan turib amalga oshiriladigan virtual mashg‘ulotlar tushuniladi. Bunda noan‘anaviylik tushunchasi mavzularni tushuntirishda, ularni o‘zlashtirishda va o‘quvchilar tomonidan to‘liq o‘rganilishida qat‘iy qoidalarga asoslanmagan mashg‘ulot ma‘nosina anglatadi.
―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning noana‘anaviy shakllarini o‘zlashtirishda quyidagilarga e‘tibor berish kutilgan samarani beradi:
- o‘qitishning noan‘anaviy shaklida ko‘proq o‘quvchilar faolligiga tayaniladi;
- mashg‘ulotlar erkin va ixtiyoriy yondashuvlar asosida tashkil etiladi;
- mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning faolligiga va tashabbuskorligiga alohida e‘tibor qaratiladi;
- ushbu fanni o‘qitishning noana‘aviy shakli o‘qituvchi tomonidan kashf etiladi va amalga oshiriladi.
O‘qitishning noana‘aviy shakli quyidagilarni o‘zlashtirishga e‘tibor berish bilan ahamiyatga ega:
- tajribali o‘qituvchilarning individual o‘qitish uslublarini o‘rganib borish;
- darsdan tashqari mashg‘ulotlarni qiziqarli tashkil etish va amalga oshirish;
- o‘qituvchining o‘z tajribasiga tayanishi;
- o‘quv-texnik jihozlar va vositalardan oqilona foydalanish.
Boshlang‘ich sinflarda ―Tarbiya‖ fanini o‘qitishning noana‘aviy shakllari murakkab sharoitlarda qo‘l keladi. Shu sababli bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari oliy pedagogik ta‘lim jarayonida o‘qitishning noan‘anaviy shakllari asoslari, usullari va vositalarini chuqur o‘zlashtirishi kerak.
O‘qitishning noan‘anaviy shakli asoslarini konspekt qiling va o‘zlashtiring.