2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan davlat siyosatini takomillashtirish.
3. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
4. Oʻzbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati.
O‘zbekiston Mustaqillikka erishgandan so‘ng, jamiyatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoya-sini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Binobarin, mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vu-judga keltirishdir.
Birinchi prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahon tan olgan besh tamoyilning muhim qismi aqolini kuchli ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi hamda respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saklash omili bo‘ldi.
Masalan, mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlarning turmush darajasini normallashtirish maqsadida davlat yo‘li bilan boshqarishning ko‘pdan-ko‘p usullari va uslublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori doimo o‘zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari tarzidagi be-vosita pul to‘lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzida-gi to‘lovlarni joriy qilish usuli keng qo‘llanildi.
1991-1996 yillarda eng kam ish haqi va gtensiyalardan soliq olinmaydigan bo‘ldi. Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlarning ko‘pgina qismi bo‘yicha narxlardagi tafovutlarning o‘rni qoplandi. Shu bilan birga qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va yolg‘iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar berildi. Shuningdek, kupgina toifadagi fuqarolarga turarjoyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yengilliklar joriy etildi va hokazo.
Aholining ijtimoiy ximoyalanishiga muntazam e’tibor berar ekan, respublika hukumati islohotlarning birinchi bos-qichidagi tajriba asosida inson va oila hayotining barcha so halarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning butun bir tizimini shakllantirishga erishdi. Aytish mumkinki, musta-qillik yillarida narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadr-sizlanish darajasi keskin ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshi-rish ijtimoiy qimoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng ustun yo‘nalishlardan biri bo‘lib keldi va hozirgi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalish aholining barcha tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlarning lastlabki davrida keng miqyosda qo‘llanildi. Boshqa mamlakatlardan farq-li o‘laroq, O‘zbekistonda daromadlar nisbatini o‘zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamgarma banklaridagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o‘zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshirildi. 1995 yilda Respublika davlat budjetining 29,3 foizi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi esa ijtimoiy himoyaga ajratildi.
1992-1998 yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqsori bir necha bor oshirildi. Masalan: eng kam ish haqi 1995 yilda 1994 yilga nisbatan 2,5 marta ortdi, 1996 yilning 1-yarmida esa 1995 yil 1-yarmiga nisbatan 2,7 marta ko‘paydi. Nafaqaxo‘rlarning ijtimoiy ahvolini e’tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqsori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l ijtimoiy adolat tamoyillariga to‘la mos kelar edi. Masalan, 1998 yil, 1 iyuldan ish haqining eng oz miqsori 1100 so‘m bo‘lgani holda, qarilik pensiyasining eng kam miqdori 2100 so‘mni tashkil etadi, nogironlik pensiyasi esa bundan ham ortiqsir.
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki, istiklol yillarida eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan boglab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minla-di va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning oylik o‘rtacha ish haqi birgina 1996 yil dekabriga kelib, 1995 yil dekabriga nisbatan 2,6 barobarga o‘sdi.
Daromadlar mikdorini o‘zgartirish orqali aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimida 1993 yilda joriy etilgan yangi Yagona tarif setkasi ham axrli ijtimoiy qimoyasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu chora barcha toifadagi xodimlarning ish haqi miqdorlarini tarif koeffitsiyentlari orqali eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro boglash imkonini berdi.
Natijada ish haqini oshirish yo‘li bilan aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari o‘z-o‘zidan osha bordi. Shu bilan birga respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari is-te’molini muayyan darajada sakdab turish chora-tadbirlari ko‘rilganligi ham aholini ijtimoiy jihatdan qimoyalashning ikkinchi eng muhim yo‘nalishi bo‘ldi.
Respublikada narx-navoni erkinlashtirish sohasida qo‘shni mamlakatlarga nisbatan bir muncha mo‘tadil siyosat o‘tkazilganligi iste’mol bozorini himoyalash zaruratini keltirib chiqardi. Bu O‘zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda niqoyatda muhim edi. Aksariyat rsspublika ehtiyojlari uchun valyutaga xarid qilingan un, o‘simlik moyi, qand-shakar va boshqa taqchil mahsulotlar respublika tashqarisiga olib chi-qib ketilishi hollari yuz berdi.
Iste’mol bozori barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarish yaxlit tizimini vujudga keltirishga hayotiy muqim masala sifatida qaraldi, maqsulotlarni tashqariga olib chiqib ketilishini bojxonalar orqali qatiy nazorat qilish va yuqori boj to‘lovlari joriy etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Dastlab. murakkab bir paytda iste’-mol mollarini sotib olish uchun bir marta, so‘ngra esa ko‘p marta ishlatiladigan kuponlarni muomalaga kiritish, kunda-lik zarur tovarlarning cheklangan turlarini meyorlangan tarzda sotishni tashkil etish ko‘zda tutilgan edi. Bu tizim o‘zini to‘la oqladi. U bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmog‘iga barcha zarur oziq-ovqat maxsulotlarini va kunda-lik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni ta’-minlash, ularni iste’mol qilish hajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi.
O‘tish davri qanchalik murakkab bo‘lmasin, bu tizim res-publikaning barcha aholisiga qayotiy muhim mahsulotlarni is-te’mol qilish va xizmatlardan baxramand bo‘lish sohasida ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta’minlab berdi.
1992-1996 yillarda non va go‘sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o‘simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transnort xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman sautab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turli-cha bo‘lgan oilalar bulardan bir qadar foydalanish imkoniya-tiga ega bo‘ldi. Islohotlarning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko‘pgina mamlakatlarida aholining asosiy qis-mi yoppasiga qashshoqdashgan bir paytda O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy axamiyatga ega bo‘ldi. Odamlarning islohotlarni jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi.
Ayni vaqtda respublikada iste’molchilarning manfaatla-rini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o‘tishga tayyor-garlik ishlari olib borildi. Yangi tizimning mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshi-rishni ko‘zda tutadi. Bunday islohot sharoitida ijtimoiy himoyaning yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqo-zo etadi. Jumladan, milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki almashuvini ta’minlash sohasida amalga oshiril-gan tashkshshy va iqtisodiy chora-tadbirlarning ko‘rilishi ay-niqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mamlakatda ichki bozorni, xalqimiz manfaatlarini faqat baquvvat milliy valyutagina himoya qilishi mumkin, degan qat-iy xulosaga kelindi. Buning uchun milliy valyutamiz, asosan, o‘zimizda ishlab chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, keng eksport faoliyati hisobiga to‘plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan mustahkamlangan bo‘lishi kerak edi.
Milliy valyuta joriy etilgach, islohotlar birinchi bos-qichining oxirlariga kelib (1995 yil), oziq-ovqat mahsulotla-rini meyorlangan tarzda sotishdan butunlay voz kechish va er-kin narxlarga o‘tish imkoniyati tugildi.
Meyorlash tizimiga barham berish tadbirlari aholi ta’-minotini yomonlashtirmasdan, unchalik qiyinchiliklarga yo‘l quymasdan o‘tkazildi. Erkin narxlarga esa «esankirashlarsiz» o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. Buni Uzbekistondagi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining muhim natijasi deb baho-lash mumkin.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta’minlangan qismini qo‘llab-quvatlash borasida ko‘ril-gan chora-tadbirlar, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
«Biz, - degan edi I.Karimov, - aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari - pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oidalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar, shuningdek qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilarni himoya qilish davlatning muqaddas burchidir, degan qoidaga asos-lanib ish tutdik».
Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi mak-tablarning muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoya-lash va ularning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida ularga qo‘shimcha moddiy ne’matlar - kvartira xaqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-joy qurib olish uchun yer uchastkalari birinchi navbatda ajratila-digan bo‘ldi.
Masalan, shu kungacha 120403 o‘qituvchining davlat va tash-kilotlar tomonidan berilgan uylari bepul xususiylashtiril-di, 35841 kishiga shaxsiy qurilish uchun yer uchastkasi berildi, 489256 o‘qituvchi imtiyozli kommunal xizmatdan foydalanayo tirlar, 83353 o‘qituvchi shahar transportidan bepul foydalana-yotir. Ayni chog‘da yolg‘iz pensionerlarni turar-joy va kommu-nal xizmatlar uchun xaq to‘lashdan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Ular dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan meyorda bepul olish va jamoat transportida te-kin yurish huquqidan foydalanadigan bo‘ldilar. Ularga madad berish uchun respublikada maxsus ijtimoiy yordam bo‘limlari tuzildi. Bu bo‘limlar yolg‘iz pensionerlar va nogironlarning uyida ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatishni uyushtirmoqsa.
Hozirgi vaqtda respublikada 27 mingdan ko‘proq yolg‘iz qariya bor. Ulardan 24 ming nafardan ko‘prog‘i o‘zgalar parvarishiga muhtoj... Shu toifadagi kishilarga ijtimoiy xizmat ko‘rsata-digan xodimlar biriktirilgan bo‘lib, ulardan 3 mingdan or-tig‘i yolg‘izlarga ijtimoiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsat-moqdalar3.
Nogironlar va qariyalarni sog‘lomlashtirish ularning sa-natoriya va kurortlarda dam olishlarini tashkil etish borasi-da ham ma’lum ishlar amalga oshirildi. Masalan, keyingi ikki yil ichida shu toifadagi 35 ming kishi dam olish uyda-rida va sanatoriyalarda davolanib qaytdilar.
Yana shuni aytish o‘rinliki, mustaqillik yillarida o‘quv-chi yoshlarni ijtimoiy himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajralgan xrlda o‘qib, bilim olish uchun zarur sharoit yaratish-ga xam doimo e’tibor berildi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari-ning, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchila-rining, aspirantlarning stipendiyalari keyingi 5 yil mo-baynida bir necha marta oshirildi. Bundan tashqari yoshlarni ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxona-lari va tamaddi xonalari qo‘shimcha xarajatlarining bir qis-mini budjet mablag‘lari hisobidan qoplash, jamoat transpor-tida arzon haq to‘lash va boshqa yengilliklar joriy etildi. Milliy an’analarni nazarda tutib, birinchi bor nikoxdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari so-tib olishning imtiyozli tartibi belgilandi.
Biroq ayrim joylarda haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar chetda qolib, muhtoj bo‘lmagan oilalar ham moddiy yordam ola boshladi. Shunday sharoitda ijtimoiy siyosatni amal-ga oshirishda, yangicha yo‘l tutish zarur bo‘lib qoldi. Shu muno-sabat bilan ommaviy-ijtimoiy himoyalash tartibidan ishonch-li ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvat-lash tizimiga o‘tish maqsadga muvofiq deb topildi. Bunday yangi tartib avvalo adolat tamoyiliga rioya qilishni talab qilardi. Bu qoidaning mohiyati shundan iboratki, davlat to-monidan qo‘llab-quvvatlanishiga haqiqatan ham muhtoj bo‘lgan kishilarni aniqpash, ularga yordam uyushtirish lozim edi. Buni aniqlash albatta adolat bilan ish tutishni taqozo qiladi. Bu borada hokimlar, mahalla qo‘mitalarining mas’uliyati oshi- rildi. Ular aholining moddiy yordamga muhtoj qismini aniq-lashda bunday yerdamni uyushtirishning qushimcha chora-tadbir-larini joriy etishga qaqli buldilar. Chunki vazifa g‘oyat mu-rakkab va mas’uliyatli edi.
«Biz ijgimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish ti-zimidan qatiyan voz kechib, Sharkda iyecha ming yillar davo-mida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq keladigan o‘z yo‘li-mizni tanlab oldik» - - deb yozgan edi Y.Karimov o‘zining «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘li-da» kitobida.
Shunga binoan 1994 yilga kelib O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi, Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or tizimi shakllantiril-di. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki. mamlakatimiz-ning kelajagi hisoblanmish bolalar va kam daromadli oila-lar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar bo‘lib qoldi. Endi hamma nafaqalar va moddiy yordam faqat oila orqali yetkazib beriladigan bo‘ldi. Oila asosiy mavqega ega bo‘ldi. Bunday yondoshuv umuminsoniy qadriyatlarga, milliy an’-analarga va ruhiyatga mos keladi, fuqarolar jamiyatining ij-timoiy tashkiloti tizimida oila egallaydigan o‘rniga muvo-fiq keladi.
Ijtimoiy ko‘maklashuvning yangi tizimida farzand tugil-ganda, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar saqiab qolinishi bilan birga nafaqalar va imtiyozlarning quyidagi turi x,am amalga oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, birinchidan, bola boquvchi ona-larga to‘lanayotgan nafaqaning mikdori ko‘paytirilibgina qol-may, uning muddati ham uzaytirildi. Ilgari bunday yordam bir yarim yilgacha to‘langan bo‘lsa, endi bu muddat ikki yilgacha uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamaydigan onalar ham, bu nafaqadan foydalanadigan bo‘ldilar, masalan 1995 yil ij-timoiy himoyaga ajratilgan mablagning 3 foizi onalarga ikki yeshtacha farzandlarini parvarish kilish uchun ajratildi. Bosh-qa davlatlardan farkli o‘laroq Uzbekistonda bu nafaqa ish haqining eng oz miqdoriga bog‘liq qilib qo‘yildi. Bu avval boshdanoq pulning qadrsizlanishi oshganda nafaqalarning ana shu turining indeksatsiyalanishini ta’minlaydi. Bolalarga be-riladigan yigirmadan ziyod turli nafaqalar o‘rniga 1994 yil-ning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Masalan, 1995 yilda ijtimoiy qimoyaga ajratilgai mablagning 51 foizi oilalarga ularning farzand-lariga ikki yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilish uchun ajra-tildi.
1996 yil 1 apreldan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalari bor oila-lar uchun nafaqalar ota-onasining va umuman oilaning daro-madlari mikdoridan qat’i nazar, barcha oilalarga to‘lana bosh-ladi. Boshqacha aytganda, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar turli dast- labki omillar va sabablardan qat’iy nazar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat yordami beriladigan obyektga aylanib bormoqda.
Davlat tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalashga qili-nadigan sarf-xarajatlarning bir qismini oilalarga kompen-satsiya tarzida berib turildi, ayni vaqtda ota-onalarning mas’-uliyati kuchaytirildi. Beshta va undan ko‘proq bolali oila uchun nafaqaning eng ko‘p miqdori avvaliga eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996 yilga kelib eng kam ish haqining to‘la stavkasi darajasida belgilab qo‘yildi.
1994 yil 24 avgustda Prezidentning «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tad-birlar to‘grisida»gi Farmoni qabul qilindi.
Shu Farmonga ko‘ra 1994 yilning oktabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi, mana shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi. Respublikada kam da-romadli oilalarga nafaqa tayin etilishi aslida misli ko‘ril-magan ish, zamonaviy ijtimoiy himoya tizimini vujudga kel-tirish edi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla yig‘inlarida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, 1995 yilda 500 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga mahalla komitetlari orqali jami 6 mlrd. so‘m moddiy yordam berildi.
1996 yil 10 dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish bo-rasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqarolarningo‘zi-ni-o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshi-rish maqsadida «Bolali oilalarni davlattomonidan qo‘llab-quv-vatlashni yanada kuchaytirish to‘grisida» yana bir muhim Farmon qabul qilindi. Unda 1997 yil 1 yanvardan boshlab fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish yiginlari orqali yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab eng oz ish haqining 50 foi-zidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. Bu borada ijtimoiy adolat tamoyillariga og‘ishmay rioya etish, keng oshkorachik va ochiklikni ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishga erishish lozimligi qayd qilindi. 1997 yilda 16 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor oilalarga nafaqa to‘lash uchun 9,6 milliard so‘m sarflandi.
Axolining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat to-monidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashti-rib bormokda. 1997 yil sentabr oyidan boshlab, har yili 1 sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni be-rish joriy etildi kam ta’minlangan oilalarning boshlangich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyim-lar berish yo‘lga qo‘yildi.
Hukumat tomonidan ayrim toifadagi fuqarolar va oila-lar uchun belgilangan ayrim imtiyoz, kafolat va qo‘shimchalar-ning ro‘yxati:
* oilalarga bola 2 yoshga yetgunga qadar 1,5 minimal ish xaqi miqdorida yordam puli to‘lash. Ushbu to‘lovlar hajmi uz- luksiz oshmokda, 1998 yilda 521 ming nafar ayolga 10,4 mlrd. so‘m miqdorida nafaqa to‘landi;
homiladorlik va farzand ko‘rish davrida ayollarga ish
joyidan 125 kalendar kuni uchun o‘rtacha ish haqi mikdorida yordam puli berish;
bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlarga beriladigan yordam puli;
kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartiradan foydalanilganligi uchun imtiyozli 50 % miqdorida haq to‘lash (nogironlar oilasi uchun);
qishloq joylarida yashayotganlarni kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqlaridan to‘la ozod etish va shaqarlarda istiqomat qiluvchilarga (maktab o‘qituvchilari, bog‘cha tarbiyachilari va o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilari) 50 % miqdorida imtiyoz berish;
kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqi to‘lashdan to‘liq ozod etish (1-darajali «Soglom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlanganlar oilasi, yolkiz pensionerlar);
elektr energiyasidan foydalanganligi uchun 50 % chegirma berish (oyiga 110 kv.s.) (nogironlar oilasi);
yer solig‘i to‘lashdan ozod etish (16 yoshgacha bo‘lgan 5 va undan ortiq ko‘p bolali oilalar, nogironlar oilalari);
olinayotgan barcha daromadlardan soliqqa tortilmaydigan minimal daromadning 4 karrasi mikdorida (16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandli yolg‘iz onalar); 16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz ota, bevalar va boquvchisini yo‘qotganligi uchun nafaqa olayotganlar barcha daromadlarining 30 % dan; yoshligidan nogiron bo‘lib qolgan bolalarni tarbiya qilayotgan ota yeki onadan birortasi daromad solig‘ining 30 % ni to‘lashdan ozod etiladi.
Serfarzand va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Kam ta’minlangan oilalarga va ko‘p bolali muhtoj oila-larga moddiy yordam to‘lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va mahalliy budjet vositalaridir. Kam ta’minlangan oilalarga 1998 yilda tulangan nafaqalarning umumiy miqdori 3 mlrd. so‘mni tashkil qildi, 16 yoshgacha bo‘lgan farzandli oilalarga to‘langan nafaqalar - 15,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
1998 yilda 36 % bolali oilalar nafaqa olishdi. O‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so‘mga to‘gri keladi yoki (1996 yilga nisbatan) besh barobar o‘sdi. 1998 yilda mahal-liy o‘z-o‘zini boshqarish organlari orqali Respublikadagi 700 ming yeki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta’minlangan uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan moddiy yordam miq-dori har oilaga xisoblaganda har oyda 1730 so‘mdan ortiq tash-kil etadi.
Bu borada yana shuni aytish kerakki, davlatimiz mustah-kamlana borgan sari uning xalqparvarlik siyosati yanada ku-chayib bordi, 1995 yil, 20 dekabrda qabul qilgan «Aholining omonatlardagi va davlat sug‘urtasi bo‘yicha pul mablag‘larini indeksatsiya qilish to‘g‘risida»gi Farmoni ana shunday inson-parvar siyosatning yorqin dalili bo‘ldi. Farmonga binoan 1992 yilning yanvariga qadar jamg‘arma bankiga pul qo‘ygan milli-onlab fuqarolarning mablag‘lari yana qadrlandi. Farmon aso-sida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. Mazkur Farmon va qaror vatanimizda yashayotgan bironta keksayu yoshni befarq qoldirmadi. 5 milliondan ortiq omonatchilar, o‘z pul-larini qaytarib oladigan bo‘ldi.
Shuni alohida aytish kerakki, mustaqillikning birinchi kunidan boshlab, hukumatimiz ijtimoiy hayotni yaxshilashga qaratilgan har bir chora tadbirni o‘z vaqtida amalga oshirib: xalq oldida bergan va’dasini qat’iy ravishda bajarib keldi.
Indeksaiiyalangan pul mablag‘larining 1996 yil 1 iyuldan fuqarolarga qaytarila boshlagani ham ushbu insonparvar siyo-satning yorqin namunasidir.
1994 yilga kelib aholining real pul daromadi mamlakat bo‘yicha 1989 yilga nisbatan qariyb 2 barobar pasayib ketdi.
1997-99 yillarda davlatning daromad siyosati mamlakat umumiy iqtisodiy rivojlanishi darajasini hisobga olgan xrlda aholi daromadini ko‘paytirish, inflyatsiya darajasini tushirish, qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirish, tadbirkorlikning barcha turlarini, o‘rta va kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan.