Shо‘rtan gaz – kimyo majmuasi О‘zbekiston kimyo sanoatining faxri hisoblanadi. 1995 yil oktabrda О‘zbekiston bilan AQShning «ABB Lummus Global» kompaniyasi о‘rtasida Shо‘rtan gaz – kimyo majmuasini qurish bо‘yicha bitim tuzilgan edi. Tezda qurilish – montaj ishlari loyihasi ishlab chiqildi. 1997 – 2001 yillarda AQSH, Germaniya, Yaponiya, Italiya va boshqa davlatlarning nufuzli kompaniyalari ishtirokida qurilish ishlari amalga oshirildi.
Shо‘rtan gaz – kimyo majmuasi qurilishida 1 mlrd. AQSH dollari hajmida investitsiya о‘zlashtirildi. 2001 yil 21 dekabr Shо‘rtan gaz – kimyo majmuasi (Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida) ishga tushirildi. Majmua yiliga 125 ming tonna polietilen, 137 ming tonna suyultirilgan gaz va 126 ming tonna gaz kondensati ishlab chiqarish quvvatiga ega bо‘lgan dunyodagi eng yirik korxonalardan biridir.
Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. Respublikamizdagi mavjud bо‘lgan bir necha о‘nlab mashinasozlik korxonalarini tarkibiy jihatdan qayta qurish maqsadida 1993 yilda О‘zbekiston davlat mashinasozlik korxonalari uyushmasi —«О‘zmashsanoat», 1996 yilda «О‘zqishloqxо‘jalikmash – xolding», 1998 yilda «О‘zneftgazmash» korporatsiyasi, «О‘zbektо‘qimachimash» birlashmasi tashkil etildi.
Isloholar davrida «О‘zmashsanoat» uyushmasi tasarrufidagi 35 ta korxonaning 26 tasi ta’mirlanib, yangi texnik uskunalar bilan qayta qurildi. Toshkentdagi ekskavator, podyomnik, zenit, kompressor, asbobsozlik, agregat va abraziv zavodlari, Andijondagi «Andijonirmash» va Topoz, Samarqanddagi Kinop, Sino va boshqalar shular jumlasidandir. Ularda ekskavatorlar, kо‘tarma kranlar, kompressorlar, paxtani qayta ishlash agregatlari, tо‘qimachilik dastgohlari, avtomatika vositalari, muzlatgichlar, mebelga ishlov berish uskunalari, uy – rо‘zg‘or buyumlari va boshqa texnik jihozlar ishlab chiqarilmoqda.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab mashinasozlik sanoatini rivojlantirish maqsadida xorijiy davlatlarning nufuzli kompaniyalari bilan hamkorlik aloqalari yо‘lga qо‘yildi. 1998 yilda О‘zbekiston «Amerika mobil grupp» firmasi bilan hamkorlikda qо‘shma korxona barpo etib, О‘zbekiston – Xitoy loyihasi asosida 22 va 23 ot kuchiga ega bо‘lgan ikki turdagi minitraktorlar va ularga uskunalar komplektlarini ishlab chiqarishni о‘zlashtirdi. Bu ixcham traktorlar fermer va dehqon xо‘jaliklari faoliyatida keng qо‘llanilmoqda.
1994 yilda «UzLzmash» О‘zbekiston – Isroil qо‘shma korxonasi barpo etilib paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi avlodi yaratildi. Bu mashinalar tik shpindelli mashinalarga nisbatan paxta terishga qulay va samarador, tannarxi arzon bо‘lib, jahon mashinasozligining eng yangi yutug‘i bо‘ldi. Qishloq xо‘jalik mashinalarini «Keys» ruso’midagi traktor va g‘alla о‘rish kombaynlari bilan tо‘ldirish maqsadida AQSH »Keys Nyu – Xolland» kompaniyasi sarmoyalari ishtirokida «О‘zKeysmash» va «О‘zKeystraktor» qо‘shma korxonalari barpo etildi. Ularda zamonaviy traktorlar va kombaynlar ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi. «О‘zqishloqxо‘jalikmash – xolding» kompaniyasi 2001 yilda 48,2 mlrd. sо‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqardi.
Aviatsiya ishlab chiqarish davlat aksiyadorlik jamiyatiga birlashgan korxonalar ham rivojlanmoqda. Uning bosh korxonasi V. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya zavodida 4 ta ruso’mdagi yuk va yо‘lovchi tashiydigan Il – 114», «Il – 114T», «IL – 76MF», «Il – 76TF» samolyotlarini ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi. Yuk tashish bо‘yicha dunyoda eng qulay deb e’tirof etilgan «Il – 76» ruso’mli 900 ta samolyot ishlab chiqarildi.
Mustaqillik yillarida metallurgiya, oltin qazib olish sanoati ildam qadamlar bilan о‘sdi. Olmaliq kon – metallurgiya kombinati, Bekoboddagi metallurgiya zavodi, Zarafshondagi 2 – gidrometallurgiya zavodi, Chirchiqdagi qiyin eruvchan va о‘tga chidamli metallar kombinati qayta ta’mirlandi. Bekobod metallurgiya kombinatida yiliga 100 ming tonna pо‘lat shar va metall prokat tayyorlovchi yangi quvvatlar ishga tushirildi. Uchquduqda 3 – gidrometallurgiya zavodi barpo etildi. Amerikaning «Nyumont mayning» kompaniyasi ishtirokida Navoiy tog‘ – metallurgiya kombinati chiqitlaridan oltin ajratib olish bо‘yicha «Zarafshon – Nyumont» qо‘shma korxonasi qurilib, 1995 yil 25 mayda ishga tushirildi. 1991 – 2001 yillarda respublikada oltin qazib olish hajmi 1,7 baravar о‘sdi. Birgina «Zarafshon – Nyumont» qо‘shma korxonasi 1995 – 2003 yillarda 113 million tonna rudani qayta ishlab, 110 tonna yuqori sifatli oltin ishlab chiqardi. Korxonaning О‘zbekiston iqtisodiyotiga bergan samarasi 500 mln AQSH dollarini tashkil etdi. Elektroyenergetika sanoati ancha rivojlandi. «О‘zbekenergo» davlat aksiyadorlik kompaniyasi mustaqillik yillarida issiqlik va gidravlik elektr stansiyalarini ta’mirlash va ular tarkibida yangi bloklar barpo etish ishlarini amalga oshirdi. Sirdaryo, Yangi Angren, Toshkent, Navoiy GRES lari energetika bloklarida texnologik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari ishga tushirildi.
Germaniyaning «Simens» firmasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ajratgan kredit hisobidan Sirdaryo GRESining 8 ta bloki ta’mirlandi. 2001 yilda 37 ta issiqlik va gidravlik elektr stansiyalaridan iborat О‘zbekiston energetika tizimi 55 mlrd kilovatt – soat yoki 1992 yilga nisbatan 10 % kо‘p elektr energiya ishlab chiqardi. О‘zbekiston energetika tizimi respublika xalq xо‘jaligi va aholisini elektr energiyaga bо‘lgan ehtiyojini tо‘la – tо‘kis ta’minlamoqda, iqtisodiyotni yanada rivojlantirishga ulkan hissa qо‘shmoqda. Shuningdek, О‘zbekiston elektr energiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onistonga ham uzatilmoqda.
Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan О‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qо‘shma korxona barpo etish maqsadida Janubiy Koreya Respublikasining «DAEWOO» korporatsiyasi raisi Kim U Jung bilan muzokaralar olib borildi. 1992 yil 24 avgustda Toshkentda Janubiy Koreyaning «DAEWOOMotors» korporatsiyasi va О‘zbekistonning «Avtoqishxо‘jmash» davlat konserni О‘rtasida Andijon viloyatining Asaka shahrida yiliga 180 ming avtomobil ishlab chiqaradigan «O’zDAEWOOavto» qо‘shma korxonasini qurish tо‘g‘risida shartnoma imzolandi. О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 5 noyabrda Asaka shahrida «O’zDAEWOOavto» korxonasi tashkil qilish tо‘g‘risida qaror qabul qildi. Uning ta’sischilari etib «DAEWOOMotors» korparatsiyasi va «О‘zavtosanoat» uyushmasi, har ikki tarafning qо‘shma korxonadagi ulushi teng miqdorda 50% dan iborat qilib belgilandi. 1993 yil mart oyida «O’zDAEWOOavto» qо‘shma korxonasi rо‘yxatga olindi va umumiy miqdori 658 mln. AQSH dollari hajmidagi qurilish ishlari boshlandi. Korxona qurilishiga ilg‘or texnologiyalar, tajribali muhandislar, о‘zbekistonlik yoshlar jalb qilindi. 1000 dan ortiq О‘zbekistonlik yoshlar Janubiy Koreyaga borib «DAEWOO» kompaniyasida ishlab, avtomobil ishlab chiqarish tajribalarini о‘rganib qaytib keldilar. «O’zDAEWOOavto» qо‘shma korxonasining birinchi navbati 1996 yil mart oyida ishga tushirildi. 1996 yil mart oyida «Damas», iyun oyida «Tico», iyul oyida «Neksiya» ruso’mli avtomobillar ishlab chiqarish boshlandi. 1996 yil 19 iyulda korxonaning rasmiy ochilish marosimi bо‘ldi, unda Prezident Islom Karimov qatnashdi va «O’zDAEWOOavto» qо‘shma korxonasi qurilishida faol qatnashganlarga minnatdorchilik bildirdi.
О‘zbekiston hukumati «O’zDAEWOOavto» qо‘shma korxonasiga butlovchi qismlar tayyorlovchi korxonalar qurish tadbirlarini amalga oshirdi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 30 mayda qabul qilingan «Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan О‘zbekiston – Koreya qо‘shma korxonalarini tashkil etish tо‘g‘risida»gi qarori muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Qarorga muvofiq «O’zDAEWOOavto» uchun butlovchi qismlar tayyorlaydigan korxonalar tizimini yaratishni mahalliylashtirish dasturi ishlab chiqildi va qurilish ishlari boshlandi. 1996 – 2006 yillarda lak – bо‘yoqlar, avtomobil о‘rindiqlari, ichki jihozlari, elektr kabellari, shinalar, disklar, toblangan oynalar, tovush pasaytirgichlari, yoqilg‘i baki, bamperlar va boshqa butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi «O’z – Dong Ko», «Yan Ko», «O’z – Sem Yun Ko», «O’z – Dong Von Ko», «O’z – Tong Xong Ko», «O’z – Karam Ko», «Yelektromash», «Meridian» kabi 75 ta yangi qо‘shma korxonalar, ishlab chiqarish quvvatlari barpo etildi.
1999 yil oktabrda Janubiy Koreyadagi yirik «Yeksimbank» bilan «O’zDAEWOOavto» zavodini moliyaviy jihatdan qо‘llab – quvvatlash bо‘yicha bitim tuzildi va «DAEWOOMotors» kompaniyasi bilan hamkorlikda «O’zDAEWOOavto» zavodida «Matiz» va «Neksiya – 2» ruso’mli avtomobillar ishlab chiqarishga kirishildi. «O’zDAEWOOavto» zavodiga 2000 yil yanvarda «ISO - 9001» sertifikati berildi.
2001 yil avgustda «O’zDAEWOOavto» zavodida yangi liniya barpo etilib, xalqaro andozalarga tо‘la javob beradigan, har tomonlama qulay, ilg‘or dizayn va texnik afzalliklari bilan ajralib turadigan «Matiz» ruso’mli yangi avtomobil ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi. 2003 yilda yana bir liniya barpo etilib, «Lasetti» avtomobili ishlab chiqarish boshlandi. 2004 yilda 70070 dona avtomobil ishlab chiqarildi. 2007 yil oktabr oyida «O’zDAEWOO» avto negizida «General Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlikda «GM O’zbekiston» qо‘shma korxonasi tashkil etildi. Natijada Asakada dunyoda mashhur «Shevrale» avtomobillari — «Captiva», «Yepika», «Takuma» ruso’mli engil avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.
2010 yilda «Shevrale» avtomobili – «Spark» ruso’mli yangi avtomobil ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yildi.
Shunday qilib, «O’zDAEWOOavto» qо‘shma korxonasining mustahkam poydevori yaratildi. «O’zDAEWOOavto» zavodi MDH mamlakatlaridagi yengil avtomashina ishlab chiqaruvchilar orasida Xalqaro sifat tizimidan foydalanuvchi birinchi korxona bо‘ldi.
Samarqand shahrida yana bir avtomobil zavodini qurishga kirishildi. 1995 yilda «О‘zavtosanoat» uyushmasi bilan Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi о‘rtasida avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi «SamKochavto» qо‘shma korxonasini barpo etish haqida bitim tuzildi. 1996 yilda «SamKochavto» qо‘shma korxonasi rо‘yxatga olindi va qurilish ishlari boshlandi. Mashinalar loyihasini ishlab chiqishda xalq xо‘jaligining barcha sohalarida foydalanish uchun qulay bо‘lishini ta’minlash maqsadida Italiya – Ispaniya qо‘shma korxonasi «Iveko»ning ixcham konstruksiyalari asos qilib olindi va «Kochxolding» kompaniyasi a’zosi — «Otayо‘l» zavodida О‘zbekiston sharoitiga moslab takomillashtirildi.
1999 yil mart oyida «SamKochavto» qо‘shma korxonasi ishga tushirildi. О‘sha yili foydalanishga qulay, ixcham 163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili, 2000 yilda esa 483 avtobus va 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqarildi. Respublika aholisi uchun «Otayо‘l» ruso’mli avtobuslar asosiy transport vositasiga aylandi.
2001 yilda О‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatida band bо‘lgan ishchi va xizmatchilar soni 14 mingtaga yetdi. Eng muhimi, о‘zbek avtomobilsozlarining butun bir avlodi shakllandi.
1991 yil maydan Toshkent, Farg‘ona, Buxoro tо‘qimachilik kombinatlari, Andijon va Nukus ip – gazlama kombinatlari, ular tasarrufidagi kichik va о‘rta korxonalarni birlashtirgan «О‘zbekengilsanoat» davlat uyushmasi tashkil etildi. BU uyushma, bir tomondan, mavjud korxonalarni aksiyadorlir jamiyatlari sifatida qayta tashkil etdi, ularni ta’mirlash, yangi texnik jihozlar bilan qayta qurish orqali mahsulotlar ishlab chiqarishni kо‘paytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Masalan: «Buxoroteks» aksiyadorlik jamiyati 1994 yilda о‘z mablag‘lari hisobidan Shveysariyaning «Riter» firmasidan 2592 ta yigiruv g‘altagi quvvatiga ega bо‘lgan uskunalar sotib oldi. 1996 yilda esa Shveysariyadan jalb etilgan 5 mln. shved frankiga ikkinchi yigiruv majmuyi sotib olib korxonani jihozladi. Natijada 1997 yildayoq 1000 tonna kalava ip ishlab chiqarishga erishdi.
Ikkinchidan, davlat uyushmasi tomonidan respublikamizdagi boy xom-ashyolarni, birinchi navbatda paxta tolasini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar barpo etish har tomonlama qо‘llab – quvvatlandi.
О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996 yil aprel oyida «Mahalliy va yengil sanoatni davlat tomonidan qо‘llab – quvvatlash tadbirlari tо‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq tarmoq bо‘yicha 35 ta investitsiya loyihalari ishlab chiqildi va ularni amalga oshirish jarayonida 152 mlrd sо‘m, shu jumladan, 644,4 mln AQSH dollari hajmida chet el sarmoyalari о‘zlashtirildi. Natijada 1996 – 2001 yillarda Janubiy Koreya ishtirokida «Kobul – Uzbek Ko» qо‘shma korxonasiga birlashgan Tо‘ytepa va Toshkent shahrining Kо‘kcha mavzesida 2 ta yirik qо‘shma korxona, «Kobul – Farg’ona Ko» qо‘shma korxonalari qurilib ishga tushirildi. Turkiya tо‘qimachilik kompaniyalari ishtirokida Nukus shahrida «Kateks» tо‘qimachilik majmuasi, Namangan viloyatida «Asnamtekstil», «Tap – fen», «Kosonsoy-Tekmen», «Atlas – Men», Qashqadaryo viloyatida «Qashteks», «Oqsaroy – tо‘qimachi» qо‘shma korxonalari barpo etildi. Germaniya sarmoyadorlari bilan hamkorlikda 1998 yilda Andijonda «Anteks», Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida «Pfaff-Zinger» qо‘shma korxonalari qurildi. 1999 yilda Xо‘jaobod tumanida tikuv va trikotaj buyumlar ishlab chiqaradigan «Tyan-Din-Du» О‘zbekiston – Xitoy qо‘shma korxonasi, 2000 yilda yiliga 3800 tonna kalava ip ishlab chiqaradigan «Qorakо‘lteks» О‘zbekiston – Amerika qо‘shma korxonasi barpo etildi. 2002 yilda Respublika tо‘qimachilik sanoatida 17 ta qо‘shma korxona faoliyat kо‘rsatdi. Tarmoq bо‘yicha 32 mingdan ortiq yangi ish о‘rinlari tashkil etildi. 2004 yilda 17 ta tо‘qimachilik korxonalari, jumladan «Beruniy teks», «Baliqchiteks», «Bursel – Toshkent» kabi yirik qо‘shma korxonalar qurilib foydalanishga topshirildi.
2002 yil boshlarida «О‘zbekengilsanoat» davlat uyushmasiga birlashgan 15 ta kichik va 102 ta yirik korxonalar paxta tolasini qayta ishlab yiliga 130 ming tonna yigirilgan ip, 50 mln kvadrat metr gazlama, 2,5 mln kvadrat metr gilam, 62 mln dona trikotaj mahsulotlari, 32 mln juft paypoq, turli xil tikuvchilik buyumlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bо‘ldi.
Agar 1991 yilda respublikamizda paxta tolasini qayta ishlash 12 %ni tashkil etgan boisa, 2005 yilda bu raqam 30 %ga yetdi. Chet ellarga kalava ip, paxta va shoyi gazlamalar eksport qilishga erishildi.
Respublikamizda qog‘oz tanqisligi muammosini hal qilishga qaratilgan zavodlar qurildi. Namanganda barpo etilgan «Namangan qog‘ozi», Yangiyо‘lda qurilgan «О‘zbek qog‘ozi» qо‘shma korxonalari shular jumlasidandar. Respublika Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 20 iyundagi «Respublika qog‘oz sanoatini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish chora – tadbirlari tо‘g‘risida»gi qaroriga asosan «О‘zbekqog‘ozsanoat» uyushmasi tashkil etildi. Uning tarkibiga «Sanoatqalinqog‘ozsavdo», «О‘zbek qog‘ozi» ochiq aksiyadorlik jamiyatlari, Yangiyо‘l selluloza – qog‘oz fabrikasi, «Namanganqog‘oz» qо‘shma korxonasi va boshqalar kiradi. «О‘zbek qog‘ozi» korxonasi yiliga 11 ming tonna qog‘oz, 3,5 ming tonna karton, 7,5 mln dona umumiy va 65 millionta о‘quv daftari ishlab chiqarmoqda. Yangiyо‘l selluloza – qog‘oz fabrikasi yiliga 20 ming tonna paxta sellulozasi, 12 ming tonna yuqori sifatli yozuv qog‘ozi ishlab chiqarmoqda.
Mamlakatimizda poyabzal mahsulotlari va chinni idishlar, turli xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarish jadal rivojlanmoqda. Qurilish materiallari sanoati bazasi mustahkamlanib, baland binolar, uy – joy qurilishi kengaydi.
Mustaqillik yillarida О‘zbekistonda transport tizimi – temiryо‘li, avtomobil yо‘li, havo, quvur va suv transporti rivoj topdi.
О‘zbekistonda paxtachilik qishloq xо‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblanadi. Markaziy Osiyo mamlakatlarida yiliga 2 mln tonna paxta tolasi yetishtirilsa, uning 1,4 mln. tonnasi о‘zbek paxtasi tolasidir. О‘zbekiston paxta tolasi yetishtirish bо‘yicha dunyoda tо‘rtinchi, uni eksport qilish bо‘yicha esa ikkinchi о‘rinda turadi.
Respublikamizda paxta hosildorligi va sifatini yaxshilashga katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda qator suv omborlari va sun’iy kanallar qurilmoqda, yerning meleorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga oshirildi. Suv tanqisligi hisobga olinib, 1998 yildan boshlab paxtachilikda Isroil texnologiyalari asosida tomchilatib sug‘orish usulidan foydalanilmoqda.
Andijonlik paxtakorlar tashabbusi bilan chigitni plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi. Bu usul paxtani erta ekish, qisqa muddatlarda undirib olish, yuqori hosil yetishtirishga mustahkam zamin yaratdi. Paxta ekiladigan yerlar qisqartirilishiga qaramasdan respublikamizda yiliga 3,5 mln. tonnadan ortiq paxta xom – ashyosi tayyorlanmoqda. Shuningdek, О‘zbekiston kanop, tamaki yetishtirish sohasida ham dunyoda yetakchi о‘rinlarda turadi.
Mustaqillik yillarida don mustaqilligiga erishish vazifasi qо‘yildi. Ekin ekiladigan maydonlarda tarkibiy о‘zgarishlar qilinib, xо‘jaliklar qanday ekin ekish sohasida mustaqil bо‘ldilar. Sug‘oriladigan yerlarda g‘alla ekish kengaydi. Umumiy ekin maydonlarida donli ekinlar salmog‘i 1991 yilda 18,8 %ni tashkil etgan bо‘lsa, 1998 yilda 36 %ga о‘sdi, natijada g‘alla yetishtirish sezilarli darajada oshdi. Agar 1991 yilda 1,9 mln tonna don, shu jumladan 600 ming tonna bug‘doy etishtirilgan bо‘lsa, 2002 yilda 5,4 mln tonnaga yaqin don, shu jumladan 5,0 mln tonnadan ortiq bug‘doy, 2007 yilda 6,25 mln tonna g‘alla yetishtirildi. Sug‘oriladigan yerlarda о‘rtacha hosildorlik gektariga 48,0 sentnerni tashkil etdi. Andijon viloyatida esa rekord natijaga erishildi — har gektardan 75 sentnerdan ortiq xirmon kо‘tarildi.
Shunday qilib, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbir tufayli tom ma’noda mamlakatimizning g‘alla mustaqilligiga erishildi, mamlakatimiz va xalqimizni о‘z g‘allamiz, о‘zimizning nonimiz bilan ta’minlashdek tarixiy vazifa bajarildi. Bu yutuq qishloq hayotini yangilash, amalga oshirilayotgan agrar islohotlarning natijasidir.
Respublikamizda un va un mahsulotlari, gо‘sht va sut mahsulotlari, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish izchil о‘sib bormoqda. Shuningdek, sabzavot, meva, uzum etishtirish bо‘yicha ham katta yutuqlarga erishilmoqda. Yiliga 5 mln. tonnaga yaqin sabzavot – meva mahsulotlari yetishtiriladi.
О‘zbekistan Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xо‘jaligida tub iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida davlat xо‘jaliklari jamoa, shirkat xо‘jaliklariga aylantirildi, chorvachilik, aksariyat xо‘jaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va chorvachilik yо‘nalishidagi fermer xо‘jaliklari tashkil etila boshladi.
Chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 15 martda «Respublika chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora – tadbirlari tо‘g‘risida»gi, 1994 yil 23 fevralda «Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer) xo’jaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari tо‘g‘risida», 1995 yil 24 martdagi «Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni qо‘llab – quvvatlash chora – tadbirlari tо‘g‘risida» qarorlar qabul qilindi. Bu qarorlarga kо‘ra, 1995 yilda jamoa xо‘jaliklarining zarar bilan ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi. Natijada respublikada ishlab chiqarilayotgan gо‘sht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi.
Chorvachilik sohasi bilan bir qatorda asalarichilik, pillachilik ham rivojlanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan о‘zgartirildi, xо‘jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan о‘tib oldi. 1995 yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996 yildan boshlab barqaror о‘sish ta’minlanmoqda. Mamlakatda о‘tkazilgan tub islohotlar natijasida iqtisodiy о‘sishni ta’minlovchi zarur shart – sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi.
Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida kо‘p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bо‘lgan munosabati tubdan о‘zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi о‘ziga bog‘lik ekanligini tushunib yetayotgan odamlar tobora kо‘payib bormoqda. Shunday qilib, iqtisodiyot tarkibidagi tub о‘zgarishlar, yangi korxonlarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi.
Har qanday islohot, agar u odamlar hayotini yaxshilashdan iborat pirovard natijaga qaratilmasa, unday islohotlar keraksizdir. Shuning uchun ham O‘zbekistondagi amalga oshiriladigan tub islohotlar har tomonlama barqarorlikni ta’minlashga, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini bunyod etishga qaratildi. Mustaqillik yillarida mamlakat hukumatining iqtisodiy strategiyasi asosan eng muhim uch vazifani hal etishga yo‘naltiriddi:
Ishlab chiqarishning pasayishini to‘xtatish:
Iqtisodiy yuksalishning asosi sifatida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish;
Barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun shart-sharoit yaratish.
O‘zbekistonda islohotlar endigina boshlangan 1992 yildayoq birinchi prezident Islom Karimov O’zbekistondagi iqtisodiy o‘zgarishlar barqarorlik vaziyatida o‘tishi kerakligini aloxida ta’kid-lagan edi. Shuning uchun ham u o‘zining «O‘zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» (1992) nomli kitobida hukumat siyosati xususiylashtirish va raqobat vaziyatini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirishga, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, milliy valyutani mustahkamlashga, iqtisodiy tizimda chuqur tarkibiy o‘zgartishlarni amalga oshi-rishga, kuchli ijtimoiy kafolatlar beradigan huquqiy demokratik davlatni shakllantirishga qaratilgan, deb uqdiradi.
Shu bois mustaqillik yillarida O‘zbekiston iqtisodiyotini isloh qilishning muqim natijasi bu makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishilgani bo‘ldi. Binobarin, bu jarayon bozorni shakllantirishdagi muhim jihatdir. «Barqarorlashtirish siyosati, - deb yozadi I.Karimov, - eng avvalo, bu makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin darajada pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining, pul emissiyasining boshqarilishini ta’minlash, to‘lov balansini bir meyorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko‘zlab olib boriladigan davlat siyosatidir».
O‘zbekistonda makroiqtisodiyotni barqaror qilish borasi da qator amaliy choralar belgilanar ekan, avvalo bu boradagi jahon tajribasi o‘rganildi, ayni chog’da MDH davlatlarida shu sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi. Jumladan, o‘tish davrida davlat o‘z iqtisodiy siyosatini belgilashda avvalo ustivor, katta istiqbolga ega bo‘lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har tomonlama rag‘batlantirish, ya’ni eng muhim bo‘g‘inlarni aniqlash (neft - neft mustaqilligi, energetika - energetika mustaqilligi, don - g‘alla mustaqilligi, paxtani qayta ishlash sanoati va hokazolar) orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil qilish bo‘yicha izchil siyosat yuritishi lozim edi.
Shuni ro‘y-rost aytish kerak, mustaqillik qo‘lga kiritilgan 1991 yil oxirlari va 1992 yilda O’zbekiston zimmasiga og‘ir va jiddiy sinovlar tushdi.
Shu davr mobaynida «davlat va xalq o‘z taqdirini, o‘z mustaqilligini, o‘z ozodligini himoya qila olishga qodirmi?» degan savolga javob berishga to‘g‘ri keldi. Buning boisi shunda ediki, SSSR parchalanib ketishi, an’anaviy xo‘jalik aloqalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan moliyaviy va xom ashyo zahiralarining nihoyatda taqchilligi yuz berdi. Masalan, boshqa mintaqalar va mamlakatlardan maxsulot yetkazib berilishiga bog‘lanib qolgan yirik korxonalar to‘xtab qolish arafasida edi. Buning ustiga aholining moddiy ahvoli yana xam pastlashib ketdi. Oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarning eng muhim turlari chetdan olib kelinishi sababli bir muncha qiyinchiliklarga duch kelindi.
O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda Rossiya, Ukraina va Belorussiyaga nisbatan ancha noqulay sharoitda edi.Ana shunday holatdan O‘zbekiston o‘zining butun kuch-g‘ayrati va ichki imkoniyatlarini safarbar qilib, o‘zining ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal qilishga jiddiy e’tibor berdi.
Chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirishda ustivor hisoblangan yetakchi asosiy tarmoqlar belgilab olinmasa, bozor munosabatlari sharoitida ularning shakllanishiga yordam ko‘rsatilmasa iqtisodiy strategiya boy berilishi mumkin edi. Bu butun mamlakat iqtisodiyotini butunlay yangidan boshlash, islohotlar paytida uzluksiz ishlab chiqarish jarayonini ta’minlab turishning bosh yo‘li, asosiy tamoyili bo‘ldi.
Shu bois O‘zbekiston iqtisodiyotida, avvalo, tarkibiy o‘zgarishlar yuz berdi. Respublika iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash, importni qisqartirish va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni rivojlantirish, shuningdek istiqbolni belgilaydigan ustivor tarmoqlarni jadal rivojlantirish, tarmoqlar ichidagi nomutanosiblikka barham berishga e’tibor qaratildi.
Dostları ilə paylaş: |