O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari va uning ahamiyati. “Qonun”ning 800 yil davomida hakimlar uchun asosiy qo`llanma bo`lishi



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə31/52
tarix07.01.2024
ölçüsü0,93 Mb.
#210295
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52
sharq allomalari majmua (2)

Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asari va uning ahamiyati. “Qonun”ning 800 yil davomida hakimlar uchun asosiy qo`llanma bo`lishi. Ayniqsa tib ilmida u juda tez kamol topa boshlaydi. “Tib ilmi – deb yozadi Ibn Sino o’z tarjimai holida, — qiyin ilmlardan emas, shu sababdan qisqa muddat ichida bu (fanga juda) ilg’orlab ketdim, endi hatto bilimdon tabiblar ham kelib huzurimda tib ilmidan saboq oladigan bo’ldilar. Bemorlarni ham davolab turardim va (shu yo’sinda) orttirgan tajribalarim natijasida muomila eshiklari menga shu qadar (keng) ochilib ketdiki, uni ta’riflab berish qiyin”.
U o’zining birinchi yirik asarlarini ham Buxoroda 1000 – 1001 yillarda yozgan. 999-yili Qoraxoniylar Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini yiqitadilar. Bundan tashqari, ayrim hukmdorlar orasida o’zaro urushlar hamon tinmay davom etar va bu voqealar Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirishda hech qanday sharoit qoldirmagan edi. Buning ustiga 1002-yili Ibn Sinoning otasi vafot etadi. Oqibatda Ibn Sino Buxoroni tark etib, Xorazm (Urganch) ga ketadi.
Xorazm ham O’rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo’lib,,XI asrning boshlarida u yerda ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. O’sha vaqtda Urganchda ko’pgina zamonasining taniqli olimlari yashar va ijod etar edilar, buyuk Abu Rayhon Beruniy (973-1048) shular jumlasidandir.
O’sha vaqtdagi Ibn Sinoning bizgacha yetib kelgan tibbiy asarlari 30 dan oshadi. SHulardan asosiylari o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilgan.
Ibn Sinoning tabobatga oid eng yirik shoh asari “Kitob al qonun fi-t-tib” (“Tib qonunlari”) kitobi hisoblanadi. O’z davridagi tibbiyot faning mufassal qomusi hisoblanagan bu asarda inson sog’lig’i va kasalliklariga oid bo’lgan barcha masalalar mantiqiy tartibda to’la bayon etilgan. “Qonun” 1012-23 yillar mobaynida yozilgan bo’lib, uning qo’lyozma nusxalari tezlik bilan tarqaladi.
Bu asar ko’p o’tmay Yevropaga ham yetib keladi. XII asrdayoq Kremonalik Gerard(1114-1187) “Qonun”ni arabchadan lotin tiliga tarjima qiladi va shundan keyin Yevropa dorulfununlarida tabobat faniIbn Sino asarlari bo’yicha o’qitila boshlaydi. “Qonun” o’zining asosiy qo’llanma va darslik sifatida qiymatini 500 yilldan ortiq vaqtgacha saqlanib qoldi. Birinchi bor u Uyg’onish davridagi insonparvarlik markazlaridan biri bo’lgan Strasburg shahrida 1473 yili bosilib chiqadi. Umuman “Qonun” 40 martadan ortiq to’la holda nashr etilgan. Ayrim qismlarining nashri esa son-sanoqsizdir.
Uning arabcha matni 1593 yiliyoq Rimda nashr etilgan edi. Keyinchalik XIX asrda bir necha bor qaytadan bosildi. “Qonun”ning ayrim qismlari ingliz, nemis va fransuz tillariga ham tarjima qilingan bo’lsada, bu munim asar keying vaqtlargacha hozirgi zamon tillaridan birortasiga to’la holda tarjima qilinmagan edi. Bu qiyin va ma’suliyatli ishni o’zbek sharqshunoslari tabiblar bilan hamkorlikda amalga oshirdilar: “Qonun”ning beshala kitobi o’zbek va rus tillarida 1954-61yillar mobaynida Toshkentda nashr etildi. 1980 yili Ibn Sino tug’ilganiga 1000 yil to’lishi munosabati bilan “Qonun”ning ikkinchi tuzatilgan nashri e’lon qilindi.
Ibn Sinoning falsafiy qarashlari. Chet mamlakatlarning olimlari vatandoshimizga faylasuf sifatida ham yondashganlar. Boisi Ibn Sino bu sohaning ham yetakchi olimlaridan bo‘lgan. Shu bilan birga, alloma iste’dodli adib ham edi. U ko‘plab adabiy janrlarda ijod qilgan. Bunga bobomizning bizgacha saqlanib qolgan adabiy merosi guvohlik beradi. Ibn Sino she’riyatning bir nechta janrlarida ham ijod qilib, doston, qasida, g‘azal, ruboiy va fardlar yozdi. U ikki tilda, ya’ni fors va arab tillarida asarlar bita olar edi. Allomaning arab tilida yozilgan ko‘plab she’riy asarlari bizgacha yetib kelgan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin, Ibn Sino, avvalo, ma’rifatparvar inson sifatida namoyon bo‘ladi. U o‘zining she’rlarida odamlarni bilim olishga, har bir masalaga ilmiy yondashishga, vijdonli bo‘lishga, fan va madaniyatni egallashga, xullas, insoniylikning eng yaxshi xislatlarini o‘zlashtirishga chaqiradi.
Ibn Sinoning falsafaga oid asarlari ham dunyoda ko‘p tarqalgan. Eronlik olim Said Nafisiy allomaning mazkur sohaga oid 198 ta asarining nomini keltiradi. Ibn Sino falsafiy asarlarining eng yirigi “ash- Shifo” bo‘lib, uning mantiq qismi to‘qqiz bo‘lakdan iborat. Aslida uning har biri alohida kitobdir. Bobomiz mantiqshunos ham bo‘lib, yoshlik chog‘idanoq mantiq ilmini chuqur o‘rgangan. Mantiqqa oid ilk asarlaridan biri “Qasidat al-muzdavija fi-l-mantiq” hisoblanadi. 
Ibn Sino ijodidagi eng muhim xususiyatlardan biri, u o‘z asarlarida davrining ko‘plab ilg‘or g‘oyalarini aks ettira oldi. O‘zidan oldingi faylasuflarning taraqqiyparvar an’analarini o‘zlashtirishga harakat qildi. U haqiqiy insonparvar ijodkor sifatida odam aqlining har tomonlama rivojlanishiga, tabiat sirlari va haqiqatni bilish mumkinligiga ishongan. Insonlar bir-biri bilan samimiy va ahil bo‘lsa, har qanday qiyinchilik hal bo‘lishi mumkinligiga odamlarni ishontirishga chaqirgan. 
Ibn Sinoning muhabbat haqidagi qarashlariga etiboringizni qaratmokchimiz Ibn Sino bu hakda; «Inson ruhi doimo yuksaklikka intiladi, lеkin inson ruhining bir yuzi pastga qaragan bo`ladi. Agar insonning yoriga bo`lgan sеvgisi o`tkinchi ehtiros va hissiy mayllardan iborat bo`lsa uning ruhi yuksaklikka qarab emas tubanlik sari yuz tutadi. Qachonki inson mahbubasiga bo`lgan muhabbatini qalban his etolsa uning ruhi o`z asli bo`lmish yuksaklik sari parvoz etadi va barcha mohiyatlarni anglaydi».
Ibn Sino falsafiy shеrlar ham yozgan, bu borada uning yigirma bayt, yani qirq yo`llik nafs-jon haqidagi mashhur shеri ham bor. Ibn Sinoning bu shеri kichik hajmli bo`lishiga qaramay, ko`p faylasuflar unga sharhlar yozishgan, u bir nеcha bor nashr ham etilgan.
Nasr yo`lida Ibn Sinoning bizgachayetib kеlgan mashhur asarlaridan «Hayy nbn Yaqzon», «Risolatat-tayr», «Salomon va Ibsol», «Yusuf» kabi qissalarini aytish mumkin. Qissa dеganda hozirgi arab adabiyotida hikoya janrini tushunamiz. Lеkin o`rta asrda qissa so`zi doston, povеst ma`nosida ham ishlatilgan. Odatda qadim Sharq adabiyotida kichnk hajmdagi prozaik asar bo`lsa qissa janriga kiravеrgan. Shuning uchun ham Ibn Sino «Hayy ibn Yaqzon», «Salomon va Ibsol» va «Yusuf» asarlarini qissa dеb atagan. Bu qissa 1174 yilda Ibn Azro tomonidan shеr bilan ibroniy tiliga tarjima qilinib, «Hayy nbn Maqiz» qissasi nomi bilan mashhur. Bu tarjima 1736 yili Istambulda bosilgan. Ibn Sinodan o`n ikki yil kеyin vafot etgan shogirdi Abu Mansur Husayn ibn Muhammad ibn Zaylo al-Isfahoniy ustodining bu asariga sharh bog`lagan. Undan kеyin «Hayy ibn Yaqzon»ni noma`lum bir kishi forschaga tarjima qilib, sharh yozgan. Bu tarjima sharhning bir nusxasi Toshkеntda, O`zbеkiston Fanlar akadеmiyasining Abu Rayhon Bеruniy nomli Sharqshunoslik instituti kitob fondida ham saqlanmoqda.
O`rta asrlarda faylasuflardan Ibn Tufayl va Shahabuddin Suhravardiylar Ibn Sinoning bu qissasidan ijodiy foydalanib, shu nomda tamoman boshqacha, original asar yaratdilar. Abu Ubayd al-Juzjoniyning yozishiga qaraganda, Ibn Sino bu asarini hijriyiing 414 yili (milodiy 1023) Hamadonga yakin bo`lgan Farajdan qalasida to`rt oy qamalib yotgan paytida yozgan. Shayx bu vaqtlarda 44 yoshlarda bo`lgan. «Hayy ibn Yaqzon» qissasining tili, stili juda og`ir, ayrim hollarda tushunib bo`lmaydigan iboralar, ortiqcha sinonim so`zlar qatorlashtirilib yuborilgan bo`lib, tushunish va tarjima qilishni ancha mushkullashtiradi. Buning bir sababi bo`lib, albatta, bеjiz bo`lmasligi kеrak. Hatto ibnsinoshunos G`arb olimlaridan Mеhrеn bunday qiyin formada fikr yuritishni zamondosh tеologlar hujumiga uchramaslik uchun shunday qilgan, dеb izohlaydi. «Ibn Sino bu risolalarini,— dеb yozadi Mеhrеn,— o`zining eng yaqin shogirdlari uchun yozgan. Bu asarlardan uning dunyoga bo`lgan qarashini ham bilish mumkin».
«Hayy ibn Yaqzon» qissasining bosh qahramoni — birinchi shaxs Ibn Sinoning o`zi bo`lsa, uning suhbatdoshi, hikoya qiluvchi — Hayy ibn Yaqzon — Uyg`oq o`g`li Tirik — Aqldir. Qissadagi bеshta aloqa bo`limi insondagi bor bo`lgan bеshta tashqi sеzuv organi — ko`rish,
tam bilish, hidlash, eshitish, sеzishdir.
Har narsanikim zamon buzib, xor aylar,
Dunyoyi xazinabon yig`ib, bor aylar.
Mayl etsayu boz asliga evrilsa falak,
G`ayb pardasidin haq yana oshkor aylar...
*
Mеning kufrim ayblarga dilimdan o`zga sulton yo`q,
Bu olamda mеning pokiza imonimdеk imon yo`q.
Musulmonlikda mеn ahli zamon ichra edim tanho,
Agar kofir esam mеn ham, bu dunyoda musulmon yo`q.
*
Soqiy, jannatiy sof zuloling qani?
Haq ko`rinar oyna misoling qani?
Ichimni tozalab yuvmoq niyatim,
Cho`loq qumgon, singan safoling qani?
*
Haq jahonning jonidur, badandur jahon,
Farishtalar bu tanga sеzgi, bеgumon.
Unsurlardan barcha jism mavolid azo,
Shudur borliq, qolgani hiylayu yolg`on.



Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin