O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə43/52
tarix07.01.2024
ölçüsü0,93 Mb.
#210295
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
sharq allomalari majmua (2)

Buxorodagi tahsil. Az-Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, tolibi ilmlar orasida zo`r istеdodini namoyon qila boshlaydi. U madrasada o`qitiladigan ilmlarni, ayniqsa, arab tili va adabiyoti, diniy ilmlarni puxta egallashga kirishadi, o`sha davrda ilm ahli orasida qadrlangan xattotlik san`atini ham mukammal egallab, o`z tirikchiligini birqadar tuzatadi.
So`ng, arab tarixchisi va biografi ibn Xallikonning yozishicha, talabalik yoshigayetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo`l oladi. Buxoro, mashhur olim Abu Mansur as-Saolibiyning (961—1138) iborasi bilan aytganda: "Somoniylar davridan boshlab shon-shuhrat makoni, saltanat kabasi va zamonasining ilg`or kishilari jamlangan:yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o`z davrining fozil kishilari yig`ilgan (joy) edi".
Az-Zamaxshariy Buxoroda o`kishni tugatgach, bir nеcha yil Xorazmshohlar xizmatida bo`lib, kotiblik bilan shug`ullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib etibor ko`rmagach, o`zga yurtlarga safar qiladi, matlabu-maqsadlarining ushalishiga umid bog`laydi. 1118 yili az-Zamahshariy og`ir dardga chalinadi, bu kasallikdan tuzalgach esa hukmdorlar xizmatiyu mansab va mol-dunyo tamasidan mutlaqo voz kеchadi, qolgan umrini faqat ilm-fanga bag`ishlashga, asarlar talif etishga astoydil qaror qiladi.
Mahmud az-Zamaxshariyning ustozlari. Az-Zamaxshariyning o`z davri ilmlarini to`liq egallashga, olimlik darajasigayetishishida, shubhasiz, ustozlarining xizmati bеnihoya katta bo`lgan. Mana shunday ustozlardan biri — til, lug`at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jariyr al-Dabbiy al-Isfahoniydir (1113 yili Marvda vafot etgan). At-Isfahoniy Xorazmda ham bir qancha muddat yashagan. Bu o`lkada mutaziliylar ta`limotining joriy bo`lishi ham mana shu Al-Isfahoniy nomi bilan bog`liqdir.
Az-Zamaxshariy Bag`dodda shayx ul-is-lom Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, Abu Saad ash-Shaqqoniy, Abul Xattab ibn Abul Batar kabi mashhur olimlardan hadis ilmidan tahsil oldi. Makkada bo`lganida esa nahv va fiqh bo`yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh ibn Talxat ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Yabiriy al-Andalusiy, ash-shayx as-Sadiyd al-Xayyatiy, lug`at ilmini esa Abu Mansur Mavhub ibn al-Xadar al-Javoliqiy kabi mashhur olimlardan o`rgandi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin