27
Ichki
suv transportidan asosan, mamlakat ichki aloqalarida va
mamlakatlararo aloqalarda xam keng foydalaniladi. Yuk aylanmasi xajmi
jixatidan AqSH, Rossiya, Kanada, umumiy yuk aylanmasi jixatidan esa
Niderlandiya (50% ortiq),
Belьgiya shuningdek, Tropik Afrika mamlakatlari,
Janubiy Amerika va Janubiy-SHarqiy Osiyo, Farbiy Yevropa (Frantsiya,
Germaniya), SHarqiy Yevropa mamlakatlari aloxida o’rin tutadi. Xalqaro yuklar
Reyn, Dunay, Amazonka, Missisipi, Obь, Yenisey, Yantszi, Kongo, Odra, SHim.
Lavrentiy va Buyuk ko’llar, Gang, Mekong, Niger va Parana,
Volga va boshqa
daryolarida tashiladi. Ichki suv yo’llarining umumiy uzunligi 600 ming.km.
ortadi, shuning 100 ming.km.ga yaqini kanallardir. Sun’iy suv yo’llari (shlyuzli
daryo va kanallar) AqSH, Xitoy, Rossiya, Yevropa mamlakatlarida rivojlangan.
Bozor iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlardan ichki suv transporti Rossiya,
Ukraina, Markaziy Osiyo (Amudaryo), Xitoy, Vengriya, Ruminiya, Polьsha,
Bolgariya, Yugoslaviyada rivojlangan.
Ayni vaqtda, Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi
yirik daryo tizimlari
xissasiga 5% yuk aylanmasi to’g’ri keladi, xolos. Ko’l kemachiligi AqSH va
Kanadadagi Buyuk ko’llarda rivojlangan bo’lib, SHim, Lavrentiy daryosidan
chuqur suv yo’li orqali Atlantika okeaniga chiqiladi va kontinent ichkarisiga ( 4
ming.km.) dengiz kemalari kira oladi. SHuningdek, ichki maqsadlarda Rossiyada
- Baykal, Ladogada xamda Kaspiy dengizida ko’l kemachiligi rivojlangandir.
Xavo transporti - yo’lovchi va shoshilinch yuklarni
tashishda juda katta
o’rin tutmoqda. Agar 1946 yil dunyo bo’yicha 20 mln. yo’lovchi tashilgan bo’lsa,
1980 yil 700 mln., 1990 yil 1,2 mlrd. va 2000 yilda 1,4 mlrd. yo’lovchidan ortib
ketdi. Bugungi kunda jaxondagi barcha mamlakatlar va mintaqalar biri-biri bilan
xavo yo’llari orqali bog’langan. Dunyo bo’yicha 500 dan ortiq aeroportlar
mavjud bo’lib, shundan 300 dan ortig’i xalqaro aeroportlardir. 100 dan ortiq
aeroport esa eng yirik aeroportlar (yiliga 10-20 mln. dan ortiq yo’lovchiga xizmat
qiladi) bo’lib xisoblanadi. Bunday aeroportlar qatoriga CHikago,
Nьyu-York,
Los-Andjelos, London, Moskva, Sankt-Peterburg, Parij, Berlin, Tokio, Pekin,
Bombey, Koxira, Toshkentni kiritish mumkin. Dunyodagi eng yirik Xitrou
28
(London) aeroporti sutkasiga 700 dan ortiq samolyot va 100 ming.dan ortiq
yo’lovchiga xizmat qiladi. Xavo transporti rivojlangan mamlakatlar: AqSH,
Rossiya, GFR,
Yaponiya, Buyuk Britaniya, Kanada, Frantsiya, Avstraliyadir.
Xavo transporti tobora mamlakatlarning bosh transport vositasiga aylanmoqda.
ITI tufayli xavo transportida keng fyuzelyajli samolyotlardan foydalanish
(charter reyslari) xalqaro turizmni tez rivojlanishiga olib kelmoqda.
Bunda
reyslarni yo’lovchilar guruxlari uchun tashkillash, bilet tannarxining past bo’lishi
aholi keng qatlamlarini jalb etmoqda (xorijiy turizm bilan bog’liq).
Ayni vaqtda, yuk tashishda xalqaro transport ma’lum ma’noda iqtisodiy
aloqalar va xo’jalik xududi tarkibidagi siljishlarga xam ta’sir etmoqda. AqSH
tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, ixtisoslashgan texnik vositalar va terminallardan
iborat shart-sharoitlar mavjud bo’lsa yuklarni samolyotlarning otseklarida
tashishga nisbatan maxsus yuk samolyotlarida tashish 2 marta arzonlashadi.
AqSHda keyingi 25 yilda yuklarni yuk samolyotlarida tashish 40% dan 85% yetdi
va bugungi kunda 80 ta yuk terminali faoliyat ko’rsatmoqda.
Istiqbolda transport va ekspeditsiya - taqsimlash korxonalarini qo’shish
jarayoni muxim axamiyatga ega. Ishonchli va tez transport
aloqalari tugunlarida
xavo va dengiz konteynerlari liniyalaridan iborat yirik ixtisoslashgan transport -
taqsimlovchi xalqaro markazlar (Parij, Marselь, Frankfurt-na Mayne, Myunxen
va boshq.) tashkillanmoqda.
Dostları ilə paylaş: