O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi


Kimyoviy moddalarning elektrolizi



Yüklə 9,89 Mb.
səhifə66/156
tarix02.10.2023
ölçüsü9,89 Mb.
#151580
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   156
portal.guldu.uz-Kimyo tarixi o`quv majmua

7.2.7. Kimyoviy moddalarning elektrolizi
Dastlab, M.V. Lomonosov kimyoviy hodisalar bilan elektr hodisalari orasida oʻzaro bogʻliqlik borligini aniqlagan. Keyinchalik italiyalik fiziolog Luidji Galvani va italyan fizigi A. Voltning tadqiqotlari natijasida 1800-yilda elektr tokining kimyoviy manbai (Volt ustuni) yaratildi. Ingliz olimi G. Devi moddalarni kimyoviy parhcalab boʻlmasa, elektr toki yordamida parchalash mumkinligini aniqlashga kirishdi. U 250 dan ortiqroq metall plastinkalari tutgan kuchli batareyalar yasadi va elektr toki yordamida murakkab moddalarni parchalamoqchi boʻldi. Bir qator muvaffaqiyatsizliklardan keyin G. Devi ayrim birikmalarning kristallari elektr tokini oʻtkazmasligini aniqladi. Koʻp tajribalardan keyin ularni suyuqlantirib, elektr toki taʻsirida parchalash mumkinligini isbotladi. 1807-yil 6-oktyabrda potash (K2CO3) suyuqlanmasidan elektr toki taʻsirida nomaʻlum elementning kichkina donachalarini ajratib oldi va uni potasiy (inglizcha – potash) deb atadi. Bu metall keyincha kaliy degan nom oldi. Bir haftadan keyin soda suyuqlanmasidan elektr toki taʻsirida ikkinchi yangi elementni olib, uni sodiy (inglizcha – soda, hozirgi natriy) deb atadi. Natriy oʻzining fizik va kimyoviy xossalari jihatidan kaliydan juda oz farq qiladi. 1806-yilda Y.Y, Berselius usullarini takomillashtirgan ingliz olimi G. Devi magneziyadan – magniy, stronsiy oksididan – stronsiy, bariy oksididan – bariy, ohakdan kalsiyni ajratib oldi. K. Sheyelye oʻzi ochgan yashil gazni oksid deb hisoblagan edi, ammo G. Devi uni alohida yangi element ekanligini aniqladi va uni xlorin (yunoncha – sargʻish-yashil) deb atadi. Keyinroq bu nomni Gey-Lyussak “xlor” soʻzigacha qisqartirdi.
Dastlab, A.L. Lavuazye kislotalar albatta kislorod tutadi, deb hisoblagan boʻlsa, endi G. Devi xlorid kislotani olib, ular kislorodsiz ham boʻlishi mumkinligini isbotladi va kislotalarning vodorodli nazariyasini yaratdi. Kimyo va fizika sohasidagi mashhur olim M. Faradey ustozi G. Devining ishlarini davom ettirdi va elektrokimyo faniga asos soldi. Qadimiy filologiya boʻyicha mutaxassis U. Uevell barcha birikma yoki eritmalarni elektrolitlar deb atadi. Modda suyuqlanmasi yoki eritmaga tushirilgan metall sterjenlar yoki plastinkalar – elektrod deb nomlandi, musbat zaryad manbai boʻlgan elektrod – anod, manfiy zaryad manbai boʻlgan elektrod – katod deb ataldi va bir-biridan farqlanadigan boʻldi. 1832-yilda M. Faradey barcha elektrokimyoviy jarayonlar oʻzaro maʻlum miqdoriy nisbatlar kabi fodalanishini isbotladi va elektroliz jarayonining asosiy qonunlarini kashf etdi:
1-qonun: elektroliz jarayonida elektrodda ajralib chiqadigan moddaning massa miqdori eritmadan oʻtgan elektr toki miqdoriga toʻgʻri proporsional boʻladi.
2-qonuni: Agar bir nechta ketma-ket ulangan elektroliz vannalaridan bir xil miqdorda elektr toki oʻtkazilsa, elektrodlarda ajralib chiqadigan moddalarning massa miqdorlari oʻsha moddaning kimyoviy ekvivalentlariga proporsional boʻladi.
Elektroliz jarayonini miqdoriy jihatdan tavsiflovchi atamalar: energiya sarfi boʻyicha unum (%), tok boʻyicha unum (%), Faradey doimiysi (96485 kulon) elektrokimyoviy ekvivalent, elektrokimyo faniga kiritildi. Elektroliz jarayoni metallar olish va ularni qoʻshimchalardan tozalash (rafinatsiya) va metall buyumlar sirtini sirlashda elektrokimyo sanoatlarida keng qoʻllaniladi.
Galvanostegiya – metall predmet, detallar sirtini korroziyadan himoyalash yoki bezash maqsadida qalinligi mikronlarda boʻlgan yupqa qavatli oltin, kumush, xrom yoki nikel metali bilan elektrolitik usulda qoplanadi. Bu usul avtomobilsozlik, aviatsiya, elektronika, radiotexnika sohalarida va turli bezaklar, uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi.
Galvanoplastinka – usuli biror-bir predmet, materialni koʻp nusxada chiqarish uchun zarur boʻlgan qalin qoplamasi (matritsa)ni tayyorlash uchun qoʻllaniladi. Galvanostegiya galavanoplastinkaga qaraganda koʻproq qoʻllaniladi. Undan maqsad: tayyor buyumlar yoki yarim fabrikatlarning korroziyaga bardoshligini yaxshilash (ruxlash, kadmiylash, qoʻrgʻoshinlash yoʻli bilan), ishqalanuvchi yuzalarning yedirilishiga chidamliligini oshirish (xromlash, temirlash yoʻli bilan), sirtlarga himoya-bezak pardozi berish (nikellash, xromlash, qimmatbaho metallar qoplash yoʻli bilan).
Galvanotexnika – usuli amaliy elektrotexnikaning bir sohasi, uni 1838-yilda rus olimi, akad. B.S. Yakobi (1801-1874 yy.) kashf qilgan va texnik jihatdan ishlab chiqqan. Shu yilning 5-oktabrida Peterburg akademiyasi majlisida gravyuraning elektrolitik usulda misdan tayyorlangan nusxasini taqdim etgan. B.S. Yakobi birinchi elektrodvigatel va telegraf apparatini kashf etgan.



Yüklə 9,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin