O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI “ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” fakulteti «IQTISODIYOT» kafedrasi
QABUL QILDI: ____________________ Farg’ona – 2023 MUNDARIJA:
REJA
Kirish 1. “LOS GIGANTES TEXTILES” Korxonaning texnik rivojlanishi va ishlab chiqarishni tashkil etish usullari.
2. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishida mehnat ko‘rsatkichlarining tahlili
3. Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlili
4. Korxonada mahsulot tannarxining shakllanishi
5. Korxonda mahsulot sifatini nazorat qilishni tashkil etish
6. Korxonaning biznes rejasi
7. Korxonaning moliyaviy holati. Korxona foydasi va rentabelligi tahlili
8. Korxonaning ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik rejasi
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati Ilovalar
KIRISH O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng sanoatda tub islohatlar amalgam oshirildi. Ko‘pgina tarmoqlardagi sanoat korxonalari davlat tasarufidan chiqarilib, xususiylashtirilib, davlat aksiyadorlik, korperativ, jamoa, xususiy va boshqa tashkiliy – huquqqiy mulk shakllariga aylantirildi. Respublikamizda iqtisodiyotida muhim o‘rinda turadigan sanoat tarmoqlarida tuzilmaviy qayta tarkiblash amalgam oshirildi, ko‘plab kichik va o‘rta korxonalar tashkil topdi.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati doimo rivojlanib, iste’molchilarga yuqori sifatli zamonaviy mahsulotlarni taklif etadi va O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega. Endi jahon bozorida to‘qimachilik mahsulotlariga bo‘lgan talab, uning ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan mamlakatlar iqtisodiyoti uchun ahamiyati. Yaqin vaqtgacha mamlakatimiz paxta xom ashyosini eksport qilardi. Asta-sekin, yangi texnologiyalar va jarayonlarni joriy qilib, ular paxta tolasi ishlab chiqarishga o‘tdilar va har yili uning eksport ulushi kamayib bormoqda va 2023 yilga kelib O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini to‘liq qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish foydasiga eksportini butunlay to‘xtatishni rejalashtirmoqda.
To‘qimachilik, shuningdek, neft va gaz kabi asosiy xom ashyo jahon iste'mol tovarlari ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi, ularsiz bizning hayotimizni tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu sohaning gullab-yashnashiga O‘zbekistonning boy tabiiy resurslari mavjudligi ham yordam beradi, ular ekologik toza, 100% tabiiy xom ashyo bilan ta’minlanadi, shuningdek, yengil sanoat, xususan, to'qimachilik rivojlangan yillar davomida yaratilgan uskunalari va ishlab chiqarish quvvati barcha jahon standartlariga javob beradigan davlat va xususiy korxonalar o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini jahon bozorlariga ta’sir ko‘rsatadigan strategik resurs darajasiga ko‘tarishga imkon beradi.
Sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlari tuzilmasini o‘zgartirish va takomillashtirish iqtisodiy, ilmiy texnik va ijtimoiy siyosatning asosiy negizi bo‘lib xizmat qiladi.
Sanoat tarmoqlari tuzilmasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari:
Ishlab chiqarish vositalari va iste’mol tovarlariishlab chiqaradigan tarmoqlar orasidagi mutanosiblik o’rnatish;
Ishlab chiqarish tuzilmasining prognoz va tendentsiyalarini ishlab chiqarish;
Tarmoqlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini barqarorlashtirish;
Tarmoqlarda xom ashyo va resurslardan oqilona foydalanish samaradorligini oshirib borish.
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi bo‘yicha respublikada makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilib, sanoat tarmoqlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab vazifalar belgilangan.
Hozirgi kunda yurtimizda juda ko‘plab korxona , firma , va fabrikalarda kattalar hamda yosh bolalar uchun to‘rt xil mavsumga mo‘ljallanfgan kiyimlar ishlab chiqariladi. Bu mahsulotlar nafaqat o‘zimizning ichki bozor balki O‘rta Osiyo hamda MDH mamlakatlariga eksport ham qilinadi. Bu turdagi korxonalar O‘zbekistonning deyarli har bir viloyatida topiladi. Korxonalarimiz tayyor mahsulotni qayta ishlash va ishlab chiqarish sohasida ulkan salohiyatni ishga solib, kuchayib bormoqda, bu esa o‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Keyingi rivojlanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, qo‘yilgan vazifalarga ishonchni uyg‘otadi. Yengil sanoat va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va paxta xom ashyosidan allaqachon qayta ishlangan paxta tolasi va tayyor mahsulotlarini eksport qilish jarayonidamiz.
Bugungi kunda O'zbekistonda 7000 dan ortiq engil sanoat korxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular orasida “LOS GIGANTES TEXTILES” kompaniyasi mamlakatda to‘qimachilik mahsulotlarini etakchi, vertikal integratsiyalashgan etakchi hisoblanadi. “Los Gigantes Textiles” ning ishlab chiqarish quvvatlari paxtadan to‘qimachilik mahsulotlarining barcha turlarini ishlab chiqarishga imkon beradi: har xil turdagi qattiq va bo‘yalgan iplar, tayyor trikotaj mahsulotlari.
“LOS GIGANTES TEXTILES” Korxonaning texnik rivojlanishi va ishlab chiqarishni tashkil etish usullari. Ushbu bitiruv oldi amaliyotim IV kurs yakunida 5 hafta davomida o‘tkazildi. Amaliyotimni Farg’ona viloyati Buvayda tumani “Los Gigantes Textiles” MChJ da amalga oshirdim. Va ushbu amaliyotim ushbu sanadan 10.04.2023 ushbu 13.05.2023 sanagacha davom etdi.
Bitiruv oldi amaliyot - ta’lim turlari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishining ajralmas qismi bо’lib, biz talabalarning kasbiy kо’nikmamiz va malakalarimizni rivojlantiruvchi ijodiy jarayondir. Biz amaliyotchi - talabalar bitiruv oldi amaliyot davrida о’quv-tarbiya jarayonining barcha tomonlarini tahlil qildik. Ushbu amaliyotimiz O‘quv yili davomida olgan nazariy bilimlarni amaliyot davomida mustahkamlashni ko‘zda tutadi.
“Los Gigantes Textiles” korxonasida amaliyot o‘tash paytida umumiy vazifalar quyidagilar edi:
“Los Gigantes Textiles” MChJ qo‘shma korxonasining texnik rivojlanishi va ishlab chiqarishni tashkil etish uslublari o‘rganish va ularni tahlil qilish;
Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishida mehnat ko‘rsatkichlarining tahlili olib borish;
Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlili ishlab chiqish;
Korxonada mahsulot sifatini nazorat qilinishini tashkil etish bo‘yicha ko‘nikmalarni egallash va amaliyotda qo‘llash;
Korxonaning biznes rejasi bilan tanishish va korxonaning SWOT tahlilini ishlab chiqish;
Korxonaning moliyaviy holati aniqlash. Korxona foydasi va rentabelligi tahlilini olib borish;
Korxonaning ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha strategik rejasini ishlab chiqish;
Bitiruv oldi amaliyot o‘quv jarayonining eng ahamyatga molik tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, ushbu amaliyot iqtisodiyot ravnaqining hozirgi bosqichida biz talabalar bilmini mustahkamlash, chuqurlashtirish maqsadida o‘tkazildi va amaliyot davomida bilimlarimiz mustahkamlandi, va chuqurroq anglashga muvaffaq bo‘ldik.
Amaliyot davomida har bir ish o‘rniga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar, qonunlar, farmoyishlar va farmonlar, shu bilan birgalikda dasturiy ta’minotlar, budjetga daromadlar tushumi va budjetdan xarajatlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar, korxona yoki tashkilotning umumiy harakteristikasi, xodimlarning ish jarayonida qay yo‘sinda o‘zlariga biriktirilgan faoliyat turlari bilan shug’ullanishi va turli xil muammolarni yechishlarini, turli xil masalalarda fuqorolar tomonidan qilingan murojatlarni yechimini topish va shu kabi turli ish harakatlarni mustaqil amaliyot jarayonida mustaqil hal etish ko‘nikmalari hosil bo‘ldi.
Tashkiliy-huquqiy shakl (MChJ) - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning mulkni belgilash va undan foydalanish usulini (usulini) va uning huquqiy holatini va bundan kelib chiqadigan biznes maqsadlarini belgilaydigan ma’lum bir mamlakat qonunchiligi tomonidan tan olingan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning shakli. . Ya’ni tashkiliy-huquqiy shakl xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan mulkni boshqarish usuli va uning huquqiy holatini hamda tadbirkorlik faoliyatining bundan kelib chiqadi.
“Los Gigantes Textiles” ning ishlab chiqarish quvvatlari paxtadan to‘qimachilik mahsulotlarining barcha turlarini ishlab chiqarishga imkon beradi: har xil turdagi qattiq va bo‘yalgan iplar, tayyor trikotaj mahsulotlari.
Korxona Farg’ona viloyati Buvayda tumanida qurilgan bo‘lib, umumiy maydoni 9000 kv. metrni, bundan ishlab chiqarish maydoni 5600 kv. metr tashkil qiladi.
1-jadval
“LOS GIGANTES TEXTILES” mas’uliyati cheklangan jamiyati