O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi


-jadval. Korxona asosiy vositalarining texnik holati tahlili



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə4/11
tarix15.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#130892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
LOS GIGANTES TEXTILES

6-jadval.
Korxona asosiy vositalarining texnik holati tahlili



Ko’rsatkichlar (ming so‘m)

O’tgan yil

Hisobot yili

O’zgarishi, mutlaq farqda

1.

Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati, ming so’m.

1 856 457 124,00

1 895 424 725,00

38 967 601

2.

Asosiy vositalarning eskirish summasi,

248 247 435,00

254 672 842,00

6 425 407

3.

Asosiy vositalarning qoldiq qiymati,

1 608 209 689,00

1 640 751 883,00

32 542 194

4.

Asosiy vositalarning eskirish koeffitsienti (2/1)

13.3

13.4

0.13

5.

Asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsienti (3/1)

86.6

86.5

-0.1

Xulosa: ma’lumotlardan ko’rinadiki, joriy yilda korxona asosiy vositalarining yaroqlik darajasi o’tgan yilga nisbatan 0.1 % ga kamaygan bo’lib, jami asosiy vositalar bo’yicha 86.5 % ini tashkil etmoqda. Qolgan 13.5 % asosiy vositalar o’zining xizmat muddatini o’tab bo’lgan va eskirgan asosiy vositalar hisoblanadi.


Korxona asosiy vositalarining texnik holati ijobiy holda, ularning umumiy texnik holatini yahshi deb baholash mumkin. Chunki, asosiy vositalarning katta qismi ishga yaroqli.

2-rasm

3-rasm

4-rasm



5-rasm
Katta qiymatga ega bo‘lgan asosiy vositalarga:
Hom ashyo va tayyor mahsulotlarni tashishga hizmat qiladgan yuk mashinalari;
2 ta “ Daf ” rusumli avtomobili.
1 ta “ Isuzu ” rusumli avtomobili.
1 ta paxta o‘ramlarini ko‘tarish mashinasi.
Korxona ishlab chiqarish quvvati sexlar quvvati, yetakchi uchastkalar, uchastkalar quvvati, yetakchi texnologik jihozlar guruhi quvvatlari bo‘yicha aniqlanadi. Asosiy sexlar quvvati asosiy mahsulot va yarim fabrikatlar ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan jihozlar bo‘yicha amalga oshiriladi. Yordamchi va xizmat ko‘rsatish sexlari quvvati asosiy sexlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi belgilanadi.
Korxonalarning asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o‘rganish bilan bir qatorda ularning texnik holatiga ham baho berib boriladi. Odatda asosiy vositalar tarkibida yil davomida o‘zgarishalar ro‘y beradi. Yangi asosiy vositalar kirimi tufayli, asosiy vositaalr ortib boradi. Eskirgan asosiy vositalarning ishlab chiqarishdan olib tashlash tufayli asosiy vositalar kamayishi mumkin.
Korxonada mahsulot tannarxining shakllanishi
Mahsulot tannarxi – korxona faoliyatini umumlashtiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning umumiy qiymatini ifodalaydi. Tannarxda asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari o‘z aksini to‘adi. Mahsulot tannarxi barcha ishlab chiqarish resurslari sarfining yakuniy o‘lchovini belgilaydigan ko‘rsatkichdir. Korxonada mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi, mehnat unumdorligi, korxona faoliyatining barcha tomonlarini takomillashtirish o‘z aksini aynan tannarx ko‘rsatkichida topadi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirishda 1 so‘mlik tovar mahsulot uchun xarajatlar ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkich ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanib, mahsulot tannarxini tovar mahsulot hajmiga nisbati orqali aniqlanadi. Mahsulot tannarxi innovatsion faoliyat samaradorligini hisoblashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi (kapital qo‘yilmalarning qo‘lanish muddati, yillik iqtisodiy samara, keltirilgan xarajatlar). Tannarx mahsulot birligi bahosining asosini tashkil etadi. Demak, ushbu ko‘rsatkichning asoslanganlik darajasi korxona faoliyatining barcha qiymat ko‘rsatkichlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tannarxning pasayishi bahoning ham kamayishiga olib kelar ekan, ushbu holat aholi daromadlarining, farovonligining oshishini ta’minlaydi.
Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamsining 1999 yil 5-fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g’risida” gi Nizomga muvofiq shakllantiriladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, Shu jumladan, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar.
2022 - yil korxona realizatsiya qilgan tovarlarining tannarxi quyidagichadir. Sotishdan tushgan jami tushumlar: 8 906 559.00 ming so‘mni tashkil etdi va realizatsiya qilingan tovar va xizmatlarning tannarxi quyidagicha ko‘rinishda:

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin