O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta ta’lim Vazirligi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə2/11
tarix15.06.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#130892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
LOS GIGANTES TEXTILES

Faoliyati

Ro'yxatdan o'tgan sana

15.01.2011

Ro'yxatdan o'tkazuvchi organ

Viloyat аdliya boshqаrmаsi

STIR

207107274

THSHT 152

Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas‘uliyatli jamiyat

DBIBT 08184



O‘zto‘qimachilik sanoat uyushmasi

IFUT 13101



Pаxtа tolаlаrini tаyyorlаsh vа yigirish

Ustav fondi

12 518 292 700,00 UZS

Manzili

Farg'ona viloyati, Buvayda tumani, Yangiqo'rg'on QFY, Yangiqo`rg`on ko'chasi

Rahbar

Toshpo‘lotov Davronbek Ravshanbekovich

2-jadval


Ta‘sischilar

Sobirov Isroil Islamovich

6,60 %

Xamidov Tajidin Abduraxmonovich

69,50 %

Sobirov Ismoil Islamovich

20,00 %

Xashimov Muxammad Maxmudovich

3,90 %

Ustav kapital 12 518 292 700,00 UZS tashkil qiladi. Korxonaning asosiy binosi old tomonda joylashgan bo’lib, ushbu binoda rahbar xonasi, raxbar o’rinbosari xonasi, bugalteriya, kadrlar bo’limi, marketing bo’limi, yordamchi xo’jaliklar faoliyatini yurituvchi bo‘lim va qoravulxona joylashgan.





1-rasm. “Los Gigantes Textiles” MChJ korxonasi


Mahsulot ishlab chiqarish rejasi bajarilishida mehnat ko‘rsatkichlarining tahlili
Korxonaning barqaror rivojlanishi asosan o‘tgan yillarga nisbatan mahsulot ishlab chiqarish hajmining bajarilishiga bog’liq. Chunki bajarilish sur’atining o‘tgan yillarga nisbatan yuqori bo‘lishi mahsulotga nisbatan yildan - yilga talabning oshishidan hamda korxonaning moliyaviy natijalarining ijobiy o‘zgarishidan dalolat beradi. Bu yo‘nalishdagi tahlilning asosiy vazifasi hisobot ko‘rsatkichlarining o‘tgan yilga nisbatan haqiqiy o‘sish sur’atini belgilashdan iborat.
Korxonaning ishlab chiqarish dasturi talab va taklif kabi tushunchalar bilan bevosita boliqdir. Talab xaridorning ma’lum vaqt oraliida bozor taklif etgan baholarda sotib olishga tayyor tovar miqdorini ifodalaydi. Taklif esa ma’lum vaqt oralig’ida ishlab chiqarib bozor baholarida sotishni istaydigan mahsulotni belgilaydi. Talab va taklifning o‘zaro ta’siri ularning koordinatsiyalashuvi raqobat va baho (narx) mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Ushbu o‘zaro ta’sir talab va taklif o‘zaro tenglashadigan narxni shakllantirishga olib keladi. Shu sababdan ishlab chiqarish dasturini tuzish talab va taklif qonuniga, shuningdek, korxonaning xo‘jalik faoliyati bo‘yicha erishilgan natijalariga asoslanishi lozim.
3-jadval.
Mahsulot ishlab chiqarishning o‘sish dinamikasi tahlili

Ko‘rsatkichlar

O‘tgan yilda haqiqatda

Reja

Haqiqatda

O‘tgan yilga nisbatan haqiqatan o‘zgarishi(+)

Rejaga
nisbatan
o‘zgarisi(+)

1.Yalpi mahsulot
ming so‘m

92 465 557

92 995 712

93 105 160

639 603

109 448

2. Tovar mahsulot
ming so‘m



91 268 553

91 710 301

91 982 732





714 179

272 431

3. Sotilgan mahsulot ming so‘m

90 056 553

90 320 231

90 780 541

723988

460 310

Xulosa: ko‘rsatkichlarni taqqoslash natijalari, joriy yilda yalpi mahsulot hajmi o‘tgan yilga nisbatan oshirilib bajarilganini ko‘rsatmoqda:


Hisob natijalaridan joriy yilda mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini rejalashtirish paytida barcha imkoniyatlar to‘liq e’tiborga olinmaganligini ko‘rish mumkin. Korxona hisobot yilida yengil rejani qabul qilib uni hech qiyinchiliksiz va rejaga nisbatan ortig’i bilan bajargan. Ushbu holat korxonada rejalashtirish tizimini takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Korxonaning kelgusi yil uchun ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirishda barcha imkoniyatlarni e’tiborga olinishi dastlab resurslardan samarali foydalanish, iste’molchilar ko‘lamini kengaytirish hamda moliyaviy natijalarini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi.
“Los Gigantes Textiles” MChJ xodimlariga qo‘yiladigan asosiy talablar “O‘zipaksanoat” korxonalari uchun umumiydir: Kasbiylik va doimiy kasbiy rivojlanish; Ish xavfsizligini ta’minlash; Mas’uliyat, aniqlik va punktuallik; Taqdim etilayotgan xizmatlarning yuqori sifati;
Mehnat resurslari holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimiga quydagilarni kiritish mumkin.

  1. Mehnat resurslari son va tarkibi

  2. Mehnat resurslari aylanishi

  3. Mehnat resurslari samaradorligi

Ishlab chiqarish xodimlarining eng ko‘p va asosiy toifasi ishlaydigan korxonalar - moddiy boyliklarni yaratish yoki ishlab chiqarish xizmatlarini ko‘rsatish va tovarlar harakati bilan bevosita shug’ullanadigan shaxslar (ishchilar) hisoblanadi.



Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin