S – STRENTGHS –kuchli tomonlari;
W – WEAKNESSES – kuchsiz tomonlari;
O – OPPORTUNITIES – imkoniyatlari;
T – THREATS – tahdidlar ushbu tahlilning asosini tashkil etadi.
“Los Gigantes Textiles” MCHJning SWOT tahlili:
Kuchli tomonlari: «Los Gigantes Textiles» MChJ korxonasida dunyodagi eng ilg‘or texnologiyalaridan bo‘lmish yagona qaynoq shtamplash yo‘li bilan to‘liq avtomatlashtirilgan ipni qayta ishlash sexini tashkillashtirish MDH mamlakatlarga katta miqdorda mahsulotlarni eksport qilish imkonini beradi. Yangi liniyani ishga tushirish natijasida “Los Gigantes Textiles” MChJ yillik ishlab chiqarish hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi va korxonada qo‘shimcha 120 ta ish o‘rni yaratiladi.
2.Kuchsiz tomonlari: Ushbu korxonaning asosiy kuchsiz jihatlaridan biri korxonani shahar markazidan ancha uzoqda joylashganligidir va bu o’z navbatida mahsulotlarni harid markazlariga yetkazib berishda bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi jumladan transport harajatlari. Korxonani shahar markazdan uzoqdaligi korxonaga yetuk malakali kadrlarni jalb qilishni qiyinlashtiradi.
3.Imkoniyatlari: Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida joylashgan Los Gigantes Textiles korxonasini maqsadga erishishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlari mavjuddir. Asosiy imkoniyatlaridan: Jahoning yetakchi tekstil korxonalari bilan hamkorliklari mavjuddir. Bular quyidagilar: “Welspun Russia”, “Lux industries”, “Trident Group”, “Arvinnd LTD”, “Future lifestyle”. 4.Tahdidlar: So’ngi vaqtlardagi siyosiy holat korxonaning eng yirik importyor davaltlari Rossiya va Ukrainaga bo’layotgan import hajmini sezilarli darajada tushirib kelmoqda. Agarda siyosiy holat yaxshilanmasa bu holatlar korxona iqtisodiyotiga katta havf keltirishi mumkin.
5. Korxonaning moliyaviy holati, Korxona foydasi va rentabelligi tahlili Korxonaning moliyaviy resurslari - bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ixtiyorida xodimlarga bo‘lgan va moliyaviy majburiyatlarni bajarish, takror ishlab chiqarishni kengaytirish va ularni iqtisodiy rag’batlantirish uchun xarajatlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan pul daromadlari va tushumlari. Mohiyatan, bu korxonaning aktivlariga qo‘yilgan puldir.