4-jadval
Xodimlar kategoriyasi bo‘yicha ma’lumot (2023 –yil)
№
|
Xodimlar kategoriyasi
|
Xodimlar soni
|
Jami xodimlar soniga % ga
|
1
|
Boshqaruv xodimlari
|
15
|
4
|
2
|
Mutaxassislar
|
21
|
5.7
|
3
|
Texnik xodimlar
|
14
|
3.8
|
4
|
Xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar
|
20
|
5.4
|
5
|
Ishlab chiqarish xodimlari
|
300
|
81
|
Jami xodimlar
|
370
|
100
|
5-jadval.
Xodimlar mehnat samaradorligi ko’rsatkichlari tahlili.
Ko’rsatkichlar
|
Reja
|
Haqiqat
|
Farqi. +,-
|
O’zgarish sur‘ati
|
1. Mahsulot hajmi. ming so’m
|
122 361 111
|
123 015 121
|
653 901
|
100.5
|
2. Sof tushumning ming so’m
|
144 372 463
|
145 072 463
|
1 300 000
|
100.4
|
3. Foyda. ming so’m
|
21 406 087
|
22 121 242
|
715 155
|
103.3
|
4. Ishchilar soni, kishi
|
370
|
370
|
|
100
|
5. Ishchilar mehnatining natijaviyligi (unumdorligi) ming so’m (1:4)
|
128 126.8
|
130 435.1
|
2 3058.3
|
101.8
|
6.Mehnatning daromadliligi ming so’m (2:4)
|
151 175
|
153 150
|
1 975
|
101.3
|
7. Mehnatning foydaliligi, ming so’m (3:4)
|
22 414
|
23 315
|
901
|
104
|
Xulosa: Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, korxonada mahsulot hajmi, ya’ni daromad va foyda miqdori rejaga nisbatan oshgan. Ushbu ko’rsatkichlarning o’zgarish sur‘ati mos ravishda 101.3; 104 foizni tashkil etadi. Shunga mos ravishda xodimlardan foydalanishi samaradorligi ham nisbatan ancha yuqori. Chunki mehnat resursi sonining o’zgarish darajasi natijaviy ko’rsatkichlarning o’zgarishi darajasidan past, ya‘ni uncha o’zgarmagan. Tahlilni chuqurlashtirib mehnat unumdorligiga omillar ta‘sirini o’rganishiga va mavjud imkoniyatlarni aniqlashga harakat qilinadi.
Mehnatni foydalanish darajasi yakuniy natijada ishchilar mehnat unumdorligini o’zgarishiga ta‘sir ko’rsatadi. Mehnat unumdorligi ma’lum vaqt ichida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini yoki mahsulot birligini ishlab chiqarish uchun sarflangan vaqtni ifodalaydi. Shu sababdan ishchilar ish vaqti tahlilida mehnat unumdorligi darajasiga ham alohida e‘tibor qaratiladi. Ishchi xodimlar unumdorligiga turli omillar ta‘sir ko’rsatadi.
Korxonaning asosiy fondlari va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tahlili
Asosiy vositalar sanoat korxonalarining moddiy-texnika bazasi hisoblanadi. Texnik qurollanishning oshishi, asosiy vositalardan samarali foydalanish mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, mehnat unumdorligining oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga olib keladi.
Doimiy harakatdagi asosiy vositalarni modernizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, modernizatsiya hisobiga jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi va asosiy vositalar yemirilishi hamda to’zishini kamayishiga erishish mumkin. Mashina va jihozlar asosiy vositalarning faol qismi bo‘lib hisoblanadi, ular mahsulot tayyorlash texnologik jarayonida bevosita qatnashadi va ularning ko‘payishi bilan mahsulot hajmi ham ko‘payadi.
Asosiy vositalardan foydalanishni tahlil qilishdan maqsad bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi va asosiy vositalar tarkibi, foydalanish darajasi ko‘rsatkichlarini umumlashgan holda o’rganish.
O‘sish darajasining o‘zgarish sabablarini aniqlash.
Asosiy vositalardan foydalanish darajasining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga va boshqa ko’rsatkichlarga ta’sirini o’rganish.
Asosiy vositalardan samarali foydalanishning oshishi yo‘nalishlarini, imkoniyatlarni belgilash va ulardan to'laroq foydalanish choratadbirlarini ishlab chiqish.
Jihozlardan va asosiy vositalardan foydalanishni ifodalovchi ko’rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
-Ishlab chiqarishни asosiy vositalar bilan ta’minlanishi,ulardan foydalanish, ilmiy-texnika darajasi va ishlab chiqarishni avtomatizatsiyalash ko‘rsatkichlari.
-Texnologik jarayonlarni mahsulot konstruksiyasiga mosligi va yangi texnikani progressivlik ko‘rsatkichlari va Yangi texnikani joriy qilish va ularni o‘zlashtirish holati
Dostları ilə paylaş: |