ximyaviy, mexanikaviy, texnologik va ekspulatatsion xossalarini bilish juda
muhim hisoblanadi.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Metall va qotishmalarning xossalari haqida tushuncha bering.
2. Singan joyga qarab namuna materialini aniqlang.
3. Metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o’rganish.
4. Metallaning mexanikaviy xossalarini o’rganish.
5. Metallarning texnologik va eksplutatsion (ishlatilish) xossalarini
o’rganish.
Hisobotda ishning maqsadi va vazifasi metall va qotishmalar turlari
sxemasi hamda namunani o’rganish va kuzatishdan olingan xulosa va
tashqi ko’rinishi natijalari yozilishi lozim.
28
Nazorat savollari:
1. Metall va qotishmalarning xossalari haqida tushuncha bering.
3. Metallarning fizikaviy va kimyoviy xossalarini ayting.
4. Metallarning mexanikaviy xossalarini ayting.
5. Metallarning texnologik va eksplutatsion (ishlatilish) xossalarini
ayting.
AMALIY ISH № 3
MAVZU: Metallarni termik ishlashni o’rganish
Ishdan maqsad: Metallarni termik ishlashni o’rganish.
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: Mufel pechi, termoelektrik
pirometr, sovitish vannalari, turli xil sovitgichlar, turli xil po’lat
namunalari, qattiqlikni aniqlash asbobi, TK-2M, TSH-2M, qisqich,
sekundomer va boshqalar.
Umumiy ma’lumot: Mashinasozlik sanoatida ko’pgina po’lat va
cho’yanlar dan, shuningdek, rangdor metallarning qotishmalaridan
(bronza, latun, dyuralyuminiy va boshqalardan) yasalgan buyumlarning
fizikaviy, mexanikaviy va texnologik xossalarini zarur tomonga keskin
o’zgartirish maqsadida ularga termik va ximiyaviy-termik ishlov beriladi.
Qotishmaning ichki tuzilishi va xossalarini o’zgartirish maqsadida ma’lum
rejimlarda metall buyumni qizdirish va tutib turish, sovitishdan iborat
issiqlik ta’sir ettirish texnologik jarayoniga termik ishlov berish deyiladi.
Termik ishlov berishning istalgan jarayoni temperatura - vaqt
koordinatalarida tasvirlanishi mumkin (3.1-rasm).
Qotishmani maksimal qizdirish temperaturasi (T
max
), qizdirilgan
temperaturada tutib turish vaqti (t) hamda qizdirish tezligi (V
q
) va sovitish
tezligi (V
s
) termik ishlov berishning asosiy ko’rsatkich (parametr) lari
hisoblanadi. Amalda, odatda, qizdirish va sovitishning o’rtacha tezligi
hisobga olinadi. U, maksimal qizdirish temperaturasining qizdirish yoki
sovitish vaqtiga bo’linganiga teng, ya’ni
V
o’r.q.
T
max
t
q
va V
o’r.s.
T
max
t
s
.
29
T
max
vaqt
qizdirish vaqti tutib turish vaqti sovitish vaqti
3.1-rasm. Termik ishlash grafigi.
Termik ishlov berish natijasida buyum materialining mustahkamlik,
plastiklik va boshqa xossalari kerakli yo’nalishda o’zgaradi.
Termik ishlov berishdagi qizdirish va sovitishda fazaviy va ichki
tuzilish jihatidan o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bu o’zgarishlar kritik nuqtalar
bilan tavsiflanadi.
Qotishma I (evtektoiddan oldingi po’lat) xona temperaturasidan
boshlab 727
0
S gacha asta-sekin qizdirilganda unda fazaviy o’zgarishlar
bo’lmaydi (3.2-rasm). qotishma I yanada qizdirilganda ferrit zarralari
austenitda eriydi. Diagrammada qotishma I ning pastki kritik nuqtasi a
(ACK chizig’i), yuqori kritik nuqtasi esa a
1
(GSK chizig’i) bilan
belgilangan. Pastki kritik nuqta qizdirishda Ac
1
(sovitishda Ar
1
) bilan,
yuqori kritik nuqta qizdirishda Ac
3
(sovitishda Ar
3
) bilan belgilanadi.
3.2-rasm. Temir-sementit holat diagrammasi
30
727
0
S temperaturada perlit austenitga aylanadi (A nuqta).
Austenitning erishi yuqori kritik nuqta deb ataluvchi a
1
nuqtada tugaydi.
Agar evtektoid qotishma II qizdirilsa, perlit 727
0
S temperaturada S
nuqtada (ACK chizig’i) austenitga aylanadi. Bunda Ac
1
va Ac
3
kritik
nuqtalar bir-birining ustiga tushadi. Qotishma III perliti 727
0
S
temperaturada austenitga aylanadi (b nuqta). Qotishma III yanada
qizdirilganda sementit (ikkilamchi) austenitda eriydi. CE chiziqda
yotuvchi b
1
nuqtada erish jarayoni tugallanadi. Bu nuqta Ac
t
orqali
belgilanadi.
Shunday qilib, temir-sementit diagrammasida RSK chizig’ini hosil
qiluvchi kritik nuqtalar qizdirishda As
1
, sovitishda Ar, GS chizig’i
bo’yicha Ac
3
va Ar
3
, SE chizig’i bo’yicha Ac
t
orqali belgilanadi. Kritik
nuqtalarni bilish po’latlarga termik ishlov berish jarayonini o’rganishni
yengillashtiradi.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Termik ishlov berish deb nimaga aytiladi?
2. Qotishmalarga termik ishlov berishning yumshatish turini
o’rganish
;
3. Termik ishlov berish turlaridan normallash jarayonini o’rganish;
4. Qotishmalarga termik ishlov berishning toblash turini o’rganish;
5. Termik ishlov berish turlaridan bo’shatish jarayonini o’rganish;
Kerakli metall namunalardan foydalanib pechda toblash va
bo’shatish kabi termik ishlov berish turlarini bajarishni o’rganish.
Hisobotda ishning maqsadi, qotishmalarga termik ishlov berish
turlaridan yumshatish va normallash jarayonlari haqida umumiy ma’lumot,
kerakli jihozlar va asbob-uskunalarning nomi, ishning bajarilish tartibi va
metall namunalarni yumshatish va normallash bo’yicha olingan natijalar
keltirilgan bo’lishi kerak.
Nazorat savollari:
1. Termik ishlov berish deb nimaga aytiladi?
2. Termik ishlov berish jarayoni necha turga bo’linadi?
3. Yumshatish usullari necha turga bo’linadi?
4. Diffuzion yumshatishdan quymalarning nimasini kamaytirishda
foydalaniladi?
31
5. Po’latni yumshatish qanday temperaturalarda bajariladi?
6. To’la yumshatishda buyumlar necha gradus temperaturaga
qizdiriladi?
7. Izotermik yumshatishda konstruktsion po’latlar necha gradusga,
asbobsozlik po’latlari esa necha gradus temperaturagacha
qizdiriladi?
8. Chala yumshatishdan maqsad nima?
9. Sferoidlovchi yumshatish natijasida plastinkali perlit zarrali
qanday tuzilishga aylantiriladi?
10. Sferoidlovchi yumshatish jarayoni necha gradus temperaturada
amalga oshiriladi?
11. Rekristallizatsion
yumshatishda
po’lat
necha
gradus
temperaturaga qizdiriladi?
12. Normallashdan maqsad nima?
AMALIY ISH № 4
MAVZU: Metallarni kimyoviy- termik ishlashni o`rganish
Ishdan maqsad: Metallarni kimyoviy termik ishlash bilan tanishish.
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: Mufel pechi, termoelektrik
pirometr
yoki
termometrlar,
qattiqlikni
aniqlash
asbobi,
karbyurizator va sianizatorlarga solinadigan pista ko’mir, tuzlar, turli
xil po’lat namunalari, suv va moy vannalari, qisqich, egov, jilvir
qog’oz va hokazolar.
Umumiy ma’lumot: Ma’lumki, ko’pgina detallarning (tishli
g’ildiraklar, tirsakli vallarning) ish sharoitiga ko’ra, ularning yuza
qatlamlari qattiq, ichki qatlamlari esa qovushoq bo’lishi kerak. Bu
talablarni qondirish uchun tarkibida uglerod miqdori 0,10-0,35 % gacha
bo’lgan po’latlardan amalda keng foydalaniladi.
Po’latlarni ximiyaviy – termik ishlash uchun, shu po’latlardan
yasalgan buyumlar to’yintiruvchi elementga boy, yuqori temperaturali
muhitga kiritilib, ma’lum vaqt tutib turiladi. Bu jarayonni tubandagi uch
bosqichga bo’lish mumkin:
A) muhit molekulalari metallda eriydigan faol atomlarga
parchalanadi, masalan:
32
2CO → CO
2
+ C
yoki
2NH
3
→3H
2
+2N;
B) ajralib chiqqan erkin atomlar (C, N) metall sirtiga yutiladi
(absorbsiyalanadi);
V) faol atomlar buyum sirtidan uning chuqurroq qatlamlariga o’tadi
(diffuziyalanadi).
Po’latlarni ximiyaviy – termik ishlash turlari ko’p. Bular
metallshunoslik kurslarida batafsil bayon etiladi. Biz bu yerda eng
asosiylari haqida qisqacha ma’lumot berib o’tamiz.
Ishning bajarilish tartibi:
1. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini uglerodga boy qattiq moddalar
(karbyurizatorlar) yordamida uglerodga to’yintirishni o`rganish.
2. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini gaz muhitda uglerodga
to’yintirishni o`rganish.
3. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini azotga to’yintirishni (azotlash)
o`rganish.
4. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini bir vaqtda ham uglerod, ham azot
bilan to’yintirilishni (sianlash) o`rganish.
Hisobotda ishining mavzusi, ishning maqsadi, qotishmalarga
kimyoviy -termik ishlov berish turlari va jarayonlari haqida umumiy
ma’lumot, kerakli jihozlar va asbob-uskunalarning nomi, ishning bajarilish
tartibi keltirilgan bo’lishi kerak.
Nazorat savollari:
1. Kimyoviy-termik ishlov berish to’g’risida umumiy tushuncha.
2. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini uglerodga boy qattiq moddalar
(karbyurizatorlar) yordamida uglerodga to’yintirish.
3. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini gaz muhitda uglerodga to’yintirish.
4. Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini azotga to’yintirish (azotlash) .
5.Po’lat buyumlarning sirtqi qatlamini bir vaqtda ham uglerod, ham azot
bilan to’yintirilish (sianlash). .
33
AMALIY ISH № 5
MAVZU: Metall va qotishmalarning korroziyalanish (zang lash)
jaryonini o’rganish
Ishdan maqsad: Metall va qotishmalarning koorroziyalanish
jarayoni bilan tanishish, korroziyalanish tezligini aniqlash va bu jarayon
natijasida massaning yo’qolishini o’rganish.
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: Mufel elektr pechi,
uglerodli va legirlangan po’lat namunalari, chinni idish (tovoqcha),
analitik tarozi, shtangensirkul, paxta, spirt va reaktivlar (zar suvi,
ya’ni NC1 bilan HN0
3
ning 1:3 nisbatdagi aralashmasi).
Umumiy ma’lumot: Metall va qotishmalarning tashqi muhit
bilan fizika-kimiyoviy o’zaro ta’siri natijasida yemirilishi metallarning
korroziyalanishi deb ataladi.
Korroziyaning
asosiy
turlari.
Metallarning korroziyalanish
tezligigina emas, balki ularning sirtida korroziyalangan joylarning qanday
taqsimlanishi ham nihoyatda muhimdir. Agar metallning butun sirti bir
qadar tekis korroziyalangan bo’lsa, bunday korroziya tekis korroziya deb
ataladi (5.1-rasm, a). Agar metall sirtining ko’p qismi korroziyalanmay,
ayrim joylarigina korroziyalansa bunday korroziya mahalliy korroziya
deyiladi (5.1-rasm, b). Korroziya qanchalik notekis bo’lsa, u shunchalik
xavflidir. Po’lat va ba’zi metallar chuchuk va sho’r suvda, tuproqda, ba’zi
oksidlovchi muhitda, ko’pincha, mahalliy korroziyalanadi. Metall donalari
(kristallitlari) chegarasi yemirilsa, bunday korroziya kristallitlararo
Dostları ilə paylaş: |