O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix28.08.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#63313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
616d9864a3d01 MKMM lab.-amal.mash uslubiy qo\'lanmal.2020 (1)

atomlari zich joylashgan geksogonal, tetrogonal, romb yoki romboedrik 
kristall panjaraga ega bo’lishi mumkin. Ko’pchilik metallar asosan uch xil 
kristall panjaraga ega bo’ladi. 
1. Hajmi markazlashgan kub panjara (qisqacha HMK tarzida 
yoziladi). Bularga Fe, V, Li, Mo, Cr, W, sirkoniy va boshqa ximiyaviy 
elementlar misol bo’ladi. Bunda kristall panjara katakchasida 9 ta atom 
joylashadi. 
2. Yoqlari markazlashgan kub panjara (qisqacha YoMK tarzida 
yoziladi). Bularga Co, Ra, Ro, Pl, Ag, Au, Pb, Cu, Al, Ni va boshqa 



ximiyaviy elementlar misol bo’ladi. Bunda kristall panjara katakchasida 14 
ta atom joylashadi. 
3. Geksogonal 
panjara 
(Bunday 
tuzilishda 
atomlar 
zich 
joylashganligi uchun - atomlari zich joylashgan geksogonal panjara deb 
ham yuritiladi va qisqacha ZJG tarzida yoziladi). Bularga Be, Mg, Cd, Ti 
va boshqa kimiyoviy elementlar misol bo’ladi. Bunda kristall panjara 
katakchasida 17 ta atom joylashadi. 
1.1-rasm. Kristall panjaralarning turlari: a) - hajmi markazlashgan kub,
b) - yoqlari markazlashgan kub, v) - atomlari zich joylashgan geksogonal panjara. 
Ishning bajarilish tartibi 
1. Metallar va ularning kristall panjaralari haqida tushuncha bering
2. Metallarning kristallanish jarayoni haqida ayting. 
3. Metallarning kristallanish jarayoni necha bosqichga bo’linadi? 
4.Mayda zarralar hosil qilish uchun suyultirilgan metallga qanday 
maxsus moddalar kiritiladi va ular nima deb ataladi? 
Hisobotda laboratoriya ishining mavzusi, ishning maqsadi, metall va 
qotishmalarning tuzilishlari, ularning kristallanish jarayonlari haqida 
umumiy ma’lumot, kerakli jihozlar va asbob-uskunalarning nomi, ishning 
bajarilish tartibi va olingan natijalar keltirilgan bo’lishi kerak. 
Nаzоrаt sаvоllаri: 
1. 
Mеtаllаr deb nimaga aytiladi? 
2. 
Ko’pchilik mеtаllаr аsоsаn qanday хil kristаll pаnjаrаgа egа 
bo’lаdi? 
3. 
Mеtаllаr kristаll pаnjаrаlаrining bir turdаn ikkinchi turgа o’tishi 
nima deb ataladi? 



4. 
Mеtаllаrning kristаllаnish qоnuniyatini birinchi bo’lib kim kаshf 
etdi? 
5. 
Mеtаllаrning kristаllаnish jаrаyoni necha bоsqichgа bo’linadi? 
6. 
Mеtаllаrdаgi erimаgаn turli оksidlаr vа mеtаllmаs zаrrаchаlаr 
kristаllаnishda qanday rоl o’ynаydi? 
7. 
Mayda zarralar hоsil qilish uchun suyultirilgan mеtallga qanday 
maхsus mоddalar kiritiladi va ular nima deb ataladi? 
8. 
Oddiy usulda kristаllаnish jаrаyonini o’rgаnish uchun qanday 
moddadan foydalaniladi

LABORATORIYA ISHI № 2 
Mavzu: Metallarning cho’zilishdagi mustahkamligini aniqlash 
Ishdan maqsad: Metallarning cho’zilishdagi mustahkamligini 
sinash mashinasi yordamida aniqlash. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar:1.R-5 yoki IM-4R 
tipidagi universal mashina. 2. Plastik namunalar. 3. 0, 01 mm 
aniqlikdagi mikrometr. 4. 0,05 mm aniqlikdagi shtangensirkul. 
Umumiy ma’lumot. Ma’lumki, metallarning eng muhim 
mexanik xossalaridan biri ularning mustahkamligidir. Metallarning 
turli kuchlar ta’siriga bardosh berish xususiyati uning mustahkamligi 
deb ataladi. Metall konstruk tsiyasiga qo’yilgan tashqi kuchlarning 
ta’sir 
etish 
xarakteriga 
qarab 
metallarning 
mustahkamligi 
cho’zilishdagi, siqilishdagi, egilishdagi va boshqa hollardagi 
mustaxkamliklariga ajratiladi. 
Metallarning cho’zilishdagi mustahkamligini sinash amalda 
ko’p tarqalgan bo’lib, bunda uning elastikligi va plastikligini ham 
aniqlash mumkin. Metall va qotishmalarning cho’zuvchi kuchlarga 
qarshilik ko’rsatish xususiyati ularning cho’zilishdagi mustahkamligi 
deyiladi. Buning uchun GOST-1497—84 ga ko’ra materialga qarab 
ma’lum o’lchamda doiraviy va to’g’ri to’rtburchak kesimli maxsus 
namuna tayyorlanadi. Namuanani sinash mashinasining qisqichlari 
orasiga mahkamlanadi. Shundan keyin mashina yurgizilib, asta-sekin 
ortib boruvchi kuch ta’sirida namuna cho’zila boshlaydi. Kuch 
ma’lum miqdorga yetgach, namunaning biror yeri ingichkalashib 


10 
bo’yin hosil bo’la boshlaydi va so’ngra u uziladi. Metallarning 
cho’zilishdagi 
mustahkamligini 
sinashda 
ularning 
elastiklik 
chegarasi, proporsionallik chegarasi, elastiklik moduli, oquvchanlik 
chegarasi, mustahkamlik chegarasi, nisbiy uzayishi va nisbiy 
torayishi (ingichkalashishi) aniqlanadi.
Ishni bajarish tartibi: 
1. Plastik materiallarni tekshirish asbob-jihozlari bilan tanishish. 
2. Plastik materiallarning cho’zilishga mustaxkamligini tekshirish. 
Hisobotda laboratoriya ishining mavzusi, ishning maqsadi, 
materiallarning cho’zilishga mustaxkamligini aniqlash haqida umumiy 
ma’lumot, kerakli jihozlar va asbob-uskunalarning nomi, ishning bajarilish 
tartibi yozilgan va olingan natijalar bo’lishi kerak. 
Nazorat savollari: 
1. Mеtаllаrning cho’zilishga mustaxkamligi dеb nimaga aytiladi? 
2.Cho’zilishga mustaxkamligini аniqlаsh qanday mаtеriаllаr uchun judа 
muhim? 
3.Uglеrоdli vа lеgirlаngаn kоnstruktsiоn po’lаtlаrning cho’zilishga 
mustaxkamligi qaysi asbobda sinаlаdi? 
4.Mеtаllning cho’zilishga mustahkamligini аniqlаsh qanday tartibda 
amalga oshiriladi. 
LABORATORIYA ISHI № 3 
MAVZU: Metallarning qattiqligini Brinel usulida aniqlash 
Ishdan maqsad: Metallarning qattiqligini Brinel usulida aniqlashni 
o’rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar:1. TSh -2M rusumidagi 
qattiqlikni o’lchovchi Brinell pressi; 2. Metall namunalar to’plami; 3. 
Egov; 4. Qum qog’oz; 5. Mikroskop; 6. TK-2M asbobida qattiqlikni 
aniqlash usullari to’g’risida yo’riqnoma. 
Umumiy ma’lumot 
Materialning qattiqligi deb, unga yanada qattiqroq jismning botib 
kirishiga qarshilik ko’rsata olish xususiyatiga aytiladi. Keskich, parma, 
freza kabi metall qirquvchi asboblar, shuningdek sirti mustahkamlangan 
detallar yuqori qattiqlikka ega bo’lishi kerak. 


11 
Metall va qotishmalarning qattiqligi bir necha usullar bilan 
tekshiriladi, ya’ni sinaladigan namunaga o’zidan qattiqroq jismni botirish, 
sinaladigan detalni boshqa jism bilan tirnab ko’rish va boshqa usullar. Eng 
ko’p tarqalgan usul bu sinaladigan namunaga undan qattiqroq jismni 
botirish usulidir. Metallning qattiqligi Brinel, Rokvell va Vikkers usullari 
bilan aniqlanadi. 
Sinaladigan namunaga a) Brinel pressida po’lat shar botirilganda shu 
shar qoldirgan izning yuziga qarab, b) Rokvell pressida olmos konus yoki 
po’lat shar botirilganda ular qoldirgan izning chuqurligiga qarab, v) 
Vikkers usilida olmos piramida botirilganda shu piramida qoldirgan iz 
yuzining qiymatiga qarab aniqlanadi. 
Brinell usuli shved muxandis olimi Yu.A.Brinell (1849-1925) 
sharafiga qo’yilgan.
Brinel usulida namunaga botiriladigan sharlar CX15 
tipdagi qattiq po’latdan tayyorlanadi. Ular toblab, so’ngra past haroratda 
bo’shatilgandan keyin juda qattiq bo’lib qoladi. Brinell usulida 
toblanmagan materiallarning, rangli metallar va ular asosidagi 
qotishmalarning qattiqligini aniqlashda qo’llaniladi. Qattiqligi aniqlanishi 
kerak bo’lgan metallarning xiliga va uning qalinligiga qarab diameri 2,5; 
5 va 10 mm sharcha namunaga 3000 kG (10 mm li sharch uchun), 750 kG 
(5mm li sharcha uchun) 187,5 kG (2,5 mm li sharcha uchun) nagruzka 
olinadi. Sharcha 10, 30 va 60 sekund ichida asta sekin botiriladi va 
botirilgan sharchaning diametriga qarab metallning qattiqligi aniqlanadi.
d
2.1-rasm. Qattiqlikni Brinel usulida aniqlash sxemasi. 





12 
Bu yerda, D - sharchaning diametri, mm; d - sharchaning metallda 
qoldirgan izi diametri (sharcha izining diametri maxsus lupa bilan 
ko’riladi), mm; h - sharcha izining chuqurligi, mm; P - sinaluvchi metallga 
botiriluvchi sharcha kuchi kg yoki N; a - namunaning qalinligi, mm. 
Yuqоridа kеltirilgаndеk mеtаllning Brinеl bo’yichа qаttiqligi HB 
bilаn bеlgilаnаdi. Brinеl bo’yichа qаttiqlik shаrchаning sinаluvchi 
mеtаllgа bоsuvchi P kuchning shu kuch tа’siridа sinаluvchi nаmunа sirtidа 
hоsil bo’lgаn shаrchа izining yuzi F ga nisbаti bilаn аniqlаnаdi: 







2

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin