O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix28.08.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#63313
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
616d9864a3d01 MKMM lab.-amal.mash uslubiy qo\'lanmal.2020 (1)

 
 
 
 
 
a – Benardos usuli; b- Slavyanov usuli: 
11.1-rasm Metall buyumlarni payvandlash usuli. 1- ko’mir elektrod; 
2- chokbop sim; 3- metall elektrod; 4- payvandlanuvchi metall. 


45 
1888-1890 yillarda rus injeneri N.G. Slavyanov Benardos usulini 
takomillashtirdi. U ko’mir elektrodni metall elektrod bilan almashtirdi, 
metall vannani havoning tarkibidagi kislorod azot va boshqa gazlardan 
himoya etish uchun maxsus tarkibli modda (flyus) dan foydalandi. 
Payvandlash deb atomlararo bog’lanish kuchlari hisobiga har xil 
materiallar va buyumlarni o’zaro ajralmaydigan qilib biriktirishga aytiladi. 
Payvandlash boshqa biriktirish uslublariga (parchinlash, boltlash, 
kavsharlash, yelimlash va boshqalarga) nisbatan puxta birikma hosil 
qilishi, yuqori ish unumi, tejamliligi va boshqa xususiyatlari bilan ustun 
turadi.
Payvandlash materiallarni eritib yoki bosim ostida amalga oshirilishi 
mumkin. Barcha payvandlash turlari quyidagi asosiy guruhlarga bo’linadi:
1. 
Elektr yordamida payvandlash.
2. 
Ximiyaviy yo’l bilan payvandlash.
3. 
Mexanik kuch yordamida payvandlash .
4. 
Nurli payvandlash usullari.
Bular ichida eng ko’p ishlatiladigani elekt payvandlash usulidir.
Ishning bajarilish tartibi: 
1. Payvandlash usullari haqida ma’lumot berish.
2. Elektr yordamida payvandlash to‘g‘risida ma’lumot berish. 
3. Metallarni elektr payvandlash usullari bilan tanishish. 
4. Elektr kontakt payvandlash usuli bilan tanishish. 
5. Elektroshlak payvandlash usuli bilan tanishish. 
Hisobotda: ishning mavzusi, ishdan ko’zda tutilgan maqsad va 
metallarni elektr payvandlash bo’yicha qisqacha ma’lumotlar yozilishi 
lozim. 
Nazorat savollari: 
1. 
Elektr yordamida payvandlash deb nimaga aytiladi? 
2. 
Elektr kontakt payvandlash usuli deb nimaga aytiladi?
3. 
Payvandlash deb nimaga aytiladi? 
4. 
Payvandlashda materiallarni qanday usullardan foydalanilanib 
birirtiriladi? 


46 
AMALIY ISH №12 
MAVZU: Metallarni gaz yordamida payvandlashni o`rganish 
Ishdan maqsad: Metallarni gaz yordamida payvandlashni o`rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: Metallarni gaz yordamida 
payvandlashga oid plakatlar, videoroliklar. 
Umumiy ma’lumot: Gazli payvandlash usuli. Bu uslub eritib 
payvandlashning 
bir 
turi 
bo’lishiga 
qaramay, 
uning 
oddiyligi, 
boshqarishning qulayligi, uskunalarning arzonligi, har xil burchak ostida 
choklar hosil qilish mumkinligi sababli yupqa listlar (0,5-5 mm) va ulardan 
yasalgan buyumlarni ulashda eng ko’p qo’llaniladi. 
Ulanadigan sirtlarni qizdirishda atsetilen (C
2
H
2
), vodorod (H
2
), koks 
gazi, tabiiy gazlar kabi yonuvchi-gazlardan foydalanish mumkin. Lekin 
issiqlik berish qobiliyati (Q), narxi va boshqalar nuqtai nazaridan 
qaraganda kalsiy karbididan olinadigan atsetilen eng ma’quli hisoblanadi. 
Kalsiy karbidi olish uchun koks (C) va so’ndirilmagan ohak (CaO) 
aralashmasi elektr pechlarda 1900-2300°S haroratda va havosiz sharoitda 
qizdiriladi:
3C+CaO=CaC
2
+CO; 
Hosil bo’lgan suyuq karbid kovshlarda sovitilib maydalangach (2-80 
mm) maxsus zich qopqoqli bochkalarda saqlanadi. Kalsiy karbididan 
atsetilen olish uchun atsetilen generatorlarida karbidga suv ta’sir 
qildiriladi:
CaC
2
+2H
2
O=Ca(OH)
2
+C
2
H
2

Odatda 1m
3
C
2
H
2
olish uchun 4,3-4,5 kg karbid ketadi. 
Ishning bajarilish tartibi: 
1. Gazli payvandlash usullarini haqida tushunchaga ega bo‘lish. 
2. Gaz payvandidagi asosiy asbob payvandlash gorelkalarini o‘rganish. 
3. Gazli payvandlash usullarini o‘rganish. 
Hisobotda ishning mavzusi, ishdan ko’zda tutilgan maqsad va 
metallarni gaz yordamida payvandlash usullari bo’yicha qisqacha 
ma’lumotlar yozilishi lozim. 
Nazorat savollari: 
1. Metallarni gaz yordamida payvandlash deganda nimani tushunasiz? 
2. Metallarni gaz yordamida payvandlash usullarini aytib bering. 


47 
AMALIY ISH № 13 
MAVZU: Tokarlik keskichining elementlari, geometriyasi va 
ularni turlarini o`rganish 
Ishdan maqsad: Tokarlik keskichining elementlari, geometriyasi va 
ularni turlarini o`rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: Kesuvchi asboblar, 
jilvirlash materiallari, plakatlar, video roliklar. 
Umumiy ma’lumot: Keskichlar kallak (ishchi yuza) va tana 
qismlardan iborat bo’lib, tana qismi keskichni supportga mahkamlashga 
yordam beradi. Ishchi qism esa quyidagi elementlardan iborat bo’ladi. 
13.1-rasm.Keskichning asosiy qism va elementlari. 
1. 
Oldingi yuza qirindi chiqarish uchun xizmat qiladi. 
2. 
Asosiy orqa yuza-tayyorlanmaning kesish yuzasi tomonida 
bo’ladi. 
3. 
Yordamchi orqa yuza-yo’nilgan yuza tomonda bo’ladi.
4. 
Asosiy kesuvchi qirra oldingi va asosiy orqa yuza kesishuvidan 
hosil bo’ladi.
5. 
Yordamchi kesuvchi qirra-oldingi va yordamchi orqa yuza 
kesishuvdan hosil bo’ladi.
6. 
Keskich uchi - asosiy va yordamchi kesuvchi qirralar birlashgan 
nuqta. 
Ishning bajarilish tartibi: 
1. Tokarlik keskichlarining turlari haqida tushuncha bering.


48 
1. Keskich elementlari to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish. 
3. Kesish jarayonining asosiy elementlarini hisoblash. 
4. Keskich geometriyasi haqida ma’lumot bering.
Hisobotda ishning mavzusi, ishdan ko’zda tutilgan maqsad va 
tokarlik keskich ning elementlari, geometriyasi va ularni turlarini bo’yicha 
qisqacha ma’lumotlar yozilishi lozim. 
Nazorat savollari: 
1. Keskich va keskich elementlari to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
2. Kesish jarayonining asosiy elementlarini hisoblab bering. 
3. Tokarlik keskichlarining turlari haqida tushuncha bering.
4. Keskich geometriyasi haqida ma’lumot bering.
AMALIY ISH № 14 
MAVZU: Tokarlik stanogining tuzilishi va ishlash printsipi 
Ishdan maqsad: 1K62 modelli tokarlik vintqirqish stanogining 
tuzilishi va ishlash printsipini o’rganish. 
Kerakli jihozlar va asbob – uskunalar: 1K62 modelli tokarlik 
vintqirqish stanogi, tokarlik stanogining maketi va tokarlik stanogining 
tuzilishiga oid plakatlar va videoroliklar. 
Umumiy ma’lumotlar: Barcha dastgohlarning qariyb 40-50 % ini 
tokarlik dastgohlari tashkil etadi, tokarlik dastgohlari ichida eng ko’p 
ishlatiladigani universal tokarlik-vintqirqar dastgohlaridir. Hozirgi vaqtda 
tokarlik vintqirqish stanoklarining 1A62, 163, 1K62, 16K20 va kabi 
rusumlari keng ko’lamda ishlatiladi. 
Mashg’ulotlarda ko’proq 1K62 rusumli tokarlik vintqirqish stanogi 
o’rganiladi. Tokarlik vintqirqish dastgohi quyidagi asosiy qismlardan 
tashkil topadi: stanina (rama), oldingi babka, ketingi babka, support, 
keskich, fartuk, yurgizish (surish) vinti, dastgohni boshqarish elementlari 
va h.k. 1K62 rusumli dastgohda tashqi diametri 400 mm gacha bo’lgan 
zagotovkalarning sirti silindrik konus shaklidagi va shakldor yuzalarni 
yo’nalish sirti va ichki rezbalarni qirqish, teshiklarni yo’nib kengaytirish, 
parmalash va qirqib tushirish kabi ishlarni bajarish mumkin. 


49 
14.1-rаsm. 
1K62 
tоkаrlik vint qirqish 
stаnоgining 
аsоsiy 
qismlаri 
vа 
bоshqаrish оrgаnlаri: 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin