O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə103/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Pedagogik omilning birinchi tarkibiy qismi harakat faoliyatiga o'rgatishdir. Bolalar va o'smirlarning harakat funksiyasi harakat faoliyati orqali sodir bo'ladi, harakat faoliyati esa, harakatlarni bajarish bilan, shartli reflektor bog'lanishlarning zaxirasi (jamg'ar- ma)ga bog'liq bo'ladi. Odatda, shartli reflektor bog'lanishlari qan- chalik ko'p bo'lsa, bu bog'lanishlar qanchalik turli-tuman bo'lsa, unda yangi harakat turlari shunchalik tez va oson shakllanadi. O'quv­chilarni asosiy gimnastikaning turli-tuman mashqlaridan foyda- lanib, yanada kengroq dastur orqali o'rgatish harakat funksiyasining shakllanishiga yordam beradi.
Ikkinchi tarkibiy qismi —jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasi. Jismoniy sifatlar qanchalik yaxshi rivojlangan bo'lsa, harakat malakasi, shunga ko'ra harakat funksiyasi shunchalik muvaffaqiyatli shakllanadi. Bolalarda hamma jismoniy sifatlarni bir tekis rivojlantirib, 7—10 yoshda yakka harakatlar tezligi, egiluv- chanlik va chaqqonlikni rivojlantirishga, 11—13 yoshda tezkor kuchni, 15—16 yoshda maksimal kuchni va chidamlilikni rivojlan­tirishga ko'proq e'tibor berish kerak.

19 - 361

289



Harakat funksiyasini shakllantirishda (eng muhim) uchinchi tarkibiy qism harakatlarni vaqt birligida fazoda va mushak kuchga kirishining darajasiga qarab, his qila bilishni o'rganishdan iborat. Harakat aniqligi va koordinatsiyasi yaxshi rivojlangan mushak sezgisi orqali ta'minlanadi. Bu esa harakat analizatori faoliyatining nati- jasidir. Harakat analizatorining faoliyatini faqat jismoniy mashqlar yordamida maxsus mashq bajarish orqali takomillashtirish mumkin.
Bunday qobiliyatni tarbiyalash uchun, tananing ayrim qismlari bilan oddiy hamda murakkab harakatlanishdan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, muvozanat saqlash, tirmashib chiqish, akroba­tika mashqlaridan foydalaniladi.
Talabalar bu mashqlarni bajarayotganda o'zlarining fazo to'g'risidagi va harakat faoliyatini bajarish uchun sarflaydigan vaqt to'g'risidagi subyektiv hislarini o'qituvchidan oladigan ma'lumot- larga taqqoslab ko'rishlari kerak. Harakat faoliyati jarayonida vaqt, fazo va mushak kuchayishining darajasi haqida tez va bevosita ma'lumotlar berib turish talabalarda bu parametrlarning turlicha, hajmiga nisbatan hissiyotini tarkib topishiga yordamlashadi, bu esa harakatlarni boshqarish uchun juda muhimdir.
Harakat faoliyatini ongli boshqarish sezgi organlarining rivoj- lanishi bilan chambarchas bog'liqdir, chunki sezgi organlari orqali tashqi dunyo his qilinadi. «Eshitish, ko'rish va boshqa sezgilar qanchalik kam rivojlangan bo'lsa, deb yozgan edi V.V. Gorinevskiy, odamning faoliyati shunchalik chegaralangan va u shunchalik kam rivojlangan bo'ladi».
Maxsus tadqiqotlar o'z harakatlarini fazoda vaqt birligida va mushak kuch berish darajasini his qilishni o'zlashtirib olgan tala­balar turli mashq bajarish jarayonidagi harakat faoliyatlarini bunga o'rgatilmagan talabalarga nisbatan muvaffaqiyatli bajaradilar.
20.2. Maktab o'quvchilariga gimnastika mashqlarini o'rgatish uslubiyati
Oddiy mashqlar, ko'pincha, ko'rsatilgan va tushuntirilgandan keyin oson o'zlashtiriladi, murakkablari esa uzoq vaqt o'rgatishni va turli uslub-usullarni qo'llashni talab qiladi.
Turli sinflarda mashqlarni tanlash va ularni o'tish usuli shug'ul- lanuvchilarning muayyan yosh xususiyatlariga bog'liq.
Kichik maktab yoshi (7—9yosh). Bola organizmining xususiyati shundan iboratki, o'sish hamda rivojlanish davomida uning hamma

organ va sistemalarining tuzilishi, funksiyalari to'xtovsiz tako- millashib boradi.
Bolalarning mushaklari egiluvchan bo'ladi, shuning uchun bolalar harakatlarni keng ko'lamda bajara olishadi. Biroq egiluv- chanlikni rivojlantiruvchi mashqlarni ular mushak kuchiga muvofiq bajarishadi. Ammo mushak va bo'g'inlarning ortiqcha cho'zilishi ularni zaiflantirib, qomat tuzilishining buzilishiga olib kelishi mumkin. Gavda mushaklari kuchining rivojlanishi (ayniqsa, statik kuchning) qomatni to'g'ri shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega, qomatning holati esa bu yoshda qat'iy bo'lmaydi.
Oyoq mushaklarini, ayniqsa, oyoq tagini to'g'ri holatda ushlab turuvchi ko'ndalang va uzunasiga joylashgan mushaklarni mustah- kamlash harakat faoliyati uchun (yurish, yugurish, sakrash) va yassioyoqlikning oldini olish uchun juda muhimdir. Oyoq kafti suyaklari 16—18 yoshlardagina qotadi.
Bolalar skeleti, ayniqsa, umurtqa pog'onasi o'ta egiluvchanligi bilan farq qiladi. Umurtqalararo disklar, umurtqaning epifizlari 14 yoshgacha torligicha qoladi, tos suyaklari 14—16 yoshga kelib birikadi. Binobarin, kichik maktab yoshidagi o'quvchilar 80 sm.dan ortiq balandlikdan qattiq joyga sakrash va mashqlarni uzoq vaqt tik turib bajarishi mumkin emas.
Bu yoshdagi bolalar hamma organlaridagi reaksiya tejamining kamligi, asab jarayonlarining yuqori qo'zg'aluvchanligi, ichki tormozlanish jarayonining bo'shligi bilan ajralib turishadi, shuning uchun bolalar tez charchashadi. Demak, bu yoshdagi bolalarda hamma jismoniy sifatlarni bir tekis rivojlantirish zarur ekan. Faol mushak faoliyati orqali organizmdagi modda almashinuviga, bo'yning o'sishi va barcha organ hamda tarmoqlarning rivojlanishiga ta'sir qiladigan vegetativ funksiyalarni faollashtirish kerak.
7—9 yoshdagi bolalar uchun asosiy gimnastikaning quyidagi mashqlari tavsiya qilinadi: yurish, yugurish, ФУа qilib qo'yilgan o'rindiq, gimnastika devori, narvonga tirmashib chiqish, balandligi 1 m.gacha bo'lgan to'siqlardan oshib o'tish, to'plarni uloqtirish, to'ldirma to'plarni ko'tarib o'tish, muvozanat saqlash mashqlari, sakrashlar (uzunlikka, 80 sm.gacha balandlikdan), akrobatika ^mashqlari — dumalash, umbaloq oshish, ko'kraklarga tayanib, tik turish (3-sinf uchun).
Bu yoshdagi bolalarni o'rgatishda ko'rsatish va tushuntirish usulidan foydalanish kerak. Ular uchun oson bo'lgan mashqlarni ravon, oddiy, lo'nda qilib tushuntirish lozim. Tushuntirish aniq



harakatlarning nomi va ularning qanday bajarilishiga qaratilgan bo'lishi kerak. Ko'rsatgan paytda e'tiborni o'rganilayotgan mashq­larni bajarishni ta'minlaydigan harakatlarga jalb etib, obrazli qilib tushuntirish darkor.
7—9 yoshdagi bolalar taqlid qilishga moyil bo'lishadi. Shuning uchun ularni o'rgatishda tasvirlash usulidan foydalanish kerak. O'qituvchiga «Menga qarab bajaringlar», deb aytishni tavsiya qilamiz.
Bolalar o'rganadigan mashqlar oddiy, tushunarli va ular uchun oson bo'lishi kerak. Bolalar tez charchashlarini, shuningdek, qisqa vaqt dam olgandan keyin yana darrov harakat faoliyatini bajarishga tayyor bo'lishlarini esdan chiqarmaslik lozim. Shuning uchun mashqlar uzoq davom etmasligi, orada dam olish uchun qisqa tanaffuslar bo'lib turishi darkor.
7—9 yoshdagi bolalarda harakat malakalari 10—13 yoshlardagiga nisbatan sekin shakllanadi, ko'pincha, mashqlarni yaxshi bajarish bilan muvaffaqiyatsiz bajarish almashinib turadi.
Mashq koordinatsiyasi qanchalik murakkab bo'lsa, harakat malakasining shakllanish jarayoni ham shunchalik to'lqinsimon bo'ladi. Harakat malakalarining tezroq shakllanishi uchun o'rga- niladigan mashqlarni har bir mashg'ulotda 6—8 marta, nisbatan bir xil sharoitda (bir xil dastlabki holatdan, bir xil sur'atda va bir urinishda) 2—3 marta takrorlash zarur.
7—9 yoshdagi bolalar o'yinlarga va o'yinlarda o'zlariga turli harakat faoliyatlarini oson tasawur qilishga yordam beradigan xayolparastlikka moyil bo'lishadi. Shuning uchun ko'pgina mashq­larni o'yinga o'xshatib o'tish yoki o'yin tarzida o'tkazish ma'qul. Bu yoshdagi o'g'il va qizlarning xususiyatlarida tafovut oz bo'ladi, shuning uchun mashqlarni bajarish usuli va mazmunida deyarli farq ko'rinmaydi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin