O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə100/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Uchinchi bosqichda qatnashuvchi jamoa (tashkilot)lar vakillari
bilan kengash o'tkaziladi, jihozlarning mustahkamligi tekshiriladi, sportchilar jihozlarni sinab mashq o'tkazadilar va musobaqa turlari bo'yicha hakamlar boshchiligida o'tkaziladi, bunda musobaqaga jalb qilingan hamma mas'ul shaxslarning musobaqa o'tkazishga tayyorligi tekshiriladi.
Bo'lajak musobaqaga boshchilik qilish jamoalar vakillari bilan o'tkaziladigan yig'ilishga bog'liq bo'ladi, bunda musobaqa o'tkaza- digan tashkilot vakili, ularga bosh hakamlar hay'atini tanishtiradi, nizomning alohida bandlarini aniqlab, qayta ko'rib chiqadi, hakam- lik ish texnikasini tushuntiradi, musobaqani o'tkazish jadvali va tartibini e'lon qiladi. Shu bilan birga, musobaqaning ochilish maro- simida saflanish joyini, ishtirokchilarning musobaqaga chiqishini,

ularning tarkibi va kiyimini, ochilish va yopilish marosimini, mukofotlash tartibini va boshqalarni aniq belgilab olmoq zarur.
Ishtirokchilarga bir xil sharoit yaratish va ularni yaxshiroq uyushtirish maqsadida jihozlarda mashq qilib ko'rish musobaqadan bir kun oldin o'tkazilishi va bunda jihozlarda mashq bajarishda qur'a bo'yicha aniqlangan tartib saqlanishi kerak.
Jamoalarning vakillari uchun (yig'ilishga) papkalar va muso­baqa materiallarini tayyorlab qo'yish kerak: sportchilar chiptalari, dastur, eslatmalar, musobaqani o'tkazish jadvali, shuningdek, qaydnomalar uchun daftarcha va boshqalar.
Musobaqa ishtirokchilarining namoyishi, ularni tanishtirish bilan ochiladi. Bu tantanali qismni bayramona, aniq o'tkazish lozim. Odatda, u birinchi kunning yarmidan keyin o'tkaziladi (ayrim hollarda musobaqa ishtirokchilaridan ba'zilari bir kun qatnashmasa, birinchi va ikkinchi kunning orasida, masalan, erkaklarni ham, ayollarni ham tanishtirish zarur bo'ladi). O'tgan yil birinchiligi g'oliblarning bayroq ko'tarishdagi ishtiroki — namoyishning muhim qismidir.
Musobaqani boshqarish (navbatdagi sportchilarning chiqishi, jihoz turlarida mushaklar chigilini yozishning boshlanishi va tugashi), bir jihozdan ikkinchisiga o'tish va boshqalar bosh hakam o'rinbosari yoki hakamlar tomonidan amalga oshiriladi.
Musobaqa turlarida baholash (hakamlik qilish).
Musobaqa turida 6 hakamlar brigadasi (4+2) («I» — hakamlar guruhi sportchilar­ning qo'ygan xatosi, mahorati (artistizm); «D» — hakamlar guruhi bajarilgan mashqlarni maksimal qimmatini baholaydi) ishtirok etadi. Sportchilar chiqishidan oldin hakamlar guaihi musobaqa dasturi, ishtirokchilari va musobaqalarni o'tkazish shartlari haqida xabardor bo'lishlari shart. Musobaqa gilami chizig'idagi hakamlarga, xronometraj hakamlarga ko'rsatmalar beriladi. Bu musobaqada qatnashish tajribasiga ega bo'lmagan sportchilar ishtirok etganda muhimdir.
Musobaqalarni moddiy-texnik jihatdan ta'minlash (jihozlarni o'rnatish va almashtirish, zaxira qismlarini almashtirish, magneziya, yog'och, konifol va boshqalar bilan ta'minlash) ishlari musobaqa sohibi rahbarligida olib boriladi, u bosh hakam yoki uning o'rin- bosariga bo'ysunadi.
Shifokor nazorati va zarur bo'lganda birinchi tibbiy yordamni musobaqa shifokori bosh hakamning (tibbiyot ishlari bo'yicha) yordamchisi amalga oshiradi.



Axborotchi hakam jamoalar kurashining borishi haqida mun- tazam ma'lumot berib boradi, shuningdek, har bir turdan keyin musobaqada kim oldindaligi to'g'risida xabar berib turadi.
Musobaqa qoidasiga binoan musobaqalar ertalab soat 10.00 dan oldin boshlanmasligi va soat 20.00 dan kech tugallanmasligi kerak. Bir smenaning davom etishi bolalar va o'spirinlar jamoalari uchun 2 soatdan va o'smirlar uchun 3 soatdan oshmasligi lozim. Oddiy dastur bo'yicha gimnastlarning chiqishidan keyin murakkab dastur (yoki yuqori toifalilar) bo'yicha gimnastlar chiqishi boshlanadi.
Musobaqa yakunida oxirgi smenada oz jamoalar musobaqa- lashishini esdan chiqarmaslik kerak. Bu kotibiyat uchun musobaqani tezroq yakunlashga imkon beradi. Jamoalarning chiqishidan keyin ishtirokchilarni mukofotlashdan oldin bo'ladigan tanaffusning o'rnini to'ldirish uchun esa ushbu musobaqa ishtirokchilari orasidan eng yaxshi sportchilarni va shuningdek, bolalar guruhlari yoki boshqa sport turlari (akrobatika, badiiy gimnastika) vakillarining ko'rgazmali chiqishlarini tashkil qilish lozim.
Musobaqalar tantanali ravishda barcha marosimlar (g'oliblarni hurmat shohsupasiga chaqirish, g'olib jamoaning tantanali marshi, hurmat doirasi bo'ylab yurish, yangi chempionlar musobaqa bayrog'ini tushirishi va boshq.)ga rioya qilingan holda yakunlanadi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin