O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə105/114
tarix07.11.2022
ölçüsü1,44 Mb.
#67722
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114
285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI

Katta maktab yoshi (16—18yoshlar). Bu davrda yigit va qizlarning jismoniy kuchi ancha oshib, kattalarnikiga yaqinlashadi. Shuningdek, bo'y o'sishi biroz sekinlashib, ko'krak qafasi va yelka bo'g'ini eniga kengayadi: mushaklar tez o'sadi. Yurak-qon tomiri va asab tizimi- ning faoliyati ancha maromiga keladi. Katta kuch va chaqqonlikni talab qiluvchi mashqlarni bajarishga ishtiyoq oshadi.
Bu davrdagi asosiy va atletik (yigitlar uchun) gimnastika mash­g'ulotlari yigit va qizlarning jismoniy sifatlarini takomillashtirish hamda ularni mehnat faoliyatiga tayyorlashga qaratilgan bo'lishi kerak.
Yigit va qizlarning asosiy gimnastika mashg'ulotlari mazmunan jiddiy farq qiladi. Shu bois mashg'ulotlar, darslar va musobaqalar yigit-qizlar orasida alohida o'tkaziladi. Yigitlar bu davrda asosiy amaliy harakat malakalarini yaxshi egallab olishlari lozim. Ular tabiiy va sun'iy to'siqlardan oshib o'tishni, har xil og'irlikdagi to'plarni uzoqqa va nishonga otishni, arqonga tirmashib chiqishni, odamlarni va turli buyumlarni ko'tarib yurish usullarini bilishlari, kuch bilan va to'ntarilib chiqa olishlari, yonga, oldinga to'ntarilish- larni bajara olishlari darkor.
Bu mashqlarni bajarish mashg'ulotlari jarayonida kuchlilik, bardoshlilikni, tezlik va chaqqonlikni rivojlantirish, matonatni, mehnatsevarlikni, murakkab va qiyin mashqlarni bajarishga intilish kabi hislarni tarbiyalash kerak.
f Katta maktab yoshidagi qizlarning vazni ancha ortadi. Mushak kuchi esa rivojlanishdan biroz orqada qoladi, shuning uchun uni doimo rivojlantirib borish kerak. Ayniqsa, qorin mushaklari, yelka bo'g'ini va oyoq mushaklarining mustahkamlanishiga katta ahamiyat berish lozim. Shu maqsadda to'ldirma to'plar, tayoqlar yordamida



gimnastika devorchasida, o'rindiqda umumrivojlantiruvchi mashq­lar bajarish kerak.
Qizlarning raqs harakatlariga moyilligini hisobga olgan holda darsga badiiy gimnastika mashqlarini kiritish lozim. Shu bilan bir qatorda, qizlarda chaqqonlikni, tezlikni va chidamlilikni takomil- lashtirish, buning uchun sakrash mashqlari (uzunlikka, baland­likka, osma maydonchalardan, turli to'siqlar ustidan), turli og'ir- likdagi to'plarni uloqtirish, tirmashish, to'siqlardan oshib o'tish, muvozanat saqlash mashqlarini, harakatli o'yinlar va akrobatika mashqlarini qo'llash zarur. Mashg'ulotlarni o'tish usuli 12—15 yosh­dagi bolalar uchun bayon etilgan usuldan deyarli farq qilmaydi.
21-bob.
TALABA QIZLAR BILAN GIMNASTIKA MASHG'ULOTLARINI O'TISH
21.1. Xo tin-qizlar organizmining o'ziga xosligi
Xotin-qizlar organizmi o'zining tuzilishiga ko'ra, erkak- larnikidan bo'y va oyoq qismlarining nisbatan kalta va gavdaning uzun bo'lishi, yelka bo'g'inining torligi, tosning kengligi va teri ostida katta yog' qatlamining mavjudligi bilan farq qiladi.
Tos tuzilishining о 'ziga xosligi— xotin-qizlar gavda tuzilishining alohida xususiyatidir. Xotin-qizlarda tos past, keng va ancha yoyilgan bo'ladi. Son suyaklari boshchasining oralig'i erkaklarnikiga nisbatan katta, son suyagining bo'yni va son suyagi orasidagi burchak kichkina. Xotin-qizlarning son suyagi erkaklarnikiga nisbatan vertikaldan ko'proq qiyalashgan. Bu holat qizlarning yugurish va sakrashlarda past natijalarga erishishlariga asosiy sabab bo'ladi. Statistik ma'lu­motlar sport bilan shug'ullangan xotin-qizlarda yillar davomida tos kengligining yelka kengligiga nisbatan farqi kamayib borishini ko'rsatadi. Ushbu mutanosiblikning o'zgarishi, asosan, yelka bo'g'ini rivojlanishi hisobiga sodir bo'ladi.
Xotin-qizlarda tirsak bo'g'inining ortiqcha yozilishi va, ko'pincha, oyoqlarning X shaklida bo'lishi, erkaklarga nisbatan ko'proq uchrab turishi kuzatilgan. Bu omillar yugurishda, sakrashda yuqori natija­larga erishishni, uzoq vaqt tayanib turishni qiyinlashtiradi, jaro- hatlanish ehtimolini ko'paytiradi. Shu sababli, mazkur mushak guruhlari uchun maxsus tanlab olingan mashqlar orqali yuqorida aytilgan bo'g'inlarni mustahkamlash zarur.

Xotin-qizlar erkaklardan yana yurak hajmining kichikligi, uning sistolik va minutlik hajmi kam, maksimal qon bosimi baland, o'pkaning havo sig'imi kichkina, tomir urishi va nafas olishning tez bo'lishi bilan farq qiladi. Xotin-qizlar ko'proq ko'krak bilan yoki aralash nafas olishadi, erkaklarda esa ko'proq diafragmali nafas olish kuzatiladi. Qayd qilinganlar ularning uzoq vaqt zo'r berib ishlashlari uchun, shuningdek, jismoniy charchashdan keyin tez fursatda tiklanishlari uchun noqulay sharoit yaratadi.
Biroq jismoniy tarbiya yoki sport bilan doimiy shug'ullanadigan xotin-qizlarning sog'lig'i va jismoniy holatining ko'rsatkichlari sport bilan shug'ullanmaydigan xotin-qizlarnikidan ancha yuqori. Xotin- qizlarning mushak tizimi rivojlanish jihatidan erkaklarnikidan ancha orqada qoladi. Shifokor nazoratida qabul qilingan mushak kuchini o'lchash usuli (bel va qo'l dinamometriyasi) mushak tizimining umumiy holatini to'liq ifodalamaydi. Biroq, shu ko'rsatkichlar bo'yicha ham farq kattadir. Xotin-qizlarda qo'l dinamometriyasi 25—30 %, bel dinamometriyasi 40—50 % kam.
Ayollar uchun qorin pressi mushaklarining rivojlanish darajasi katta ahamiyatga ega. Ichki qiya va chuqur joylashgan ko'ndalang mushak tolalari bachadonning aylana bog'lamchalariga aylanadi va skelet mushaklarini ichki jinsiy organlar bilan tutashtiradi. Bacha­donning to'g'ri holati ko'p jihatdan bachadonning aylana bog'lam- larining mustahkamligiga bog'liq. Ilmiy kuzatishlar shuni ko'rsa- tadiki, qorin pressi mushaklari yaxshi rivojlangan sportchi xotin- qizlarda bachadonning siljishi deyarli kam uchraydi.
So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlardan olingan ma'lu­motlar bo'yicha shu narsa aniqlandiki, bachadonning to'g'ri joyla- shishi va tug'ishning normal o'tishi oldin faraz qilinganidek, faqatgina tos tubining holatiga bog'liq bo'lmasdan, balki ko'proq tos orasi mushaklarining rivojlanganligiga ham bog'liq ekan. Bu mushaklar son orasining kengayishida va burishda qatnashadi. Shu mushaklar badiiy va sport gimnastikasi bilan shug'ullanganlarda, sport bilan shug'ullanmaganlarga nisbatan rivojlangan bo'ladi, chunki oyoq mushaklarining harakatlari gimnastikaning shu turlarida ke^ng qo'llaniladi. Tos tubi mushaklarining rivojlanishiga faqatgina nisbiy ta'sir qilish mumkin: qorin pressi mushaklarining taranglashishi tos mushaklarining qisqarishiga olib keladi.
Shunday qilib, tos mushaklarining rivojlanish darajasi bevosita qorin pressi mushaklarining funksional holatiga bog'liq ekan.



Yuqorida qayd qilinganlarning barchasi xotin-qizlarning mushak tarmog'ini maqsadga muvofiq va jiddiy ravishda rivojlantirish kerakligini ko'rsatadi. Yoshlik davrida hosil bo'lgan sifatlar xotin- qizlar tomonidan biroz e'tibor berilsa, ko'p jihatdan katta va keksa yoshgacha saqlanib qoladi.
Ayol organizmining muhim xususiyati ovarial-menstrual (hayz ko'rish) davridir. Xotin-qizlar organizmi uchun hayz ko'rishning mohiyati va ahamiyati to'g'risidagi tushunchaning asta-sekin o'zga- rishi, ularni ilmiy kuzatishlar va tekshirishlar orqali tasdiqlanishi, bunday vaqtda jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishi mumkin yoki mumkin emasligi to'g'risidagi masalaga munosabatning o'zgarishiga olib keldi. Ertalabki gigiyenik gimnastika mashg'ulotlari, sayr qilish, qayiqda eshkak eshish, keskin harakatni talab qilmay- digan o'yinlar hayz: ko'rish jarayonining yaxshi o'tishini ta'min- laydigan vosita sifatida tavsiya qilinadi.
Bu davrda gimnastika mashg'ulotlari va musobaqalariga qatnashish mumkinligi to'g'risidagi nuqtayi nazar ancha o'zgardi. Sport natijalari hech ham ovarial-menstrual daviga bog'liq bo'lma- ganligini o'zlarining nufuzli musobaqalardagi yutuqlari bilan gimnast qizlar amalda bir necha bor isbot etishdi.
Biroq jismoniy yuklamalarni to'g'ri taqsimlash uchun, sportchi qizlar tajribali ginekolog bilan maslahatlashishi zarur. Bunday paytlarda gimnastning jismoniy tayyorgarlik holati va uning u yoki bu mashqlarni bajarishda organizmining yuklamaga bo'lgan reaksiyasi o'qituvchi-murabbiy tomonidan puxta nazorat qilinishi shart. Bu davrda gimnast qizlar ham o'zlarining organizmlarini yaxshi nazorat qilishlari kerak. Mashg'ulot yoki dars davrida va undan keyin kayfiyat, hayz ko'rishning o'tishi, og'riq his etilgan- etilmaganligi, navbatdagi hayz ko'rish muddati qayd qilingan hodisalarning qaysi biri tasodifiy, yuklamalarga bog'liq-bog'liq emasligi va hayz ko'rish davrida bular qanday oqibatlarga sabab bo'lishi, o'z-o'zini nazorat qilish kundaligida muntazam yozib borilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
21.2. Mashg'ulotlar usuli
Xotin-qizlar gimnastika mashg'ulotlarini uydagi ertalabki mustaqil gigiyenik gimnastika mashg'ulotlari va shuningdek, sog'lomlashtirish-jismoniy tarbiya tadbirlari bilan birga qo'shib olib

borishlari kerak. Xotin-qizlar jismoniy jihatdan qanchalik sust rivojlangan bo'lishsa, mashqlar mazmuni shunchalik turli-tuman bo'lishi va jismoniy yuklamani ham shunchalik sekin oshirib borish lozim.
Mashg'ulotning tayyorgarlik qismiga tananing barcha qismlari uchun (xarakteri, ko'lami, sur'ati bo'yicha) turli-tuman mashqlar kiritish lozim. Mashqlarning tos ichi va tos tubi mushaklariga ta'sir ko'rsatishini hisobga olish lozim.Ularga oyoqlarni oldinga bukish, orqaga uzatish, yon tomonga ko'tarish, oyoqlar bilan doiraviy harakat qilish, sonni ichkariga va tashqariga burish, shuningdek, gavdani burish, oldinga va yon tomonga engashish mashqlari bevosita ta'sir ko'rsatadi. To'g'ri qomatni shakllantirish mashqlariga alohida e'tibor berish kerak. Dinamik xarakterdagi va bo'shashish mashq­larini ko'proq qo'llash lozim. Egiluvchanlikni rivojlantirish va gavda qismlar mushaklarini mustahkamlash mashqlarini parallel qo'llashni tavsiya qilamiz. Orqaga engashishdan («ko'prikcha», umbaloq oshishdan) keyin, bachadonning orqaga siljishining oldini olish uchun oldinga engashish mashqlarini bajarish kerak.
Shuningdek, oyoq mushaklarining kuchini va egiluvchanligini rivojlantiradigan mashqlarni ham unutmaslik lozim. Shu maqsadda mashg'ulotning tayyorgarlik va yakunlovchi qismlariga o'tirish, sakrash va raqs mashqlarini qo'shmoq zarur. Harakat xususiyatiga ko'ra, ayollar bir tekis xarakterdagi mashqlar (turli raqslar, mayin harakatlar va boshq.)ni bajarishga moyil bo'lishadi. Bu ixlosni har tomonlama qo'llab-quwatlash lozim.
Tananing ayrim qismlarida aniq harakatlar bajarish bilan birga, qo'llar uchun mayin, egiluvchan harakatlar qo'llash zarur. Qo'llaniladigan mashqlarning mazmuni va ularning maromini o'zgartirish orqali jismoniy yuklamani asta-sekin oshirib borishga erishiladi.
Gimnastika jihozlarida mashq bajarish uchun xotin-qizlar oldindan tayyorlangan bo'lishlari kerak. Mashg'ulotlar jarayonida ularni oson mashqlarni o'rgatishdan qiyin mashqlarni o'rgatishga o'tkazish asta-sekin, tabiiy bo'lishi uchun tayyorlovchi va yordamlashuvchi mashqlarni ko'proq qo'llash lozim. Gimnastika jihozlaridagi mashqlarning me'yorini aniq belgilash kerak, chunki ular qo'l, yelka kamari va qorin pressi mushaklarining katta ish bajarishi bilan bog'liqdir.



Hatto oddiy osilish va ayniqsa, tayanish mashqlari yelka kamari va qo'l mushaklaridan ancha zo'riqishni talab qiladi. Shuning uchun xotin-qizlar bilan mashg'ulotlar o'tkazganda turli balandlikdagi qo'shpoyada ko'proq mashq bajarishlariga e'tibor berish kerak. Bunday qo'shpoyada aralash osilishlar, tayanishlar va o'tirishlar singari turli mashqlarni birga qo'shib bajarish ancha yengil bo'ladi.
Mashg'ulotlarning tayyorgarlik va asosiy qismlariga jihozlarsiz hamda turli jihozlar bilan bajariladigan (gimnastika tayoqchasi, arg'amchi, to'ldirma to'p, tennis va boshqa to'plar bilan) umum­rivojlantiruvchi mashqlarni gimnastika devorida, o'rindig'ida, past- baland qo'shpoyada, xodada xotin-qizlarning har tomonlama rivoj- lanishini, ularning mushaklarining mustahkamlanishini ta'min- laydigan mashqlarni kiritish lozim. Yuqorida keltirilgan vositalar mashg'ulotni qiziqarli va zavqli tashkil qilishga yordam beradi.
Mashqlarni tanlash va ularni o'tishda xotin-qizlar organizmi­ning biologik xususiyatlaridan tashqari, ayolning ish qobiliyati va uning ruhiy xususiyatlarini ham hisobga olish muhimdir. O'quvchi qizlarning ruhiy turg'un emasliklarini hisobga olish kerak, zero, yetarli harakat tajribasiga ega bo'lmagan va o'z kuchiga ishonmagan ayollar ba'zan darrov ranjib qolishadi. O'zining chaqqon emasligini bildirib qo'yishdan xijolat chekib, ular ayrim paytlarda mashqni bajarishdan bosh tortishib, norozi bo'lishadi. Bunday hollarda o'qituvchidan pedagogik mahorat bilan muomalada bo'lish, shug'ullanuvchilarning u yoki bu xatti-harakatiga to'g'ri yondasha bilish talab etiladi.
Yordam ko'rsatganda yoki muhofaza paytida o'qituvchi mashqlar texnikasini aniq tasawur qilishi, mashqlarni bajarishda ularning eng qiyin qismlari (joylari)ni aniqlay olishi, o'z vaqtida va zarur bo'lgan darajada yordam ko'rsatish uchun o'quvchi qizlar qobiliyatini yaxshi bilishi kerak. Jihozlardan sakrab tushish va sakrashlarda aytilgan so'zlarning ahamiyati muhim, chunki bularda yiqilish, jarohatlanish yoki lat yeyish mumkin.
Ayollar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlarning yakunlovchi qismi muhim ahamiyatga ega. Qoilaniladigan mashqlar qizlarning ruhiy holatiga kuchli ta'sir qilgani uchun, yakunlovchi qismda, talaba qizlar organizmini tinchlantiradigan mashqlarga yetarlicha ahamiyat berish kerak. Shu maqsadda tinch va mayin raqs harakatlari bir tekis xarakterdagi mashqlarga mos keladi. Qizlarda tetik kayfiyatni saqlashga va hozirgina tugallagan mashg'ulot to'g'risida yaxshi taassurot qoldirishga harakat qilmoq darkor.

22-bob. O'RTA, KATTA YA KEKSA YOSHDAGILAR
BILAN GIMNASTIKA MASHG'ULOTLARI

O'TKAZISH

22.1. Yosh xususiyatlari
Uzoq umr ko'rish uchun bir qator omillar: xalqning turmush sharoitining to'xtovsiz o'sib borishi, tibbiy xizmatning yaxshilanishi va shuningdek, sog'lomlashtirish-gigiyenik masalalarni hal qilish uchun jismoniy tarbiya va sport, ayniqsa, gimnastika vositalaridan foydalanish muhim hisoblanadi.
Gimnastikaning qo'llanilish samaradorligi va maqsadga muvo- fiqligi uning usuliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Organizmga har tomonlama, tanlab ta'sir ko'rsatadigan mashqlarning turli- tumanligi, shug'ullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligidan qat'i nazar, mashqlarni tanlash va yuklamani aniqroq boshqarish imkonini beradi.
Gimnastika mashg'ulotlarining mazmuni va usulini tanlash uchun, shug'ullanuvchilarning yosh xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Organizmning barcha organ va tizimlari keksayadi va ijtimoiy muhit, moddiy-maishiy, shaxsiy xususiyatlarga hamda boshqa omil- larga bog'liqdir. Organizmning keksayishi tabiiyjarayondir, u odam asabining, fiziologik funksiyalarining qayta tiklanishi va shuningdek, odam organizmi morfologiyasi va asab harakatlantiruvchi markaz- larining o'zgarishi bilan bog'liqdir.
Harakat funksiyalarining psixologik funksiyalarga nisbatan ko'proq zaiflanishi tibbiy izlanishlarda isbotlangan. Biroq, uzoq vaqt ruhiy jarohat bilan bog'liq bo'lgan aqliy jarayonlar o'rta, ayniqsa, keksa hamda katta yoshda yurak-qon tomiri tizimlari (gipertoniya, infarkt-miokard, ateroskleroz va boshq.) kasalliklariga olib keluvchi asosiy sabablardan biri bo'lishi mumkin.
Fiziologik va patologik keksalik bir-biridan farq qiladi. Fiziologik keksalikda organizmning funksiyalari asta-sekin (to'lqinsimon) pasayib boradi, ammo ularning sifati ko'p o'zgarmaydi. Patologik keksalik — turli kasalliklarga ko'ra to'qimalarning shakli, tuzilishigina q^zgarmasdan, balki kimyoviy tuzilishi ham o'zgaradi. Modda almashinuvining buzilishi natijasida to'qimalar yemiriladi, bu esa bir butun organizmning tashqi muhitga bo'lgan qarshilik ko'rsatish faoliyatining pasayishiga olib keladi. Oliy asab tarmoqlarining faoliyati ham o'zgaradi. Bosh miya qobig'ining qo'zg'aluvchanligi



pasayadi, asab tizimida sodir bo'ladigan jarayonlarning hara- katchanligi va kuchi kamayadi, shartli reflekslarning hosil bo'lishi va mustahkamlanishi yomonlashadi.
60—70 yoshda yurakning hajmi kattalashadi. Qon tomiri devorlarining o'zgarishi natijasida qon oqish tezligi sekinlashadi, bu esa, o'z navbatida, to'qimalarning oziqlanishini yomonlashtiradi (E.M. Gelshteynning fikricha, 50—60 yoshdagi 70—80 foiz kishi- larda va 80 yoshga borib esa hammada ateroskleroz paydo bo'ladi).
Shu bilan birga, doimiy jismoniy mashq va sport (yugurish) bilan shug'ullanuvchi katta yoshdagi kishilarda esa ateroskleroz jarayonlari sekinlashadi.
Yosh ulg'ayishi bilan mushaklarning egiluvchanligi susayadi, hajmi kamayadi, 60—70 yoshda mushaklarning og'irligi tana og'ir- ligining 20—25 foizini tashkil qiladi. Mushak to'qimasining tarkibi o'zgarishi sababli uning qisqarish qobiliyati yomonlashadi, kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik jismoniy sifatlari- ning ko'rsatkichlari pasayadi.
Distrofiya xarakteridagi hodisalar sababli tayanch-harakat apparatining mobilligi o'zgaradi, mushaklarning egiluvchanligi, bo'g'inlarning harakatchanligi kamayadi, suyaklarning mo'rtligi oshadi. Bu qomatning bukchayishiga olib keladi, bu esa, o'z navbatida, nafas olish, qon aylanish organlarining faoliyatiga salbiy ta'sir qiladi. Nafas olish mushaklarining kichrayishi va zaiflanishi sababli o'pkaning tiriklik sig'imi kamayadi. Natijada, katta yoshdagi kishi­larda nafas olish ancha tezlashadi, chuqur bo'lmaydi, aritmik bo'ladi. Gimnastika mashg'ulotlarini tashkil qilishda va o'tishda ushbu o'zgarishlarni hisobga olish lozim.
22.2. Mashg'ulotlarni tashkil qilish va o'tkazish usuli
O'rta, katta va keksa yoshdagi kishilar sog'lig'i va jismoniy tayyorgarligiga qarab, gimnastika mashg'ulotlari (va boshqa sport turlari) bilan shug'ullanish uchun ularni uch tibbiy guruhga bo'lish kerak:

  1. guruh — sog'lom, jismoniy tayyorlangan, yoshi fiziologik o'zgarishlari jihatdan normal o'tayotgan kishilar;

  2. guruh — sog'lig'ida ba'zi bir funksional xarakterdagi kam- chiligi bo'lgan, mashq yuklamasiga moslasha oladigan, shuning­dek, qarilik jarayoniga xos kasalliklarning boshlang'ich davridagi kishilar;

III guruh — sog'lig'ida odatdagi mehnat faoliyatiga zid kelmay- digan kamchiligi bo'lgan, jismoniy mashq yuklamasiga moslashuv darajasi kamaygan kishilar kiradi.
Sog'lig'ida kamchilik ko'proq bo'lgan keksa yoshdagi kishilar davolanish gimnastikasi bilan shug'ullanishlari lozim. Gimnastika mashg'ulotlarini o'tish uchun barcha shug'ullanuvchilar yoshi hisobga olingan holda guruhlarga ajratiladi. Mashg'ulotlar shaxsiy va guruh bilan, erkaklar va ayollar uchun alohida o'tkazilishi mumkin. Ayrim hollarda aralash guruhlar tashkil qilinishi mumkin, bunda jismoniy tayyorgarligi va sog'lig'ining ahvoli bir xil bo'lgan shug'ullanuvchilarni kiritish lozim.
O'rta, katta va keksa yoshdagi kishilar bilan ish olib borish yuqori malakani talab qiladi, o'z kasbini sevishni, sport va sport fiziologiyasi fanining yangi yutuqlari asosida doimo pedagogik mahoratini oshirib borishni talab qiladi.
Sog'lomlashtirish guruhlari mashg'ulotlarida har tomonlama darslar (gimnastika va suzish, sport o'yinlari, yengil atletika va h.k.lar), jismoniy mashqlarning tanlab olingan turi bo'yicha mashg'ulotlar, masalan, yugurish mashg'ulotlari o'tiladi.
Umumiy uslubiy ko'rsatmalar:

    1. Guruh mashg'ulotlari haftasiga 2—3 marta o'tilishi kerak. Mashg'ulotlar toza havoda hamda bino ichida navbatma-navbat o'tilishi maqsadga muvofiqdir.

    2. Jismoniy mashqlar yuklamasining me'yori, ayniqsa, sog'­lig'ida nuqsoni bo'lgan shaxslar uchun shifokor, pedagoglar nazo- rati asosida belgilanadi. Keksa va katta yoshdagilarga yuklamani asta- sekin ko'paytirish va pasaytirish lozim, ko'proq nafas gimnastikasi va bo'shashish mashqlarini qo'llash ma'qul bo'ladi.

З.ч 60 yoshdan keyin keng ko'lamdagi mashqlarni kamaytirish, uzoq vaqt davom etadigan, tezkorlik va kuch talab qiladigan mashq­larni qo'llamaslik zarur. Ko'pincha, kuch ishlatiladigan statik holat- larni, bosh bilan pastga qarab osilish va zo'riqish bilan bog'liq mashqlarni bajarish tavsiya qilinmaydi.

      1. Keksalar mashg'ulotida harakatlarni o'rgatishda ko'rsatish ysuli katta ahamiyatga ega, ko'rsatish usulida bajarish maromi va sur'ati sekinlashtiriladi.

      2. Mashg'ulotlar shug'ullanuvchilarning qiziqishini va o'z harakatlaridan qoniqish tuyg'usini orttirishi kerak. Biroq ortiqcha ruhiy ko'tarinkilik ba'zan o'ta zo'riqishga olib kelishi mumkin. Yangi






materialni o'zlashtirish bilan birga, oldin yaxshi o'zlashtirilgan material (25 % gacha) qo'llanilishi zarur.
6. Kamchiliklarini uqtirish mashg'ulot o'tkazuvchi tomonidan muloyimlik va bosiqlik bilan aytilishi kerak. Umuman, mashg'ulot davomida shug'ullanuvchilar bir-birlarini hurmat qilishiga erishish ayni muddao.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin