285c3048bd8f57d94b6a721db4c2b78f GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
3.3.2. Atamalarni qo'llash qoidalari Gimnastika atamasi shug'ullanuvchilarning malakasi hisobga olingan holda qo'Uanilishi kerak. Masalan, ishlab chiqarish gimnastikasi, ertalabki gigiyena gimnastikasi va boshqa sog'lomlashtirish
33-rasm. YjcesX
32-rasm. Сжрsoxv&a. o^vcv&Yv.
35-rasm. Qo'Y Vaida tvmsh.
34-rasm.'4e\kada tuivsYv.
gimnastikasi shakllarini o'tkazishda umumrivojlantiruvchi mashqlarning asosiy atamalaridan foydalanibgina qolmay, ular xalq adabiy tilidagi so'zlar bilan to'ldirib boriladi.
Gimnastikaning sport turlari bilan shug'ullana boshlaganlar mashqlami o'rganish bilan bir vaqtda, atamalarini ham bilib borishlari zarur.
Yaxshi tayyorgarlik ko'rgan gimnastlar, akrobatlar, o'qituv- chilar va murabbiylar uchun atama alohida bir maxsus til bo'lib qoladi.
Hamma atamalarni quyidagicha guruhlarga bo'lib chiqqan ma'qul:
Umumiy atamalar. Bular mashqlarning alohida guruhlarini, umumiy tushunchalarini va hokazolarni ta'riflash uchun qo'llaniladi. Masalan, saf mashqlari, erkin mashqlar va boshqalar.
Asosiy (aniq) atamalar.Bular mashqlarning mazmun belgilarini aniq ta'riflash imkonini beradi. Masalan, ko'tarilish, pastga tashlanish, aylanish, burilish, osilish, tayanish, sakrab qo'nish, engashish, tashlanish va boshqalar.
Qo'shimcha atamalar. Bular asosiy atamalarga aniqlik kiritadi va harakat yo'nalishi, bajarish usuli, tayanish sharti va hokazolarni ko'rsatib beradi. Masalan, qaddini rostlab, yoysimon to'ntarilib va boshqalar.
Mashqning nomi, odatda, uning mohiyatini ifoda etadigan asosiy atamadan va harakatni, uning izchilligini aniqlab beradigan qo'shimcha atamadan iborat bo'ladi. Zarurat bo'lganda, ijro ifodasini ta'kidlaydigan uqtirish so'zlari ishlatiladi (masalan, qo'lda keskin harakat, bo'shashtirish, osoyishta harakatlantiriladi va h.k.).