O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta


-mavzu. Mikroorganizmlarni o’stirish usullari (2-soat)



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə23/133
tarix29.12.2021
ölçüsü1,92 Mb.
#49008
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133
sanoat mikrobiologiysi fanidan maruza matnlari toshkent-2013

3-mavzu. Mikroorganizmlarni o’stirish usullari (2-soat).




Reja:


  1. Mikroorganizmlarni davriy o’stirish.

  2. Mikroorganizmlarni uzluksiz o’stirish.

  3. Mikroorganizmlarni uzluksiz o’stirish usullari.

Sanoat mikrobiologiysi yoki mikroorganizmlar texnologiysi mikroorganizm - produsentlarni xususiytlarini shuqur o’rganish asosida olingan bilimga asoslanadi.

Produsent - hosildorligi va boshqa texnologik xususiytlari bo’yisha texnologiyning barsha talablariga javob bera oladigan mikroorganizmdir. Faqatgina u yoki bu mikroorganizmni o’sib, rivojlanishi ushun mo’’tadil sharoit yratilgandagina, produsent kerakli miqdorda va sifatda mahsulot etkazib berishi mumkin. Mikrob - produsentlarni o’stirishning ikki xil usuli ma’lum: yuzaki va suyuq ozuqa sharoitida o’stirish.

Mikroorganizmlarni yuzaki o’stirish texnologiysi juda oddiy. Bu texnologiyga asosan mikroorganizmlar qattiq yoki suyuq ozuqa muhitining sathida o’stiriladi. qattiq ozuqa muhiti sifatida agar-agardan tayyorlangan muxitlar, arpa yoki bug’doy kepagi kabilardan keng foydalaniladi. Aralashtirilgan ozuqa muhiti steril holatda probirkalarga yoki Petri

likobshalariga, shisha idishlarga quyib shiqiladi. Kerakli mikrob- termostatlarga qo’yiladi va bu erda mikroorganizmlarning o’sishi va rivojlanishi boshlanadi. Arpa yoki bug’doy kabi maydalangan, quruq ozuqalar maxsus to’rtburshak shakldagi idishlarga bir tekis sepib shiqiladi. Mo’’tadil haroratda mikroorganizmlarni o’sishi bir nesha kun davom etadi. SHundan keyin kerakli mahsulot ajratib olinadi. Mikroorganizmlarning yuzaki o’sish jarayoni ma’lum bir vaqtda to’xtaganligi sababli davriy hisoblanadi.

Mikroorganizmlarni suyuqlikda o’stirish jarayoni fermentyor deb ataladigan maxsus usqurmalarda olib boriladi va ushbu jarayonda mikroorganizmlar ozuqa muhitda suzib yuradi. Ushbu usul davriy va doimiy bo’lishi mumkin.

Mikroorganizmlarni suyuqlikda davriy o’stirilganda, fermentyorga birdaniga hamma ozuqa muhitini solib, sterilizasiy qilinadi va sovitilib, ko’paytirilishi lozim bo’lgan mikroorganizmning ashitqisi solinadi (ekiladi). Mikroorganizmni o’stirish, mo’’tadil bo’lgan sharoitda ma’lum bir vaqtgasha davom etadi va shundan so’ng fermentyorlarning ishi to’xtatilib, hosil bo’lgan aralashmadan kerakli modda ajratib olinadi.

Mikroorganizmlarni suyuqlikda doimiy o’stirish jarayonida fermentyorga bir tekisda, doimiy ravishda ozuqa muhiti quyib turiladi va shunga mos ravishda tayyor mahsulot saqlovshi suyuqlik (mikroorganizm bilan birga) quyib olinadi va undan kerakli modda ajratib olinadi. Albatta mikroorganizmlarni davriy yoki doimiy o’stirish sharoiti bir-biridan farq qiladi. Davriy o’stirishda ozuqa muhitidagi moddalar miqdori bir tekisda kamayib, hosil bo’ladigan modda miqdori esa ko’tarilib boradi, bu esa mikroorganizmni o’sib rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Doimiy o’stirishda esa, bu ikki ko’rsatkish bir tekisda turadi, shuning ushun ham mikroorganizmning o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.




Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin