Sintetik muhitda o’stirilgan mikroorganizmlar, tarkibi boy oziqa muhitida o’stirib olingan hujayralarga nisbatan noqulay sharoitlarga shidamsiz bo’ladi. Oziqa muhitining tarkibiy qismini o’zgartirib, glikogenga o’xshash zahiradagi moddalar lipidlar, peptidlar va boshqa moddalarni hujayrada sintez qilinishiga erishish mumkin.
Bu moddalar hujayrani muzlatganda, eritganda ularni buzilishidan saqlaydi. Masalan: Lastobasillus bulgarisus o’stiriladigan oziqa muhitiga 0,1% tvin qo’shilsa hujayra yog’ kislotasi fosfolipid fraksiysi tarkibidagi S19-siklopropan kislotasi miqdori ko’paydi va hujayrani suyuq azotda muzlatilganda uning nobud bo’lishi (48% gasha) kamaydi.
Dostları ilə paylaş: |