Korreksion pedagogika – pedagogikaning maxsus tarmog’i sifatida. Korreksion pedagogikaning predmeti va mazmuni. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo‘lgan o‘quvchilarni korreksion o‘qitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika shug‘ullanadi.
Ilmiy tushuncha sifatida korreksion pedagogika pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko‘p vaqt bo‘lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada “defektologiya” tushunchasi qo‘llanib kelingan.
Korreksion pedagogika tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
Korreksion pedagogika sohalari
Pedagogik lug’atda “korreksiya” (yunoncha “correctio” – “tuzatish”) tushunchasi pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to‘liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o‘tiladi
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo‘lgan insonparvarlik munosabatining uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini ko‘rsatadi.
Qadimgi Spartada rivojlanishi va hulqida nuqsoni bo‘lgan bolalar qatl qilingan. Qabilalarning boshliqlari bola tug‘ilganda uni sinchiklab ko‘rib, uning birorta nuqsonga ega yoki ega emasligini aniqlagan. Nuqsonli bola Tayget jarligiga tashlab yuborilgan (er.av. IV-V asrlar).
O‘rta asrlarda Yevropada bola rivojlanishidagi har qanday nuqson yovuz kuchlarning “namoyon bo‘lishi” sifatida qabul qilingan, ruhiy kasalliklarga ega kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilgan.
Uyg‘onish davridan XIX asrning o‘rtalarigacha Yevropada defektologiya fani va amaliyoti aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarga ijobiy ijtimoiy munosabat shakllandi. Ularga nisbatan insonparvarlik yondashuvi ilk bor fransuz shifokori, ruhiy kasalliklar turlarining asoschisi Filipp Pinel (1745-1826 yillar) tomonidan ilgari surilgan. Aqli zaif bolalarni maxsus usullar yordamida o‘qitish va tarbiyalash g‘oyasini Iogan Genrix Pestalotssi (1746-1827 yillar) tomonidan asoslandi.