O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Korreksion-tarbiyaviy ishlar



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə116/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146
Укув кулланма 2022

Korreksion-tarbiyaviy ishlar shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko‘ra umumiy pedagogik ta’sir ko‘rsatish chora-tadbirlari tizimi bo‘lib, ular anomal bolalarni o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Tizim doirasida anomal bolalar uchun davolash-korreksion tadbirlar (davolovchi jismoniy mashqlari, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va b.sh.) ham tashkil etiladi.

  • Kompensatsiya (yunoncha “compensatio” – “o‘rnini to‘ldirish”organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o‘rnini to‘ldirish, qayta qurishdir. Bu jarayoni oliy asab tizimning zahira imkoniyatlariga tayanadi.

  • Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha “rehabilitas” – “qobiliyatini tiklash” anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga ko‘ra ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Reabilitatsiya nuqsonlarini yo‘qotish va kamaytirishga yordam beradigan maxsus tibbiy vositalar, maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Reabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli toifalari uchun maxsus o‘quv muassasalarida hal etiladi. Ularda o‘quv jarayoni bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga tayangan holda tashkil etiladi.

  • Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha “adapto” – “moslashish”) anomal bolalarning individual, guruhli xulqlarini ijtimoiy qoidalar, qadriyatlarga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarga kirishish qiyin, ular ijtimoiy o‘zgarishlarga qiyin moslashadilar, murakkab talablarni bajara olmaydilar. Ijtimoiy adaptatsiya anomal bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.

  • Oila tarbiyasi ijtimoiy reabilitatsiyani samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. Oila va maxsus ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik anomal bolani ijtimoiy faoliyatga jalb etish, mehnat qobiliyatlarini aniqlash va imkon qadar kasb ko‘nikmalarini shakllantiradi.


    1. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   146




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin