Maktab – pedagogik tizim va boshqarishning ob’ekti sifatida.
Ta’lim sifati va ta’lim xizmatlarini monitoring.
Pedagog kadrlar malakasini oshirish.
Tayanch iboralar!
Ta’lim menejmenti, boshqaruv, monitoring, sifat, samaradorlik, ta’lim ustavi, nizom, axloq-odob kodeksi.
Pedagogik tizimni boshqarishni predmeti, prinsiplari va vazifalari.
Мустақиллик йилларида Ўзбекистон Республикасида узлуксиз таълими тизимини такомиллаштириш устувор йўналиш сифатида эътироф этилди. Республиканинг “Таълим тўғрисида”ги Қонунида узлуксиз таълим тизимининг моҳияти, йўналишлари, таълим мазмуни, таълимнинг ҳуқуқий асослари батафсил очиб берилган.
Har bir rivojlangan mamlakat o‘z ta’lim tizimiga ega. Ta’lim tizimining shakllanishi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq.
Respublika uzluksiz ta’lim tizimi DTSga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, tadqiqot ishlarini boshqaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalar, ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv organlari hamda ularga qarashli korxona, muassasa, tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.