O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Ma’lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə120/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146
Укув кулланма 2022

Ma’lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili har bir maxsus ta’lim muassasasi o‘zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.

  • Rivojlanishdagi nuqsonlar darajasiga ko‘ra tabaqalashtirilgan ta’limni tashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko‘ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o‘qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ularni o‘qitish metodikasida sezilarli farqlar mavjud (masalan, ko‘zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo‘yicha), yomon ko‘ruvchilar esa ko‘rish asosida o‘qitiladi).

  • Anomal bolalar yoshini inobatga olish tamoyili muayyan guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalar qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan bolalarni tekshirish va maxsus yordam ko‘rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

    Anomal bolalarning yoshi, nuqsonlarining turlari, darajasi psixologik-pedagogik tekshirish asosida aniqlanadi. Bunday tekshirishlar quyidagi metodlar yordamida tashkil etiladi:



    Psixologik-pedagogik tekshirish metodlari


    1. Suhbat metodi. Suhbat shaxs bilan aloqa o‘rnatish vositasi bo‘lib, anomal bola shaxsi, hissiy-irodaviy sifatlari, xulqi, rivojlanishidagi nuqsonlarning sabablariga oid ma’lumotlarni to‘plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitishida nuqsoni bo‘lsa yoki ijtimoiy munosabatga qiyin kirishsa suhbat uyushtirish tavsiya etilmaydi. Bunday holatda bola qiziqadigan ko‘rgazmali materialdan foydalanish to‘g‘ridir.

    2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning maslahatga kelishidan avval boshlanib, yaxlit tekshirishlarni o‘tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o‘tkaziladi. Bolani o‘yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega. Ba’zi hollarda o‘yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o‘tkaziladi.


    3. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   146




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin