O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Ta’lim muassasalari rahbarlarining vazifalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə132/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   146
Укув кулланма 2022

Ta’lim muassasalari rahbarlarining vazifalari. Ta’lim muassasasida o‘quv- tarbiya jarayoni, kundalik faoliyatga rahbarlik bevosita ta’lim muassasasi direktori tomonidan olib boriladi.
Ta’lim muassasasi direktorining vazifasi quyidagilardan iborat: davlat va jamoat tashkilotlari oldida ta’lim muassasasining manfaatlarini ifodalash; o‘quv-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini ta’min etish; o‘quv dasturlarining bajarilishini nazorat qilish, ta’lim-tarbiya ishlarining sifati va samaradorligi, bolalik va mehnatni muhofaza qilish talablarining rioya qilinishi, shuningdek, ta’lim muassasasidan tashqarida ma’naviyat ishlarini tashkil qilinishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; pedagogik va rahbar kadrlarni tanlab joy-joyiga qo‘yish, ularning vazifalarini belgilash, pedagogik kadrlar, kabinet va ustoxona mudirlarini belgilash, sinf va guruh rahbarlarini tanlash, pedagog va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni ishga qabul qilish hamda bo‘shatish; ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazuvchi komissiyaga rahbarlik qilish; ta’lim muassasasi pedagogik xodimlarining ijodiy ishlari, ta’lim-tarbiyaning ilg‘or shakl va usullarini qo‘llashlari uchun shart-sharoitlarni yaratish; ta’lim muassasasiga ajratilgan moliyaviy mablag‘lar, sarf-xarajat hisobini yuritish; ta’lim muassasasi meyoriy hujjatlarining to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash; ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi, mahalliy hokimlik organlari oldida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisob berib turish.
O‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari: ўқув haftasi va o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligini ta’minlash; dars jadvalini tuzib chiqish va shu jadvalga binoan darslarning o‘z vaqtida samarali o‘tkazilishini ta’minlash; har bir chorak oxirida, semestr davomida direktor va ta’lim muassasasi Pedagogik kengashi a’zolariga o‘quv jarayonining borishi xususidagi axborot va ma’lumotlarni berib borish; yosh mutaxassislarga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish; sinf va guruh jurnallarini to‘g‘ri yuritish va saqlanishiga javob berish; o‘quvchilarning bilim darajasini reja asosida tahlil qilib borish; o‘quvchilar tomonidan davlat dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin