Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining vazifalari: ta’lim muassasasida o‘quvchilarning o‘z-o‘zini boshqarish, jamoat tashkilotlari va mahalla, ota-onalar bilan aloqani ta’minlash; ta’lim muassasasi va undan yuqori miqyosda o‘tkaziladigan darsdan tashqari tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish; ta’lim muassasasi o‘quvchilarining sinf, guruh yoki ta’lim muassasasidan tashqari olib borayotgan mashg‘ulotlarini kuzatib borish, ularga amaliy va metodik yordam uyushtirish; ta’lim muassasasidagi “Yosh yetakchi”ning ishini nazorat qilish va unga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish.
Ta’lim sifati va ta’lim xizmatlarini monitoring.Oʼzbekistonda taʼlim- tarbiya tizimini monitoring qilish transformatsiyasi endilikda takomillashib borayotgan jarayonlardan hisoblanadi. Mamlakatimizda pedagogik monitoring tajribasini oshib borishi taʼlim sohasidagi muammolarni aniqlash, taʼlim-tarbiya jarayonidagi miqdoriy oʼsish dinamikasi, faoliyat natijalarini yaxlitlash, taʼlim beruvchi va taʼlim oluvchilar samaradorligini taxlil qilish kabi umumiy faoliyatni nazorat qilish hamda boshqaruvning inovatsion tizimini yoʼlga qoʼyish
tendentsiyalariga imkoniyat ochib bormoqda. Oʼzbekiston Respublikasining 637- sonli “Taʼlim toʼgʼrisidagi qonuni” 42-moddasida “Taʼlim tizimida monitoring- taʼlimning holatini, taʼlim natijalarining oʼzgarish surʼatlarini, taʼlim faoliyatini amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʼrganish va kuzatishni, shuningdek taʼlim oluvchilarning kontingenti toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni va boshqaruv qarorlari qabul qilinishini tahlil etishni oʼz ichiga oladi” deya belgilab qoʼyilgan. 2017- 2021 yillarda besh muhim yoʼnalish boʼyicha rivojlantirishga moʼljallangan Harakatlar strategiyasining 4.4-bandida ham «... taʼlim va oʼqitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida taʼlim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish; ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini ragʼbatlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish...» vazifalari taʼlim va fan sohalarini rivojlantirishning ustuvor vazifalari sifatida belgilangan edi. Mavjud vazifalarni ijrosini taʼminlash va tahlil qilishda monitoring va kvalimetrik yondashuvlarsiz natijadorlikni aniq va haqqoniylik asnosida baholab boʼlmaydi. Lekin, bugungi kunda taʼlim-tarbiya sohasida baholash va oʼlchash muammolari kam rivojlangan boʼlib, bu esa pedagogika sohasida kvalimetrik monitoring boʼyicha tadqiqot ishlarini kuchaytirish zaruratini koʼrsatadi.
Pedagogikaning qaysi sohasi boʼlishidan qatʼiy nazar yaʼni, u tarbiyaviy faoliyatmi, tadqiqotchilikka yoʼnaltirilgan faoliyat boʼladimi, pedagoglarning kasbiy kompetentligi bilan bogʼliq xolat boʼladimi, agarda ular qanday samara berayotganligi doimiy monitoring qilinmasa va oqilona baholab borilmasa bunda tizim oʼz maqsadiga erisha olmaydi. Shuning uchun ham, monitoring va kvalimetriya tushunchalari mohiyati koʼra bir hil maqsad asosida birlashadi va bir-birini toʼldiradi.
Аmaliy maqsadlarda taʼlim sifati tushunchasi deganda - taʼlim oluvchini oʼrab turgan oʼquv jarayoni muhitining «sifat oʼzgarishlari», maʼlum bir kurs, boʼlim yakuni asosida toʼplagan bilim, egallagan koʼnikma va malakalari, qadriyatlari sifatining yaxshilanganligi tushunilsa, tarbiya sifatida ham taʼlim-tarbiya ishtirokchilarining personal hamda jamoaviylik ruhidagi maʼnaviy oʼsish surʼati hamda uni belgilab turuvchi tarbiya vositalarining usul hamda amalga oshirish mexanizmlarining samaradorlik koʼrsatkichlariga ega boʼlishi tushuniladi. Muayyan maqsad sari birlashib tashkil etilgan har qanday faoliyat qachonki oʼzining samaradorlik koʼrsatkichlariga ega boʼlgandagina oʼz maqsadini oqlaydi. Chunki, mamlakatimizning barcha jabhalarida ham birdek umumtaʼlim maktabini tamomlagan har bir yoshning tarbiyalanganlik darajasi aniq maqsad asosida baholanadigan boʼlsa, mustaqil hayot uchun yetarlicha tajribani koʼrsatmaydi.
Pedagogik monitoringni asosiy vazifalari:
- Taʼlim muassasasini umumiy faoliyatini nazorat qilish, tashxis qoʼyish va ilmiy nuqtai nazardan oʼrganish;
Pedagogik hamkorlik faoliyatini davlat talablari asosida amalga oshirilayotganligini kuzatish;
Tarbiya jarayonining tashkil mexanizmlarini oʼrganish;
Pedagogik hamkorlik taʼsirini oʼrganish maqsadida oʼquvchilar oʼrtasida,
xuddi shuningdek hamkorlik asosida birlashib tarbiyalashga munosabatini oʼrganish maqsadida ota-onalarga anketa soʼrovnomasi ishlab chiqish va oʼtkazish.
Sinf rahbarlari uchun “Tarbiyaviy soat” vaqtida oʼquvchilar tarbiyasi bilan ishlash va ularni nazoratga olish masalasiga metodik yordam berish;
Hamkorlik faoliyatini mustaxkamlash va takomillashtirish orqaligina farzand tarbiyasida sifatga ega boʼlish mumkin ekanligini ustuvor fikr yoki shior ekanligini oʼzida asoslovchi uslubiy qoʼllanma yaratish.