Uzluksiz ta’lim qanday bosqichlarda tashkil etiladi?
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining vazifalari nimalardan iborat?
Ta’lim muassasasini boshqarishda nimalarga e’tibor beriladi?
Tvha’lim muassasalari rahbari (direktor, o‘quv ishlari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari)ning asosiy vazifalari nimalardan iborat?
Ta’lim muassasasida metodik ishlar qay tarzda yo‘lga qo‘yiladi?
Pedagogik jamoa faoliyatini tashkillashtirishdan qanday maqsad ko‘zlanadi?
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining asosiy vazifalari?
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonunida pedagog xodimlarning faoliyati mazmuniga qo’yilgan talablar.
Pedagogik mahorat nima va uning mohiyati.
Pedagogik mahoratning vazifalari va asosiy tarkibiy qismlari.
Pedagogik mahoratni egallash vositalari.
Tayanch iboralar!
Pedagogik maxorat, qobiliyat, kreatiblik, kompetensiya, san’at, pedagog, majburiyat, ilg’or o’qituvchi, madaniyat, pedagogic maqom.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi” Qonunida pedagog xodimlarning faoliyati mazmuniga qo’yilgan talablar. O’zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentyabrdagi PRQ-637 sonli “Ta’lim to’g’risidagi” Qonunining 44- moddasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish quyidagicha huquqiy asosda belgilab qo’yilgan:
Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Pedagog xodimlarning maqomi va ular faoliyatining kafolatlari. Pedagog xodimlarning maqomi jamiyat va davlat tomonidan tan olinadi. Pedagog xodimlar ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanadi, o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirishi, ularning ijtimoiy maqomi va obro‘sini oshirish uchun tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratiladi, shuningdek o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun kafolatlar beriladi.
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘ladi. (45-modda)
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini to‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir ko‘rsatishga, shuningdek ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Pedagogxodimlarquyidagihuquqlargaega:
o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilish;
o‘quv dasturlari doirasida mualliflik dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitish uslubiyotini ishlab chiqish, shuningdek tegishli o‘quv fanlari, kurslari, modullaridan foydalanish, ijodiy faollik ko‘rsatish;
zamonaviy pedagogik shakllarni, o‘qitish va tarbiya vositalarini, usullarini erkin tanlash hamda ulardan foydalanish;
kasbiy faoliyatini amalga oshirish uchun ularga zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
o‘quv, ilmiy va uslubiy yo‘nalishlardagi axborot-resurs markazlarining xizmatlaridan bepul foydalanish;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, malaka talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ilmiy, ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyatni amalga oshirish, eksperimental faoliyatda ishtirok etish, innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilish;
ta’lim tashkilotini boshqarishda, shuningdek ta’lim tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
kasaba uyushmalari va nodavlat notijorat tashkilotlari a’zosi bo‘lish, xodimlarining vakillari bo‘lish, fuqarolik jamiyati boshqa institutlari faoliyatida qatnashish;
o‘z kasbiy huquqlarini va umumiy manfaatlarni ifoda etish hamda himoya qilish uchun pedagog xodimlarning jamoat birlashmalariga birlashish;
o‘z kasbiy faoliyatiga aralashuvdan himoyalanish;
davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tish (davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari uchun);
ta’lim oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ishtirok etish.
Pedagog xodimlarni ularning lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday boshqa ishga jalb qilish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning majburiyatlari. (46-modda)
Pedagog xodimlar:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;
o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.