O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə137/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146
Укув кулланма 2022

Pedagogik mahorat va uning mohiyati. Pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimalardan iborat? Ularni egallash uchun nimalarni bilish kerak? Hozirgi zamon pedagogikasi va psixologiyasi «pedagogik mahorat» tushunchasiga turlicha izoh beradi. Jumladan, “Pedagogik ensiklopediya”da ta’rif quyidagicha izohlangan: “O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lgan, yuksak darajada madaniyatli, o‘z fanini chuqur biladigan, yondash fanlar sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o‘qitish uslubiyatini mukammal egallagan mutaxassis”.

Pedagogik mahorat» fani kasbga oid bilim va qobiliyatlarni o‘qituvchilarda shakllantirish, ijodkorlikni tarbiyalash, mahorat, ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun, pedagogik texnika, pedagogik hamkorlik, pedagogik nazokat, nutq madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib boradi.
Ushbu ta’rifning mohiyatidan kelib chiqib o‘qituvchining pedagogik mahorati tushunchasi mazmunini shunday izohlash mumkin:

  1. Madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql zakovatning yuksak ko‘rsatkichi.

  2. O‘z faniga doir bilimlarning mukammal sohibi.

  3. Pedagogika va psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlarni puxta egallaganligi, ulardan kasbiy faoliyatida foydalana olishi.

  4. O‘quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini mukammal bilishi.

Pedagogik mahorat tushunchasiga hozirgi zamon fani nuqtai nazaridan quyidagicha ta’rif beriladi:
Pedagogik mahorat – o‘qituvchilarning shaxsiy (bolajonligi, xayrixohligi, insonparvarligi, mehribonligi va h.k.) va kasbiy (bilimdonligi, zukkoligi, fidoyiligi,
ijodkorligi, qobiliyati va hokazo.) fazilatlarini belgilovchi xususiyat bo‘lib, o‘qituvchilarning ta’lim-tarbiyaviy faoliyatida yuqori darajaga erishishini, kasbiy mahoratini doimiy takomillashtirib borish imkoniyatini ta’minlovchi faoliyatdir. U o‘z fanini mukammal bilgan, pedagogik–psixologik va metodik tayyorgarlikka ega bo‘lgan, o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirishning optimal yo‘llarini izlab topish uchun, amaliy faoliyat olib boradigan har bir o‘qituvchining kasbiy faoliyatida namoyon bo‘ladi. I.P. Rachenko pedagogik mahoratni pedagogik san’atning bir qismi sifatida ta’riflab, shunday yozadi: “pedagogik mahorat deganda o‘qituvchining pedagogik– psixologik bilimlarni, kasbiy malaka va ko‘nikmalarni mukammal egallashi, o‘z kasbiga qiziqishi, rivojlangan pedagogik fikrlashi va intuitsiyaci, hayotga axloqiy–yestetik munosabatda bo‘lishi, o‘z fikr mulohazasiga ishonchi va qat’iy irodasi tushuniladi”. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, quyidagi to‘rtta komponent pedagogik mahoratning asosiy tashkil etuvchilari hisoblanadi:

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin