O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Pedagogik mahoratni tashkil etuvchi komponentlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə138/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   146
Укув кулланма 2022

Pedagogik mahoratni tashkil etuvchi komponentlari:


O‘qituvchilik kasbiga sadoqat.
O‘z fanini o‘qitish metodikasini mukammal bilish. Pedagogik qobiliyatlarini namoyon eta olish.
Pedagogik texnikani o‘z o‘rnida qo‘llay olish.
O‘qituvchilarning kasbiy pedagogik tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi yo‘nalishlarda olib boriladi:

  1. O‘qituvchining shaxsiy fazilatlar bo‘yicha tayyorgarligi.

  2. O‘qituvchining ruhiy – psixologik tayyorgarligi.

  3. O‘qituvchining ijtimoiy – pedagogik va ilmiy – nazariy jihatdan tayyorgarligi.

  4. O‘qituvchining maxsus va ixtisoslikka oid uslubiy bilimlarni egallab borishi.

Yana ta’kidlash joizki, pedagogik mahorat o‘qituvchilar hamda tarbiyachilar shaxsiy va kasbiy sifatlarining yig‘indisi bo‘lib, o‘qituvchi mahoratini shakllantirishni ta’minlovchi omillarni, pedagogik–psixologik, metodik bilimlarni doimiy egallab borishi lozim. Yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi omillar quyidagilar:

    1. ixtisoslik bo‘yicha o‘quv predmetini, zamon, ilm–fan, texnika taraqqiyoti darajasida mukammal bilishi, uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlash malakasiga ega bo‘lishi;

    2. ta’lim oluvchilarning yosh, fiziologik, psixologik hamda shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishi, ularning faoliyatini obektiv nazorat qilishi va baholashi;

v) ta’lim jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish asosida o‘z faoliyatini tashkil etishi;
g) o‘quv – tarbiyaviy jarayonni zamon talablari darajasida tashkil qilish uchun asosiy pedagogik– psixologik va metodik ma’lumotlarga ega bo‘lishi;
d) fanlarni o‘qitish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanishni bilishi;
ye) jamoani «ko‘ra bilish», o‘quvchilarning qiziqishlari, intilishlari, ularning hayot faoliyatlarida uchraydigan qiyinchiliklarni tushunish va hamdard bo‘la olish, o‘z vaqtida ular fikrini anglay bilish, zukkolik bilan har bir bolaning xarakter xususiyati, qobiliyati, irodasini tushunish hamda ularga muvaffaqiyatli ta’sir ko‘rsatishning shakl, usul, vositalaridan xabardor bo‘lishi;
j) o‘z shaxsiy sifatlari (nutqining ravonligi, tashkilotchilik qobiliyati, badiiy ehtiyoji, didi va hokazo) ni takomillashtirish malakasiga ega bo‘lishi.
O‘qituvchining pedagogik mahorati pedagogika oliy ta’lim muassasalarida shakllanib boradi. Yuksak saviyali pedagogik kadrlar tayyorlashga nisbatan talablar, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, o‘z kasbi bilan uzluksiz taraqqiyotga moslasha oladigan o‘qituvchining shakllanishi, bo‘lajak o‘qituvchi umummilliy mavqeining o‘sib borishini ta’minlaydi.
Pedagogik mahorat tizimi quyidagi o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy komponentlardan iborat:
Pedagogik insonparvarlik talablariga bo‘ysunishi.
Kasbga oid bilimlarni boshqa fanlar bilan aloqadorlikda mukammal bilish. Pedagogik qobiliyatga ega bo‘lish.
Pedagogik texnika sirlarini puxta egallash.
Barcha kasblar orasida o‘qituvchilik kasbi o‘zgacha va muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o‘qituvchi yosh avlod qalbi kamolotining me’mori, yoshlarga ta’lim- tarbiya beruvchi insondir. Bugungi kunda u yoshlarni g‘oyaviy – siyosiy jihatdan chiniqtirib tabiat, jamiyat, ijtimoiy hayot, tafakkur taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rgatadi, yoshlarni mehnat faoliyatiga tayyorlab, kasb–hunar sirlarini puxta egallashlarida ko‘maklashadi va jamiyat uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy–iqtisodiy vaziyatlarni hal etadi. Ana shu mas’uliyat o‘qituvchidan o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishni, o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, ularning qiziqishi, qobiliyati, iste’dodi, e’tiqodi va amaliy ko‘nikmalarini har tomonlama rivojlantirish yo‘llarini izlab topadigan kasb egasi bo‘lishni talab etadi. Buning uchun doimo o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini, ko‘nikma va malakalarini oshirib borish, ularga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, zarur shart – sharoitlar yaratish, kerakli moddiy va ilmiy –metodik hamda texnik yordam ko‘rsatish, o‘qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini muntazam oshirib borishga ko‘maklashish lozim.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin