Amaldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasi (maktabi)ning muvaffaq namunaviy Ustavi” 1998 yilning 17 dekabrida, tasdiqlangan.
Ta’lim muassasalarining Ustavlarida muassasaning joylashgan o‘rni, turi, ta’lim tili, ta’lim muassasasining boshqarish mazmuni, tartibi, boshqaruv organlarining faoliyati, rahbar hodimlar zimmasidagi vazifalar, pedagog-xodimlar, o‘quvchi va ota- onalarning huquq-burchlari, o‘quv-tarbiya va ilmiy-uslbiy ishlarni tashkil etish mohiyati, ta’lim muassasasining iqtisodiy ta’minoti, xo‘jalik faoliyati hamda muassasani boshqarish tartibi ochib berilgan.
Ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi va rivojlanishini tahlil qilmasdan, erishilgan natijalarni avvalgilari bilan taqqoslamay turib, uni boshqarib bo‘lmaydi. Pedagogik tahlilning quyidagi uch turi mavjud: kundaliktahlil; tizimli tahlil; yakuniy tahlil. Kundalik tahlil o‘quv jarayonining borishi va natijasi haqida har kuni ma’lumot yig‘ib, kamchiliklar sababini aniqlashga qaratiladi. Kundalik tahlil natijasida pedagogik jarayonga o‘zgartirish va tuzatishlar kiritiladi. Kundalik tahlilda o‘quvchilarning har kungi o‘zlashtirish va intizomlari darajasi, ta’lim muassasasi rahbarining darsga hamda sinfdan tashqari darslarga qatnashishi, maktabning tozalik holati, shuningdek, dars jadvaliga rioya qilish kabi holatlari inobatga olinadi.
Tizimli tahlildarslar va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar tizimini o‘rganishga qaratiladi. Bunda ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlash, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni puxta o‘zlashtirishiga erishish, tarbiyaviy ishlarni samarali olib borilishi va ta’lim muassasasida innovatsion muhitni yaratishda pedagogik jamoa hissasini ta’minlash masalalari o‘rganiladi.
Yakuniy tahlilo‘quv choragi, yarim yillik va o‘quv yili yakunida amalga oshiriladi, asosiy natijalarga erishish yo‘llarini o‘rganishga qaratiladi. Tahlil uchun ma’lumotlar kundalik va tizimli tahlillar, joriy va oraliq nazorat yakunlari, sinf rahbarlarining hisobotlaridan olinadi.
Har qanday pedagogik jarayonni boshqarishning asosi maqsad qo‘yish va rejalashtirishdan iborat.