O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə125/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   146
Укув кулланма 2022

Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari va vazifalari. Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham muayyan tamoyillar asosida tashkil etiladi. Ta’lim muassasasini boshqarishda quyidagi tamoyillar ustuvor xususiyat kasb etadi:

  1. pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish;

  2. boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;

  3. boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg‘unligi;

Pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qilinayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli bo‘lishi, ma’muriyatning ta’lim muassasasi jamoatsi oldida muntazam hisobot berishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning ta’lim muassasasi hayotiga oid fikr bildirish imkoniga egaliklari, muassasada demokratik g‘oyalar yetakchi o‘rin tutishini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda subyektning subyektga munosabati darajasiga erishish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq va manfaatlarini himoya qilish, o‘z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyiliga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.
Boshqarishning tizimliligi va yagonaligi. Ta’lim muassasasini boshqarishda uning faoliyatida ko‘zga tashlanadigan elementlar tizimli (bir-birini to‘ldiruvchi) bo‘lish bilan birga yaxlit holda namoyon bo‘ladi. Rahbar ta’lim muassasasini boshqarishda ana shu alohidalik va umumiylikni inobatga olishi lozim. Boshqaruvdagi tizimlilik va yagonalik rahbar bilan pedagogik jamoa o‘rtasidagi o‘zaro harakat va aloqani ta’minlaydi, bir yoqlama boshqaruvning oldini oladi.
Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg‘unligi. Boshqaruvni markazlashtirish keragidan ortiq bo‘lganda, albatta, ma’muriy boshqaruv kuchayadi. Markazlashtirilmaslik esa pedagogik tizim faoliyatining sustlashtiradi. Ta’lim muassasasini boshqarishda markazlashtirish va markazlashtirmaslik o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlash qabul qilinayotgan qarorlarning obyektiv bo‘lishini ta’minlaydi.
Yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi pedagogik jarayonni boshqarishda yakka hokimlikka yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan. Boshqarish faoliyatida o‘quvchilarning tajribasi, bilimiga tayanib, oqilona xulosalar chiqarish o‘ta muhimdir. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda kollegial (jamoatchilik asosida) yondashuv, uning ijrosini ta’minlashda esa yakkahokimlikka bo‘ysunish kutilgan natijani beradi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin