Shaxs rivojlanishida yosh va individual xususiyatlar. Bolalarning tarbiyasiga to‘g‘ri yondashish, uni muvaffaqiyatli o‘qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Zero, bola organizmining o‘sishi, rivojlanishi hamda psixik taraqqiy etishi turli yosh davrlarida turlicha kechadi. Abu Ali Ibn Sino, Yan Amos Komenskiy, Konstantin Ushinskiy va Abdulla Avloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib o‘tganlar.
Bolaning o‘ziga xos xususiyatini hisobga olish juda qiyin. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, anglash tezligi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, tartibsiz ishlashi, yig‘inchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi, qobiliyati kabilar nerv faoliyati tizimining ta’siri bo‘lib, o‘qituvchi yoki tarbiyachi ularni bilishi zarur.
Ta’lim-tarbiya yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda tashkil etiladi. Bu bola rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shaxs, shuningdek, individual, shaxsiy, o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega bo‘ladi.
Shaxsning individual, shaxsiy xususiyatlari uning yo‘nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamoloti hamda faoliyatining o‘ziga xos, barqaror, muhim xususiyatlari
Shaxsning individual xususiyatlarini aniqlash uchun insonga xos temperamentning umumiy tiplari hamda bolaning o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish metodikalaridan xabardor bo‘lish lozim. Temperament (lotinchadan “temperamentum” qismlarning bir- biriga munosabati) shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Turli yosh davrlarining o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari mavjud. Masalan, V sinf o‘quvchisi bilan IX sinf o‘quvchisini tenglashtirib bo‘lmaydi.
Ta’lim oluvchilarning yoshi ularning aqliy, axloqiy, jismoniy va ruhiy kamolotiga ko‘ra quyidagi davrlarga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: |