O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə13/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146
Укув кулланма 2022

Yosh davrlari


Go‘daklik davrida bola bir qadar faol bo‘ladi. Bu faollik qo‘l-oyoqlarning shartli refleks asosida harakatlanib turishi bilan ifodalanadi. Harakatchanlik va faollik bolaning dastlabki chinqiriqlarida ham kuzatiladi. Bola tomonidan shartli reflekslar asosida tashkil etilayotgan harakatlar u besh-olti haftalik bo‘lganda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu davrga kelib u o‘z onasini taniydi, uning ovozini eshitganda tinchlanadi, boshqalarning ovozlarini eshitganda xushyor tortadi. Go‘daklik davrida idrok va tasavvurlari tarkib topa boshlaydi. U ko‘zga tashlanadigan barcha narsani ushlab ko‘rishga, ozg‘iga solishga, mazasini totishga intiladi. Besh-olti oylik bola o‘tiradigan bo‘ladi, so‘ngra emaklab, tik yurishga ham harakat qiladi. Ba’zan bir yoshga, gohida ikki yoshga to‘lganda mustaqil yura boshlaydi.
Maktabgacha ta`lim muassasasigacha bo`lgan davrda bola - olti oydan so‘ng “g‘o‘ldirab” so‘zlashga intiladi, atrofdagilarning gaplarini tushuna boshlaydi, unda asta- sekin passiv nutq shakllanadi, 2 yoshga qadam qo‘ygach, faol nutqni o‘zlashtiradi. Nutqning o‘sishi bilan bola borliqni anglay boshlaydi. Go‘daklik davridayoq bolaning xatti-harakatlari, xulq-atvorida hissiy kechinmalar namoyon bo‘la boshlaydi. Uning harakatida ovqatlanish, issiq yoki sovuqni sezish kabi hissiy ta’sirlar kuzatiladi
Harakatchanligi, idroki va nutqi zo‘r berib taraqqiy qiladi. Unda tafakkur yuzaga keladi. Uning tafakkuri dastlab “predmetli (obrazli) tafakkur” sanaladi, unga ko‘ra bola o‘zi idrok qilgan narsalar, shuningdek, atrofdagi narsalar haqida fikrlay oladi. Mazkur yosh davridagi tafakkur bolaning predmetlarga bo‘lgan munosabatida ifodalanadi. Uning nuqti tafakkuri bilan uzluksiz holda o‘sadi. Uch yoshda kundalik turmushda ishlatiladigan so‘zlarni, nutqning oddiy grammatik shakllarini o‘zlashtirib oladi.
Mazkur davrda sezgilar, atrofdagilarga munosabatni ifodalovchi tuyg‘ular ko‘zga tashlana boshlaydi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning hissiyotga beriluvchanligi uning faolligida, harakatchanligida ko‘rinadi. Bu yoshda bola o‘ynay boshlaydi, uning o‘yinlari asosan katta yoshdagi kishilar hamda o‘zidan katta bolalarning harakatlariga taqlid qilishdan iborat bo‘ladi. Uni o‘yinning mazmunidan ko‘ra o‘ynalayotgan narsalar (qo‘g‘irchoqlar, o‘yinchoqlar) ko‘proq zavqlantiradi.
Bola ikki yoshga to‘lib, uch yoshga o‘tganda undagi ixtiyorsiz faollikni asta-sekin ixtiyoriy faollik egallay boshlaydi. Endilikda u kattalar tomonidan topshirilgan oddiy yumushlarni bajara oladi. Shu bilan birga unda ixtiyoriy diqqat ham o‘sa boshlaydi. Aynan shu yoshda bolada “men”lik yuzaga keladi. U o‘zini atrofdagi tengdoshlari bilan solishtiradi, ulardan o‘zini ajrata boshlaydi. Bunday harakatlarni “mening o‘zim”, “men istayman”, “men istamayman”, “men o‘zim bajaraman” yoki “men buni bajara olmayman” kabi so‘zlar bilan ifodalaydi. Tevarak-atrofdagi narsalarga muayyan ta’sir ko‘rsatish bilan birga ularga nisbatan o‘z munosabatini bildiradi.
Maktabgacha ta’lim davrida bola bog‘cha va oila muhitida o‘ziga yarasha ijtimoiy munosabatlarda ishtirok eta boshlaydi. Kattalar va tengdoshlari bilan ko‘proq so‘zlashayotganligi sababli bolaning nutqi va tafakkuri o‘sadi. O‘zi ko‘rgan, eshitgan voqea-hodisalar to‘g‘risida ancha batafsil hikoya qiladi.
Atrofdagilar bilan muloqot va munosabatga kirishayotganligi bolada xulq-atvor shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Buning natijasida unda ma’naviy-axloqiy hukmlar tarkib topadi. Bola endilikda atrofdagilarning xatti-harakatlari, boshqalarga nisbatan yondashuvlari asosida “yaxshi” va “yomon”ni farqlaydi. Bu yoshda bolalar “sen yaxshisan (yomonsan)” degan so‘zlarning ma’nosini yaxshi anglaydilar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola faoliyatining asosiy turi o‘yin sanaladi. U o‘yin orqali tevarak-atrofni, unda kechayotgan voqea-hodisalar mohiyatini bir qadar bilib oladi. O‘yinlar asosida maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ijodiy xayol, zehn, fahm-farosat, topqirlik kabi sifatlar tarbiyalanadi. Shu bilan birga o‘yin yordamida ularning hissiyotlari shakllanadi: o‘yin davomida bolalar o‘zlarini tetik his qiladilar, erishilayotgan yutuq, muvaffaqiyatdan zavqlanadilar go‘zallikni his qiladilar. Jamoa asosida o‘ynaladigan o‘yinlar orqali bolalarda o‘rtoqlik va do‘stlik hislari tarkib topadi. Rolli, muayyan qoidalarga muvofiq o‘ynaladigan o‘yinlar bolalarda kuzatuvchanlik qobiliyatini o‘stiradi, xotirasini mustahkamlanishiga yordam beradi, intizomlilikni tarbiyalaydi.
Mazkur yosh davrida bola o‘z kuchi va egallagan ko‘nikmalariga tayangan holda rasm chizadi, turli narsalarning loyiha (konstruksiya)larini, shuningdek, turli materiallardan, loydan, plastilindan buyumlar yasaydi. Olti-yetti yoshga to‘lganda bolada o‘qishga bo‘lgan qiziqish, intilish yuzaga keladi. Maktab hayoti uning uchun qiziqarli, maroqli tuyuladi, o‘qishga boradigan birinchi kunni intiqlik bilan kutadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin