O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarini tarbiyalashda “Tarbiya” fanining ahamiyati



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə38/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146
Укув кулланма 2022

4.Umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarini tarbiyalashda “Tarbiya” fanining ahamiyati. Tarbiya jarayonini tashkil etishda, eng avvalo, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarida yuz berayotgan o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetish talab etiladi. Binobarin, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida shaxs tarbiyasiga yondashuv ham mazmunan, ham shaklan o‘zgarib boradi. XXI asr insoniyat tarixida “kompyuter davri” bo‘lib qolmoqda. Bu esa shaxsni tarbiyalashga o‘ziga xos yondashuvni qaror toptirishni taqozo etadi. Biroq, fan-texnika qanchalik jadal rivojlanib, jamiyat hayotidan muhim joy olib, ishlab chiqarish jarayonlarining tezlashuviga qanchalik samarali ta’sir etmasin, tarbiya nazariyasida shaxsni komil etib tarbiyalash, bu borada Markaziy Osiyo mutafakkirlari, xalq pedagogikasi hamda jahon pedagogikasining ilg‘or fikrlariga tayanib ish ko‘rish zaruriyati oshib bormoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2O20 yil 6-iyuldagi 422-sonli qaroriga muvofiq “Umumiy Oʼrta taʼlim muassasalari oʼquvchilari uchun "Tarbiya" fani Konsepsiyasi”ni ishlab chiqilishi davlatimizning Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning dolzarb masalalarini sifatli va tezkorlik bilan hal etishda, yoshlar oʼrtasida yuzaga kelayotgan tarbiyaviy boʼshliqlarni oʼz vaqtida mustahkam asosda toʼldirishda, jamiyatimizning maʼnaviy- maʼrifiy qiyofasini yoshlarimizning salohiyati va oʼziga xos tarbiyaviy kuchi orqali takomillashtirishda oʼzgacha bir yangi bosqichni belgilab beradi. Mazkur ”Tarbiya” konsepsiyasi majburiy umumtaʼlim tizimida oʼquvchi-yoshlarni har tamonlama rivojlantirish ehtiyojlarini, ularning yoshiga xos boʼlgan maʼnaviy-axloqiy rivojlanish bosqichlarini inobatga olgan holda taʼminlash va faol fukarolik kompetentsiyalarini shakllantirish maqsadida avvaldan oʼqitilib kelingan "Odobnoma", "Vatan tuyg’usi", "Milliy istiqlol goyasi va maʼnaviyat asoslari", "Maʼnaviyat asoslari" va "Dunyo dinlari tarixi" fanlarini umumlashtirilib yagona Tarbiya faniga asos solindi. Shu yoʼlda Butunjahon kompleks tarbiya tizimi oʼrganilib, amaldagi fanlarimizning strukturasi Singapur, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Аvstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya va Rossiya Federatsiyasi kabi rivojlangan davlatlarning rivojlanish tajribalarini chuqur oʼrganish asnosida qiyosiy
tahlil etilib, yosh-avlod maʼnaviy kamolotini takomillashtirishga qaratilgan ustuvor vazifalar yangi dastur asosida qayta ishlab chiqildi.
Yangi darslikning avvalgilaridan farqi nimada?

  1. “Tarbiya” darsligi “Odobnoma”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirdi.

  2. 1–9-sinflarda – 2020/2021-o‘quv yilidan, 10–11-sinflarda esa 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi.

  3. Darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq ta’limi”, Singapurning “Fe’l- atvor va fuqarolik ta’limi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq ta’limi” fanlari va darsliklari yaqindan o‘rganildi.

  4. Ilk marotaba darsliklarda 21-asr ko‘nikmalari deb nom olgan “yumshoq ko‘nikmalar” joriy qilindi. Darslik orqali o‘quvchida bilim berishdan tashqari ko‘nikma shakllantiriladi.

  5. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar va mavzular o‘quvchida muvaffaqiyat motivlarini uyg‘otadi. Faol fuqarolik pozitsiyasi shakllantiriladi.

  6. O‘quv fani mohiyati 50% nazariy, 50% amaliy asosga qurilgan.

  7. “Tarbiya” darsliklarida “role-model”, ya’ni “namuna keltirish” zamonaviy pedagogik metodidan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi.

  8. Bu yil sinov tariqasida 1-9 sinfgacha bo‘lgan darslik ustida bitta ijodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi o‘rtasidagi tafovut va takrorlanishlarni oldini oldi va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishi ta’minlandi.

  9. Darslik yorqin, rangli, illyustratsiyalarga boy va har bir bo‘limi o‘ziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan ta’minlangan. Har bir darslik uchun video, audio, media materiallar jamlashgan disk beriladi.

  10. Insonning kelajakda muvaffaqiyatli inson bo‘lish eng avvalo to‘g‘ri maqsad qo‘yishga bog‘liq. Deyl Karnegi, Brayan Treysi kabi mashhur lektorning ta’limotiga ko‘ra, hayotda o‘z oldiga maqsad qo‘yish va unga erishishni o‘rganish ham aslida bir fan. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bosqichma-bosqich bolada maqsad qo‘yish va unga intilish ko‘nikmasini shakllantirib boradi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin