O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə34/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146
Укув кулланма 2022

Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimgi va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda, ilmiy tahlil qilish mumkin. Shaxs tarbiyaning natijasi sifatida shakllanadigan ijtimoiy mavjudotdir. Shaxsning ko‘pdan-ko‘p xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o‘zaro mustahkam bog‘langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit ravishda rivojlanadi.
Bola o‘sib va rivojlanib borgani sari tarbiya vazifalari murakkablashib, chuqurlashib, tabaqalashib boradi.
Har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash unga izchil ravishda aqliy, g‘oyaviy- siyosiy, axloqiy, mehnat, estetik, jismoniy, ekologik, iqtisodiy hamda huquqiy tarbiya berish, o‘quvchilarning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek, tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo‘shib olib borilishini ta’minlaydigan pedagogik tizimlarni vujudga keltirish va bu tizim g‘oyalariga amal qilishni talab etadi.
Ijtimoiy tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy fazilatlarini shakllantirish, uning atrof- tevarak, jamiyat, odamlar hamda o‘ziga nisbatan munosabatlari doirasini vujudga keltirish va uni kengaytirishga qaratilgan. Shaxs ishtirok etadigan ijtimoiy munosabatlar tizimi qanchalik keng, xilma-xil va chuqur bo‘lsa, uning ma’naviyati boy bo‘ladi.
O‘z tabiatiga ko‘ra tarbiya jarayoni ko‘p omilli xarakterga ega. YA’ni, bola shaxsining qaror topishi oila, ta’lim muassasasi, jamoatchilik, ijtimoiy muhit, shuningdek, vaziyatlar xilma-xilligi, bevosita va bilvosita ta’sirlar ostida ro‘y beradi.
Tarbiya jarayonining natijalari odatda bir xil xarakterda bo‘lmaydi. Bu narsa o‘quvchilarning psixologik (individual, tipologik), fiziologik va jismoniy xususiyatlari, ularning hayotiy va ma’naviy tajribasi, shaxsiy pozitsiyasiga bog‘liq.
Tarbiya jarayoni, odatda, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘z-o‘zini qayta tarbiyalash, bolaning atrof-muhitdagi u yoki bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va ularning xususiyatlarini bartaraf etish bilan olib boriladi.
O‘zini o‘zi tarbiyalash shaxsni o‘zida ijtimoiy qadrga ega bo‘lgan fazilatlarni hosil qilish va takomillashtirishga hamda salbiy xislatlarni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyat sifatida ta’riflanadi.
O‘z-o‘zini qayta tarbiyalash shaxsning o‘zidagi salbiy odatlar, xarakteridagi zararli sifatlarni yo‘qotish, ularni bartaraf etishga qaratilgan ichki faoliyati jarayonidir. Bola xulqidagi “og‘ish”lar oiladagi nosog‘lom muhit, ota-onaning tarbiyada yo‘l qo‘ygan xatolari, o‘qituvchi faoliyatidagi kamchiliklar asosida vujudga keladi. Qayta tarbiyalash jarayonida salbiy xulqni hosil qilgan sabab, sharoit o‘zgartiriladi, qayta tarbiyalashda maktab va shaxsning shaxsiy ta’sirini oila, shu jumladan, ota-ona ham ma’qullashi lozim. Demak, qayta tarbiyalash o‘quvchining o‘zigagina emas, balki uning ota-onasiga ham qaratilishi lozim. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: “Al- hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur”(. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatni barpo etish uchun xizmat qiladi. Tarbiya shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi
Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasi ham hisobga olinadi. Tarbiyachi bola shaxsining o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir.


    1. Yüklə 1,55 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin