O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə35/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146
Укув кулланма 2022

Tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya maqsadi - ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi; eng oddiy harakatdan tortib to keng ko‘lamli davlat dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Maqsadsiz ma’lum g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi. Tarbiya Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Uning muammosi pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika umumiy va individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi.
Tarbiya jarayoni umumiy ijtimoiy maqsadni hal etishga yo‘naltiriladi va aniq vazifalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etishda hal etiladigan vazifalar tizimidir.
Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko‘plab obyektiv sabablar yetakchi rol o‘ynaydi. Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i, ijtimoiy madaniyat
darajasi maqsadga umumiy yo‘nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkurasining yetakchi g‘oyalari bo‘lib qolaveradi.
Shaxs kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma’naviy va axloqiy poklik, iymon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z- o‘zidan shakllanmaydi. Ularning asosida yosh avlodga oila, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi yotadi.
Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Tarbiya maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yo‘nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan tarbiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin