O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


-MAVZU :TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA PRINSIPLARI



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə33/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146
Укув кулланма 2022

6-MAVZU :TARBIYA JARAYONI MOHIYATI VA PRINSIPLARI




Reja:


  1. Tarbiya tushunchasi.

  2. Tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari.

  3. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari va prinsiplari.

  4. Umumiy o’rta ta’lim o’quvchilarini tarbiyalashda “Tarbiya” fanining ahamiyati.



Tayanch iboralar!


Tarbiya jarayoni, tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayoni xususiyatlari, tarbiya mazmuni, jjtimoiy tarbiya, tarbiya prinsiplari, tarbiya qonuniyatlari.



    1. Tarbiya tushunchasi. Pedagogika fanining muhim tarkibiy qismlaridan biri – bu tarbiya nazariyasi sanaladi. Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayon mazmuni, tamoyillari, qonuniyatlari, uni tashkil etish masalalari, metodikasi, shakllari, metodlari, vositalari, usullari va muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.

Tarbiya nazariyasi Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi va xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Pedagogik adabiyotlarda "Tarbiya" atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga qaratilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiy-maʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin