O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta


Rivojlangan xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o‘zaro hamkorlik masalalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə32/146
tarix11.04.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#95990
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   146
Укув кулланма 2022

Rivojlangan xorijiy davlatlar va O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi o‘zaro hamkorlik masalalari. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya va maktab haqida yuqorida bayon qilingan eng yaxshi tajribalarni o‘z ta’lim tizimidagi o‘zaro ta’lim tizimlarimizda joriy qilish Respublikamiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin boshlandi. Bu sohada bizga YUNISEF, YUNESKO kabi Xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari amaliy yordam bermoqdalar. Respublikamizdagi ta’lim muassasalari ta’limni takomillashtirish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikning barcha shakllaridan foydalanayotirlar.

Bizning maktabimiz jahonda eng ilg‘or maktablar bo‘lib qolishiga Respublika rahbariyati va hukumati tomonidan hamma shart sharoit yaratilmoqda. Bizning ta’lim tizimlarimiz ham jahonda e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biridir. Shu tufayli ham AQSH, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar ta’limining ustalari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va muloqotlarda Respublikamiz ta’limi tizimiga yuqori baho berildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldida hozirgi kunda eng muhim vazifa - mustaqil o‘zbekistonning hozirgi ta’lim tizimlarini istiqlol ruxi bilan takomillashtirish, uni o‘zimizning mumtoz pedagogika an’analari bilan boyitish, chet el pedagogikasidagi ilhor jihatlarni o‘zlashtirish, yangi - yangi samarali o‘quv predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahon davlat standartlari darajasiga olib chiqishdir. Buning uchun esa bizning iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlardagi quyidagi ilg‘or tajribalarni ta’lim tizimimizda qo‘llay bilishimiz maqsadga muvofiqdir.


Nazorat savollari :


  1. Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim-tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini sharhlab bering?

  2. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi “ta’limni tabaqalashtirish” usullarini izohlab bering?

  3. AQSH da ta’lim tizimi qanday tuzilishga ega?

  4. AQSH ta’lim tizimi qanday xususiyatlari bilan o‘zbekiston ta’lim tizimidan farq qiladi?

  5. Yaponiya ta’limining shakllanishi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating?

  6. Yaponiyada ta’lim tizimi va uning tarkibiy qismlarini izohlab bering?

  7. Yaponiyada o‘qituvchi kadrlar tayyorlash masalasini izohlang ?

  8. Fransiya ta’lim tizimini ilg‘or jihatlari nimalarda namoyon bo‘ladi?

  9. Germaniya ta’lim tizimini izohlab bering?

  10. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizmidagi o‘zaro uyg‘unlik jarayonini izohlang?


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin