Nazorat uchun savollar:
Shaxsning tarbiyasi va ijtimoiylashuvida oilaning o’rnini izohlang.
Oilaning qanday tarbiyaviy vazifalari mavjud?
Oilaning hozirgi davrdagi muammolari qanday?
Ota onaning farzand oldidagi burchlari va farzandning ota-ona oldidagi burchlarini izohlang
Oila tarbiyasidagi xatoliklar va qiyinchiliklarni ayting.
Bola tarbiyasida oila, jamiyat, maktab va jamoatchilik o’rni qanday?
11-MAVZU: DIDAKTIKA TA’LIM NAZARIYASI SIFATIDA.
Reja:
Didaktika tushunchasining mohiyati
Didaktikaning asosiy tushunchalari
Ta’lim jarayoni mohiyati
Ta’lim jarayonining prinsiplari
Tayanch iboralar!
Didaktika, ta’lim, o‘qitish, ditaktika kategoriyalari, o‘qitish qonuniyatlari, o‘qitish prinsiplari, ta’lim mazmuni, o‘quv reja, o‘quv dasturi, darslik, davlat ta’lim standartlari.
Didaktika haqida tushuncha. Ta’lim barcha davrlarda ham ijtimoiy hodisa sanaladi. Uning yordamida shaxs va ijtimoiy muhitning o‘zaro ta’siri mustahkamlanadi. Ta’lim shaxs tomonidan ijtimoiy tajribalarning o‘zlashtirilish jarayonini tezlashtiradi, uni zarur ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradi.
Bu tushunchani buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” (1657 yil) nomli mashhur asarida tilga oladi. Ayni o‘rinda pedagog “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham” ekanligini alohida qayd etadi.
Didaktikaning predmeti, funksiyalari va vazifasi. Didaktika predmetini aniqlash bo‘yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Ko‘pchilik olimlar ta’lim ob’yekti deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etiladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. O‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ijtimoiy tajribani o‘rgatish jarayoni sifatida ta’lim
Dostları ilə paylaş: |