Oilaningregulyativfunksiyasi oila a'zolari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek, birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obro‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy hamda ma'naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash nazarda tutiladi.
Oilaningrelaksatsiyafunksiyasi uning eng asosiy funksiyalaridan biridir. Bu degani oila a'zolarining jinsiy, emotsional faoliyatini, ruhiy-jismoniy quvvatini, mehnat qobiliyatini yana qayta tiklash demakdir.
Oila funksiyalarining muvaffaqiyatli bajarilishi har qanday oila baxtini ta'minlovchi mezon hisoblanadi. Shuning uchun oilaning o‘z funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi nafaqat uning ichki holatiga, shu bilan birga jamiyatning ijtimoiy sog‘lomligiga ham ta'sir etadi.
Bola maktabga kelgunga qadar oilada tarbiyalanadi. Oila bolaning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta'sir ko‘rsatishi tabiiy holdir. Ota-onalarning bolalarni tarbiyalashdagi eng birinchi vazifalari ularning sog‘ligini saqlashdir. Buning uchun bola to‘yib ovqatlanishi, gigiena talablariga rioya etishi lozim bo‘ladi. Ota-onalar o‘zlarining mehnat faoliyatlari, xulq-atvorlari bilan ham bolaga namuna bo‘lishlari shart. O‘zaro oilaviy jamoada yaxshi iborali so‘zlashuvni tashkil etish lozim.
Ota-onalar bolalarining maktab-o‘quv vazifalarini yaxshi bajarilishini ta'minlash uchun quyidagilarga rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:
bolalarning darsga kech qolishiga va sababsiz dars qoldirishiga yo‘l qo‘ymaslik;
ularning mashg‘uloti uchun uyda qulay sharoit yaratish;
bolalarning uy vazifalariga halollik bilan qarashga o‘rgatish, ularning g‘ayrat va chidamliligini oshirish;
bolalarni vijdonli va rostgo‘y bo‘lishga, mustaqil ishlarga o‘rgatish.
Oiladagi sog‘lom muhit, odamiylik, insonparvarlik munosabatlari farzandning ruhiy dunyosiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Ota-onaning o‘zaro yaxshi
munosabati, mehribonligi, g‘amxo‘rligi oiladagi farzandlarning munosabatlarini to‘g‘ri shakllantirishga yordam beradi. Ona qizida muloyimlik, shirinsuxanlik, qizlarga xos oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi fazilatlarni tarbiyalash bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini o‘rgatish ham lozim. Ota o‘g‘lida to‘g‘riso‘zlik, mehnatsevarlik, olijanoblik, fidoiylik, saxovatpeshalik kabi hislatlarni shakllantirishi bilan birga uyda erkaklar bajaradigan barcha yumushlardan xabardor qilishi kerak.
Ma'lumki, oila va qarindoshlik munosabatlari har qanday kishi hayotining zaruriy qismi hisoblanadi. Oilaviy munosabatlar-er va xotin, ota-onalar va bolalar, aka- ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi munosabatlar har jihatdan iliq va qoniqarli bo‘lishi mumkin. Ammo bu munosabatlar yoshlarni chuqur umidsizlik va gunohkorlik tuyg‘ulariga yetaklovchi muammolar va ixtiloflar bilan ham to‘la bo‘lishi ham mumkin. Ba'zan ruhiy kasalliklar ham oilaviy munosabatlar xarakteriga ta'sir etadi. O‘zining salbiy oqibatlariga ko‘ra, oilaviy hayotdagi agressivlik, ichkilikbozlik, giyohvandlik va boshqa illatlar og‘ir holatlar hisoblanadi. Ayniqsa, ota-onalar ajralishining bolalarga o‘tkazadigan salbiy ta'sirini baholash juda qiyin. Ajralish oldidan ota-onalar o‘rtasidagi tortishuvning qanchalik kuchli ekanligiga, bolalarning yoshiga, ularning qarindoshlari bor-yo‘qligiga, farzandning ajralgan ota-onaga bo‘lgan munosabatlariga, har ikki ota-onaning tez-tez ko‘rishib turish imkoniyatining bor- yo‘qligiga ko‘p narsa bog‘liq. Bular va boshqa bir qator omillar bolaning ko‘nikish jarayoniga ta'sir ko‘rsatadilar. Ajralish holatlarining salbiy oqibatlari ular uchun nihoyatda og‘ir kechadi.
Oila doimo maktab, mahalladagi pedagog-psixologlar, faollar bilan hamkorlikda ish olib borishi lozim. Bu albatta yoshlarning ma'naviy-marifiy sohada yuksak samaradorlikka erishishlariga yordam ko‘rsatadi va ularning tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiladi.
Shunday qilib, oiladagi sog‘lom turmush tarsi – jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish garovidir Bunda oila, mahalla, ta'lim muassasasining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi.